65
beradi. Bundan tashqari hujayra devori
ichki elementlarni mexanik
ta‘sirlardan va tashqi muhitdan osmotik bosimidan himoya qiladi.
Hujayrani o‗sishi, bo‗linishi va genetik matyeriallarni taksimlanishida
qatnashadi. Hujayra devori katta molekulalar uchun o‗tkazuvchidir. U
sitoplazma membranasi bilan bog‗langan.
Gram usuli bilan bakteriyalarni bo‗yalishda
hujayra devori asos
hisoblanadi. 1884 yilda Daniya olimi X. Gram bakteriyalarni gensianviolit
bilan b
o‘yab keyin yod eritmasi bilan ishlov berilganda ranglanganini
kuzatadi. Spirt ta‘sirida esa ba‘zi bakteriyalar rangsizlanadi (grammanfiy),
ba‘zilari esa rangini saqlab qoladi (grammusbat). Bu bakteriyalarni hujayra
devorini kimyoviy tarkibi har xil ekanligini ko‗rsatadi.
Grammusbat bakteriyalarning hujayra
devorida peptidoglikan
(murien) bir necha qavatni hosil qiladi. Tarkibida rebitfosfor va glisyerin
fosfor kislotalari bor.
Grammanfiy bakteriyalar hujayra devorida peptidoglikan bir qavatini
hosil qiladi. Tarkibida
fosfolipidlar lipoproteidlar, oqsillar va murakkab
lipopolisaxaridlar bo‗ladi.
Peptidoglikan hujayra devorida 50dan 90%
gacha grammusbat
bakteriyalarida, 1 dan 10%gacha garmmanfiy bakteriyalarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: