Hayvon hujayrasining tuzilishi Reja: Hujayraning tarkibiy qismlari
Download 1.16 Mb.
|
Hayvon hujayrasining tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- HUJAYRALARARO BOG`LANISH (KONTAKT)LAR.
Plazmolemma yoki hujayraning tashqi membranasi hujayra turli membranalari orasida alohida o`rinni egallaydi. Bu membrana hujayrani chegaralovchi, shuningdek, uning hujayra atrof-muhiti, hujayraga ta`sir qiluvchi barcha faktorlar bilan aloqasini ta`minlovchi strukturadir. Plazmolemma qalinligi 10 nm atrofida bo`lgan lipoproteid kompleksdir. Uning tashqi yuzasida
glikoproteidlardan iborat 3-4 nm qalinlikdagi glikokaliks joylashadi. Plazmolemma sitoplazmani atrof muhitdan chegaralab turish, retseptorlik va moddalar tashish (transport) kabi muhim vazifalarni bajaradi. Uning yuzasida joylashgan glikoproteidlar va glikolipidlar gormonlar, mediatorlar hamda maxsus (spetsifik) antigenlar uchun sezuvchi retseptor rolini o`taydi. Hujayralarning o`zaro bir-birini tanishi (aniqlashi), immunitet hosil bo`lib rivojlanishi, turli fizik omillarni qabul qilish kabi muhim jarayonlar plazmolemmaning retseptorlari bilan bog`liq. Plazmolemmaning transport vazifasi suv, ionlar, ayrim mayda molekulalarning diffuziya yo`li bilan (nofaol) o`tkazilishidan tashqari, konsentratsiya gradientiga qarshi yo`nalishda, ATF parchalanishi energiyasi hisobiga faol tashilishi bilan ham bog`liq. Bu jarayonlarda maxsus oqsil-tashuvchilar ishtirok qiladi. Biopolimerlarning yirik molekulalari amalda plazmolemma orqali o`tmaydi. Qator hollarda makromolekulalar va hatto yirik zarrachalar hujayra ichiga endotsitoz yo`li bilan kiradi. Endotsitoz shartli ravishda fagotsitoz (hujayra tomonidan yirik zarrachalar, m., bakteriyalar, hatto boshqa hujayralarning qismlarini qamrab olinishi va yutilishi) hamda pinotsitoz (makromolekulyar birikmalarning qamrab olinishi)ga bo`linadi. Endotsitoz yutiladigan moddalarnig retseptor molekulalar vositasida plazmolemma sirtiga yopishib olishi (sorbsiya) dan boshlanadi. Keyin plazmolemmaning hujayra ichiga qaragan va uncha katta bo`lmagan botiqlari paydo bo`la boshlaydi. So`ngra bu botiqlar yiriklashib, pufakchalar holida plazmolemmadan ajraladi va sito-plazmada joylashadi. Endotsitoz pufakchalari o`zaro qo`shilib yirik-lashadi, ular ichida lizotsomalardan o`tgan gidrolitik fermentlar paydo bo`ladi. Fermentlar ta`sirida parchalangan biopolimerlar mono-merlar holida pufakchadan gialoplazmaga chiqadi. Shunday qilib, endotsitoz yo`li bilan hujayraga kirgan molekulalar membrana bilan o`ralgan pufakcha (vakuola)da hujayra ichi hazm jarayoniga uchraydi. Plazmolemma ekzotsitoz (hujayradan modda-larning chiqarilishi)da ham ishtirok qiladi. Bunda hujayra ichida hosil bo`lgan moddalar - oqsillar, glikozaminoglikanlar, yog` tom-chilari va boshqalar hujayra atrofmuhitiga chiqariladi. Endotsitoz va ekzotsitoz amalga oshishida plazmolemma bilan aloqada bo`luvchi fibrillyar sitoplazmatik strukturalar - qisqaruvchi mikrofila-mentlar va mikronaychalar ishtirok qiladi. Hayvonlar ko`pchilik hujay-ralarining plazmolemmasi turlicha tuzilishga ega bo`lgan o`smalar hosil qila oladi. Qator hujayralarning o`smalari tarkibida sitoplazmaning mikronaychalari, fibrillalari bo`lishi natijasida maxsus tuzilmalar - tukchalar, xivchinlar va boshqalar yuzaga keladi. Aksariyat ko`pchilik hollarda hayvon hujayralarining yuzasida mikroso`rg`ichlar (mikrovorsinkalar) uchraydi. Ularning diametri 100 nm atrofida, uzunligi va bir hujayradagi soni turlicha bo`ladi. Mikroso`rg`ichlar so`ruvchi (shimuvchi) epiletiy hujayralari yuzasida ayniqsa ko`p va baland bo`yli bo`ladi. HUJAYRALARARO BOG`LANISH (KONTAKT)LAR.Ko`p hujayralilarda plazmolemma har xil hujayralararo bog`lanishlar hosil bo`lishi va hujayralar o`rtasida aloqa o`rnatilishida ham faol ishtirok qiladi (5-rasm).Eng oddiy bog`lanishda qo`shni hujayralarning plazmolemmalari o`zaro 15-20 nm gacha yaqinlashib, ularning glikokaliksi aloqaga kirishadi. Zich bog`lanish (bekituvchi zona) ikki qo`shni hujayraning plazmolemmasi maksimal darajada yaqinlashib go`yoki qo`shilishidan hosil bo`ladi. Bu zona ionlar va makromolekulalar o`ta olmaydigan to`siq bo`lib, hujayraaro yoriqlarni bekitib, tashqi muhitdan chegaralab turadi. Ko`pincha, ayniqsa, epiteliyda hujayralar bog`lanishinig alohida turi - desmosomalar uchraydi. Ular diametri 0,5 mkm keladigan tuzilmalar bo`lib, qo`shni hujayralar membranalari orasida elektronlar uchun zich zona joylashadi. Desmosomalar asosan hujayralar orasidagi mexanik bog`lanishni ta`minlaydi. Yoriqsimon bog`lanish (neksus) 0,5-3 mkm keladigan zona bo`lib, bu erda qo`shni hujayralarning plazmolemmasi 2-3 nm masofa bilan ajralib turadi. Plazmolemmalar orasida maxsus oqsil komplekslar joylashadi va hujayralar orasida ionlar hamda mayda molekulalar tashilishini ta`minlovchi kanallar hosil qiladi. Bunday bog`lanishlar barcha to`qimalarda uchraydi. Bog`lanishning yana bir turi - sinapslar nerv to`qimasini o`rganishda qarab chiqiladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling