Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Tabiiy ozuqa muhitlariga sut, kartoshka, tirik organizmlar yoki 
ularning embirionlari kiradi. Sutda oqsil, yog, uglevod va vitaminlar ko‗p 
bo‗lganligi tufayli bakteriyalar juda yaxshi o‗sadi. Kartoshka yuzasida bir 
qator mikroorganizmlar o‗sadi. Tirik organizmlar va embrionlarda asosan 
obligat patogen mikroorganizmlar rivojlanadi
Sun’iy ozuqa muhitlariga go‗sht peptonli sho‗rva, go‗sht peptonli 
agar, shakarli agar, ular suyuq yoki quyuq bo‗lishi mumkin. Qattiq oziqali 
muhitlarda o‗stirilgan mikroorganizmlar kulturasi asosiy urinni eg‗allaydi. 
Qattiq ozuqa muhitlari sifatida kolloid moddalar: jelatin va agar-agar 
ishlatiladi. 


56 
Jelatinni zamburg‗larni o‗stirish uchun, birinchi marta nemis botanigi 
O.Brefeld 1976 yilda qo‗llagan edi, so‗ng uni R.Kox qo‗llagan. 
Keyinchalik nemis tadqiqotchisi Gesse 1882 yilda 
agar-agardan 
foydalangan. 
Agar-agar qo‗ng‗ir suv o‗tlaridan ajratib olingan polisaxarid, jelatina 
esa hayvonlar tuyoqi va shoxidan tayyorlanuvchi azotli birikma. Ma‘lum 
mikdorda olingan agar-agar (2%) va jelatina (10%) lik sifatida qotib 
qoladi. Ularga ozuq moddalar qo‗shilsa bakteriyalar juda yaxshi o‗sadilar. 
Ozuq modda sifatida pepton va osh tuzi qo‗shilgan gushtli sho‗rva olinadi. 
Agar-agarni bakteriyalar istemol qilmaydilar, jelotina esa ma‘lum 
ozuqa amiyatiga ega, bakteriyalarning ba‘zi bir turlari uni suyultirish
xususiyatiga egalar. Tayyorlangan ozuqali muhit qizdirilib, suyultiriladi va 
filtrlanadi va maxsus kimyoviy idishlarga solinib styerillanadi. Agar-agar 
100
0
S ga yaqin haroratga suyuladi, jelatinning suyulishi uning miqdoriga 
bog‗liq. 
Agar-agar 40
0
da qotadi. Har ikkalasi ham foydali, ham foydasiz 
xususiyatlarga egalar. Masalan jelatin 20
0
S dan sal yo‗qori haroratda 
yeriydi, mikroorganizmlarning esa optimal rivojlanish harorati 25-30
0

ba‘zi patogen turlar uchun 37
0
S. lekin jelatin tinik bo‗lib, 
mikroorganizmlar koloniyasi yaxshi ko‗rinadi, bundan tashqari bir qator 
bakteriyalar ajratgan ferment ta‘sirida suyuladi. Bu o‗z navbatida 
bakteriya turini aniqlashda qo‗l keladi. Agar-agar tiniq emas, lekin 
bakteriyalarga qo‗lay bo‗lgan muhitda suyulmaydi. 
Qattiq ozuqa muhitlarini qo‗llab toza kulturalarni ajratish mumkin. 
Masalan 3 ta tur bakteriyalarni bir-biridan ajratish kerak. Buning uchun 
turli xil koloniyalar hosil qilgan bakteriyalar plotinali ilmoq yordamida 
olinib 42
0
S tempyeraturali suyultirilgan agar-agarga solinadi, chaykatilib, 
styeril petri idishga solinadi va 48 soatga 25-30
0
S termostatga qo‗yiladi. 
Ma‘lum vaqt o‗tgach toza kulturali bakteriya koloniyalari hosil bo‗ladi. 
Bakteriya koloniyalari o‗ziga xos rang va shaklga ega bo‗ladi. Odatda 
olingan toza kultura bir necha marotaba qayta Petri idishlariga solinib 
o‗stiriladi. 


57 
Toza kulturalar bakteriyalardan tashqari suv utlari va zamburug‗lar 
uchun ham olinadi. 
Mikrobiologiya amaliyotida mikroorganizmlar preparatlarini tayyorlash 
uchun har xil usullardan foydalaniladi. Jumladan, fiksasiyalangan va 
bo‗yalgan preparatlar tayyorlash usuli, «ezilgan tomchi» usuli, «osilgan 
tomchi», Gram usulida bo‗yash va hokazolar kiradi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling