Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


 Mikrobiologiya fanining rivojlanish tarixi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

3.2. Mikrobiologiya fanining rivojlanish tarixi 
Mikroorganizmlar kashf etilmasdan oldin ham inson qatiq, vino 
tayyorlashda, novvoychilikda mikrobiologik jarayonlaridan keng qo‗lamda 
foydalanib kelgan. Qadim zamonlardanok shifokorlar va tabiashunoslar 
ko‗pgina yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini izlay boshlagan 
edilar. Masalan, Gippokrat (bizning yeramizdan oldingi 460 - 377 
yillarda), Lukresiy (95 - 50 yillarda) va o‗sha davrning boshqa yirik 
olimlarning ishlarida turli - tuman yuqumli kasalliklarning sababchisi tirik 
tabiatga bog‗liq ekanligi ko‗rsatilgan. O‗rta Osiyo halqlari avvaldanok 
chechak, moxov va boshqa kasalliklar to‗g‗risida malumotlarga ega edi. 
Abu Ali ibn Sino (900 - 1037) bu kasalliklarning sababchisi tirik 
mavjudotlar ekanligini, ular suv va havo orqali tarqalishini aytgan. 
Mikroorganizmlarning ochilishi mikroskopning kashf etilishi bilan 
bevosita o‗zviy bog‗liq. Birinchilar qatori Gans va Zaxariy YAnsen, 
so‗ngra G. Galiley va K. Drebbel tomonidan mikroskoplar yaratildi va 
takomillashtirildi. 
Gollandiyalik olim Anton van Levenguk (1632-1723) o‗zi yasagan 
mikroskop yordamida iflos suvni, turli xil organik moddalarni 
suyuqliklarini, har xil moddalar qaynatmalarini, va tish kiri namunalarni 
tekshirib, ulardagi mikroorganizmlarni kuzatib «Anton Levenguk kashf 
etgan tibbiyot sirlari» kitobida (1695) mikroorganizmlarning shakllarini 
tasvirlab bergan. 


50 
Rus tadqiqotchisi M.M. Tyerexovskiy (1775) o‗zining ―Animal 
qo‗llar to‗g‗risida‖ asarida mikroorganizmlari bor damlamani isitib, 
sovitilsa, ―animal‘qo‗lalar‖ halok bo‗lib ketishini va ancha vaqtgacha 
qayta paydo bo‗lmasligini ko‗rsatib berdi. Fransuz Pushe va boshqa, 
olimlar bu tajribalarni rad etdilar va qaynatilgan sho‗rvada bir qancha 
vaqtdan keyin mikroorganizmlar yana paydo bo‗lishini isbot qilib berdilar. 
Haqiqatni kim isbotlab bersa, o‗sha kishiga mukofat tayin qilgan fransuz 
akademiyasi bu baxsni bartaraf etishga qaror qildi. SHo‗rvani uzoq 
qaynatib mahkam bekitib qo‗yilsa va havodagi mikroorganizmlar unga 
tushurilmaydigan bo‗lsa, sho‗rvada mikroorganizmlar rivojlanmasligini 
ko‗rsatib bergan Lui Pastyer shu mukofotga sazovar bo‗ldi. 
Mikroorganizmlarning o‗z-o‗zidan paydo bo‗lishi to‗g‗risidagi nazariya 
shu tariqa o‗zil- kesil rad etildi (1860). 
Mikroorganizmlar kashf etilishi bilan ularni sistemaga solish va 
klassifikasiyalash zaruriyati tug‗ildi. XVIII asrning eng atoqli sistematigi 
K. Linney barcha mikroorganizlarni ―xoos‖degan nom bilan bitta 
gruppaga birlashtirdi. CHindan ham o‗simliklar va hayvonlar bir-biridan 
etarli darajada aniq ajralib turadi, xolbuki, mikroorganizmlarni qanday 
bo‗lmasin biror gruppaga kiritish juda qiyin. SHunday bo‗lsada XVIII 
asrning 
oxirlarida 
mikroorganizmlarni 
klassifikasiyalashda 
urinib 
ko‗rishdi. 
Avvaliga 
mikroorganizmlar 
hayvon 
va 
o‗simlik 
mikroorganizlari o‗rtasida oraliq o‗ringa ko‗yildi (Myullyer,1786). 
So‗ngra 1852 Petri ba‘zi mikroorganizlar o‗simliklar dunyosiga kiradi, deb 
taxmin qildi. Kox (1854) vibrionlarning tashqi shakli, o‗sishi va 
ko‗payishi tuban suv o‗tlariga o‗xshashligiga qarab ularni tuban 
o‗simliklar (Schizophita) gruppasiga kiritdi. Negeli mikroorganizmlar 
ham, xuddi zamburug‗lar singari, xlorofilga ega bo‗lmasdan chirib 
kelayotgan 
organik 
moddalar 
hisobiga 
oziqlanishini 
aniqladi. 
Mikroorganizmlarning ko‗payishi xususiyatlarini hisobga olib (yunoncha 
schizo-bo‗linmoq), 
Negeli 
ularni 
alohida 
bo‗lak 
zamburug‗lar(Schizomycetes-shizomisetlar) gruppasiga birlashtirdi. 


51 
Gekkel‘ 1866 yili barcha mikroorganizmlar gruppasini hozir ham 
qo‗llaniladigan ―protistlar‖(yunoncha protistos- eng birinchi) degan 
yig‗ma nom bilan birlashtirishni taklif etdi. 
Mikroorganizmlar klassifikasiyasiga Kox va Negeli bakteriyalar 
morfologiyasini o‗rganishni asos qilib olishdi. Bu mikrobiologiyada ikki 
yo‗nalishga-monomorfizm va pleomorfizm paydo bo‗lishiga olib keldi. 
XIX 
asrning 
boshlarida 
pivo 
shirasini 
achitadigan 
mikroorganizmlar - achitqilar (1837) kashf etildi, keyinchalik esa parazit 
zamburug‗lar – ipak qurti kasalligining qo‗zg‗atuvchilari (muskardinalar) 
bilan odamda uchraydigan kal kasalligining qo‗zg‗atuvchilari tasvirlab 
berildi. Birok, Fransuz olimi Pastyerning genial ishlarigina zamonaviy 
ilmiy mikrobiologiyaning rivojlanishiga asos bo‗ldi. 
Lui Pastyer ma‘lumotiga ko‗ra kimyogar bo‗lib, o‗z umrini 
mikroorganizmlarni o‗rganish va yuqumli kassalliklarga karshi kurash 
usullarini ishlab chiqishga bag‗ishladi. Qiziqishlarining doirasi juda keng 
edi: u bijg‗ish jarayonlarini (1857) va mikroorganizmlarning o‗z-o‗zidan 
paydo bo‗lmasligini (1860), vino va pivo pishirish sirlarini (1865), ipak 
qurti kasalliklarini (1868) o‗rgandi. Bijg‗ish (sut kislotali va moy kislotali 
bijg‗ish) jarayonlarini o‗rganib, Pastyer bu jarayonlar mikroorganizmlar 
tufayli yuzaga kelishini aniqladi. O‗sha mikroorganizmlar orasida u 
anaeroblarni, 
Ya‘ni 
kislorodsiz 
yashab 
ko‗paya 
oladigan 
mikroorganizmlarni birinchi bo‗lib topdi. Keyinrok Pastyer gazli 
gangrenaning anaerob qo‗zg‗atuvchisini kashf etdi. 
Keyinchalik Pastyer chirish jarayonlarini o‗rganar ekan, bu 
jarayonlar ham mikroorganizmlar tufayli paydo bo‗ladi, degan xulosaga 
keldi. Pastyerning kashfiyotlari mashhur ingliz xirurgi Jozef Listyerga 
kimyoviy moddalarni mahalliy tarzda ishlatib, jarohatlarning yiringlashiga 
qarshi davolashda, shuningdek atrof – muhitdagi mikroorganizmlarni 
yo‗qotish uchun choralar ko‗rishga (antiseptika bilan aseptikaga) imkon 
berdi. 


52 
Mashhur nemis mikrobiologi Robert Kox mikrobiologiya texnikasi 
metodlarini 
muqammalashtirib, 
mikroorganizmlarning 
tuzilishini 
o‗rganishiga yordam bergan bo‗yash usullarini taklif etdi, mikroskopiyada 
Abbe yoritgichidan foydalandi, mikrofotosurat olishni joriy etdi. 
Mikrobiologik tekshirishlarning Kox tomonidan ishlab chiqilgan usullari, 
infeksion 
kasalliklar 
qo‗zg‗atuvchilarini 
faqat 
bir 
tur 
mikroorganizmlardan iborat toza kultura holida ajratib olishga imkon 
berdi. Kox mikroorganizmlarni o‗stirish uchun oziq muhitlari tayyorlash 
uslubini ishlab chiqdi. SHun so‗ng ozuqali muhitda hujayradan paydo 
bo‗lgan mikroorganizmlar populyasiyasi koloniyalar ko‗rinishida o‗stirish 
mumkin bo‗ldi. 
Rus biolog olimi Ilya Ilich Mechnikov mikrobiologiya bilan 
immunologiyaning rivojlanishiga g‗oyat katta xissa qo‗shdi. U 
immunitetning 
fabusitar 
nazaryasini 
yaratdi. 
Mechnikov 
odam 
organizmiga kirib qolgan kasallik qo‗zg‗atuvchi mikroorganizmlardan 
odamni himoya qiladigan eng muhim mexanizmlarning biri hujayra 
ximoyasi ekanligini ko‗rsatib berdi. Masalan yalig‗lanishda oq qon 
tanachalari, Ya‘ni leykositlar inson organizmi to‗qimalariga o‗tib qolgan 
mikroorganizmlarni ushlab qolib xazm qilib yuboradi. Mana shu 
hujayralarga Mechnikov fagositlar deb nom berdi (yunoncha-phagos-
xazm qiluvchi, eyuvchi, zytos-hujayra degan so‗zlardan olingan). 
Viruslarning kashf etilish tarixi XIX asr oxirlaridan boshlanadi, 
o‗sha davrda ikkita yosh tadkikotchi D.I.Ivanovskiy bilan V.V Polovsev 
Ukraina va Bessarabiyadan tamaki kasalligi bilan qiziqib qolishdi. 
Ivanovskiy kasal o‗simliklar bargidan olingan shira sog‗lom barglarga 
surtiladigan bo‗lsa, bularning kasallanishiga sabab bo‗lishini aniqlashga 
muvaffaq bo‗ldi. Biroq, mikroorganizmlar oziq muhitida o‗sib chiqqani 
yo‗q, barg shirasi esa filtrlardan o‗tkazilganidan keyin ham yuqumli bo‗lib 
qolavyerdi. Ivanoskiy tamaki kasalligi filtirining mayda - mayda 
teshiklaridan ham o‗tib ketadigan va oziq muhitlarida o‗smaydigan juda 
mayda agentdan paydo bo‗ladi, degan xulosaga keldi (1892). Tamaki 
kasalligini o‗rgangan 


53 
daniyalik botanik Martin Beyerink yangi kashf etilgan moddani virus deb 
atadi va uni «suyuq holdagi tirik yuqumli modda» deb ta‘rifladi. 
XX asrning boshlarida bakteriyalarning viruslari (bakteriyaofaglar), 
keyinchalik esa aktinomisitlarlarning faglari (aktinofaglar) topildi. 
Viruslar odamda uchraydigan talaygina va aksari juda og‗ir o‗tadigan 
kasalliklarning qo‗zg‗atuvchilari bo‗lib chiqdi. Ular ba‘zi o‗smalarning 
vujudga kelishiga ham sabab bo‗ladi, deb taxmin qilinadi. 
Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit 
mavjudligi tufayli uning nazariy va amaliy masalalari bilan bog‗liq bo‗lgan 
sohalari: oziq-ovqat sanoati, konsyerva sanoati, sut mahsulotlarini qayta 
ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar, 
antibiotiklar va vitaminlar ishlab chikarish sanoatlari yanada rivoj 
topmoqda. O‗zbekistonda A.M.Muzafarov, M.I.Mavloniy, S.A.Askarova, 
A. F.Xolmurodov, I.J.Jumaniyozov, K.D.Davronov, I.A Muzafarova va 
boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishiga katta xissa qo‗shgan 
olimlardir. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling