44
urug‗lanish tamom bo‗lgandan so‗ng tushib ketadi. Ularning oilasi tuproq
yoki yog‗ochlar ichida yashaydi. Termitlar tuproq ichda in qazib uni
yumshatib,
fizik xossalarini yaxshilab, tuproq kimyoviy tarkibiga Ya‘ni
tuzlar migrasiyasiga ta‘sir ko‗rsatadi. Termitlarning tana qoldiqlari
tuproqdagi azot miqdorini oshiradi.
Cleoptyera-Qattiq qanotlilar yoki qo‗ng‗izalar
juda xilma xil
hashoratlar turkimlari bo‗lib, ko‗pchilik qo‗ng‗izlar lichinkalik va
g‗umbaklik davrdagina tuproq bilan bog‗langan. Plastinka mo‗ylovlilar,
qirsildoq qo‗ng‗izlar, uzun tumshuqlilar va boshqalarining lichnkalari
tuproqda rivojlanadi. Ulardan ayrimlari o‗simliklarga
ziyon keltirsa,
boshqalari saprofag yoki yirtqich hisoblanadi. Sim qurtlar va may
qo‗ng‗izining lichinkalari SO
2
gazning yuqori
kansentrasiyasiga juda
chidamli bo‗lib, suv bosgan tuproqlarda bemalol yashayvyeradi. May
qo‗ng‗izining lichinkalarida xemotaksis xususiyati yaxshi rivojlangan. Ular
o‗zlari zararlaydigan o‗simlikni ildizi orqali ajratib chiqarilayotgan SO
2
gazi orqali topib oladi.
Qo‗ng‗izlarni oziqlanish usuliga binoan: fitofaglar, zoofaglar,
saprofaglar va nekrofaglarga ajratish mumkin. Fitofaglar yashil o‗simliklar
bilan oziqlanib ularga ziyon keltiradi. Saprofaglar
organik moddalarning
qoldig‗ini o‗zlashtiradi. Tuproq qo‗ng‗izlari, hayvolar go‗ngining
parchalanib minerallashida kata ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: