Hayvon hujayrasining tuzilishi Reja: Hujayraning tarkibiy qismlari


-rasm. Granulyar sitoplazmatik to’rning tuzilishi


Download 1.16 Mb.
bet4/6
Sana24.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1226201
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayvon hujayrasining tuzilishi

6-rasm. Granulyar sitoplazmatik to’rning tuzilishi:
A-sxema; Б-jigar hujayrasi kesimi bir qismining electron mikrofotografiyasi; 1-ribosomalar; 2-plastinkalar; 3-sisternalarning ichidagi bo’shliq; 4-ribosomalarga ega bolmagan membranadan ajraluvchi pufakchalar.

ishlov berilganda ko`rinadigan organella bo`lib, K.Golji tomonidan birinchi marta nevrotsitlarda aniqlangan. Elektron mikroskopda bu organella sitoplazmaning kichik bir qismida to`plangan membranali tuzilmalar holida ko`rinadi. Bunday to`plamlar diktiosomalar deyilib, hujayrada bir nechta bo`lishi mumkin.
Plastinkali kompleks membrana bilan o`ralgan yassilangan xaltachalar (sisternalar), naychalar va mayda pufakchalar (vezikulalar)dan iborat murakkab organella. Sekretor hujayralarda u o`zak bilan hujayra apikal uchi (qutbi) orasida joylashadi. Bu organella sitoplazmatik to`rda sintezlangan moddalarning segrigatsiyasi va to`planishida, ularning kimyoviy qayta qurilish va
yetilishida ishtirok qiladi hamda shu yo`l bilan sekretsiyada qatnashadi. Sekret tarkibiga kiruvchi murakkab oqsillar - glikoproteidlar va mukoproteidlarning polisaxaridlari plastinkali kompleksda sintezlanadi. Ayrim hollarda bu organellaning pufakchalarida qayta sintezlangan lipidlar molekulalarining to`planishi va lipoproteidlar hosil bo`lib, pufakchalar yordamida hujayradan tashqariga chiqarilishi mumkin. Plastinkali kompleks membranalari granulyar sitoplazmatik to`r ishtirokida hosil bo`ladi.
Lizosomalar pufaksimon shakldagi 0,2-0,5 mkm kattalikka ega bo`lgan bir (yakka) membrana bilan o`ralgan tuzilmalardir. Ularning xarakterli belgisi turli biopolimerlarni gidrolizlovchi fermentlar (proteinazalar, nukleazalar, glyukozidazalar, fosfatazalar, lipazalar) saqlashidir. Birlamchi, ikkilamchi (fagolizasomalar va autofagosomalar) lizosomalar va qoldiq tanachalar farq qilinadi. Birlamchi lizosomalar strukturasiz modda bilan to`lgan, gidrolazalar, jumladan faol kislotali fosfataza saqlovchi pufakchalardir. Ferment granulyar sitoplazmatik to`rda hosil bo`lib, plastinkali kompleks orqali birlamchi lizosomaga o`tadi. Ikkilamchi lizosomalar hujayra ichi hazm qilish vakuolalari hisoblanib, birlamchi lizosomalarning fagotsitoz va pinotsitoz vakuolalari bilan qo`shilishidan hosil bo`ladi. Ikkilamchi lizosomalarning maxsus turi - autofagosomalar o`zgargan va parchalanishi lozim bo`lgan hujayra organellalarining birlamchi lizosomalar bilan qo`shilishining natijasidir. Lizosomalar ichida turli biopolimerlarning batamom parchalanmasligi natijasida, bunday mahsulotlar to`planishidan qoldiq tanachalar (telolizosomalar) paydo bo`lishi mumkin. Ba`zan lizosomalar ishtirokida hujayra sintezlagan moddalar modifikatsiyaga uchraydi. Masalan, qalqonsimon bez hujayralarida tiroglobulin gidrolizlanib tiroksin gormoniga aylanadi.
Peroksisomalar membrana bilan o`ralgan 0,3-1,5 mkm kattalikdagi oval tanachalar bo`lib, ularning ichini to`ldirib turgan donador matriks markazda joylashuvchi, ipchalar va naychalardan iborat kristallsimon strukturalar saqlaydi. Peroksisomalar sitoplazmatik to`r sisternalarining kengaygan tomonlarida hosil bo`ladi, deb hisoblanadi. Bu organellada aminokislotalarni oksidlovchi fermentlar, shuningdek bu jarayon natijasida hosil bo`luvchi H2O2ni parchalovchi katalaza fermenti uchraydi. Peroksisomalar, ayniqsa, buyrak va jigar hujayralari uchun xarakterli strukturalardir.
Mitoxondriyalar (xondrosomalar) (8-rasm) barcha eukariot hujayralarda uchraydigan ipcha, tayoqcha yoki donachalar shaklidagi, 1,0-10,0x0,2-0,5 mkm kattalikka ega organellalardir. Mitoxondriyalarning asosiy vazifasi hujayraning nafas olishida qatnashish, ya`ni qand va yog`larning oksidlanishidan hosil bo`ladigan energiya hisobiga ATF sintezlashdir. Shuning uchun ularni hujayraning energetik stansiyalari deb ham ataydilar. Hujayralarda mitoxondriyalarnig soni bir necha yuz (hatto 2-3 mingtagacha) bo`lishi mumkin. Ularning shakli va kattaligi esa o`zgaruvchan bo`ladi. Tirik hujayralarda mitoxondriya o`z o`rnini o`zgartirishi, o`zaro qo`shilishi, bo`linishi mumkin. Mitoxondriyalar butun sitoplazmada bir tekis tarqalgan yoki energiyaga ehtiyoj ko`p bo`lgan qismlarga, masalan, harakat apparati yaqiniga to`plangan holda uchraydi. Ularning ko`payishi hujayrada mavjud bo`lgan mitoxondriyalarning bo`linishi natijasida yuz beradi.
Mitoxondriya har birining qalinligi 7 nm keladigan ikkita membrana bilan chegaralangan. Tashqi membrana konturi tekis xaltaga o`xshagan bo`lib, mitoxondriyani gialoplazmadan ajratib turadi. Tashqi va ichki membrana oralig`ida 10-20 nm bo`shliq mavjud. Ichki mitoxondrial membrana ichi matriks bilan to`lgan bo`shliqni o`rab turadi. Ichki membrana bo`shliq ichiga burma (krista)lar shaklida o`sib kiradi. Kristalarning membranalarida ATF sintezlanishi uchun zarur fermentlar joylashadi. Mitoxondriyalarning matriksi donador tuzilishga ega bo`lib, unda 15-20 nm kattalikdagi donachalar va 2-3 nm yo`g`onlikdagi ipchalar uchraydi. Ipchalar DNK molekulalari, donachalar mitoxondrial ribosomalardir.
Mitoxondriyalarda mitoxondrial oqsil sintezining avtonom sistemasi joylashgan va bu erda mitoxondriya faoliyati uchun zarur oqsillarning bir qismi sintezlanadi.






Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling