Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
2.8. Mollyuskalar (Mollussa) tipi
Mollusca- Mollyuskalarning tanasi bo‗g‗imlar bilan bo‗linmagan va mantiyat deb ataluvchi tyeri bilan qoplangan. Tanasining asosiy qismi ohak moddadan iborat chig‗anoq bilan qoplangan. YUmshotanlilarning tuproq biotasidagivakillari qorinoyoqlilir yoki gastropoda snifining vakillari hisoblanadi. Qorin oyoqlilarning gavdasi bosh, tana va muskulli yassi oyoqdan va chig‗onoqdan iborat. YAlong‗och shilliqlarining chig‗onog‗i yo‗qolgan yoki rudement holda saqlanib qolgan. Mollyuskolarning ko‗pchiligi asosan suv hayvonlari hisoblanadi. Evolyusiya jarayonida quruqlikda yashashga moslashgan mollyuskalarda o‗pka bilan nafas oluvchi qorin oyoqlilar sinfi kelib chiqqan.SHilliq qurtlar o‗pka bilan nafas oluvchi hayvonlardir. Ulardan mamlakatimiz hududida 700 dan ortiq turi uchraydi. SHilliqlar chig‗onoqlar borligi tufayli noqulay sharoit-sovuqni, issiqni va qurg‗oqchilikni yaxshi o‗tkazadi, chig‗onoqsiz yalong‗och shilliq yozning issig‗ida va qishning sovuq vaqtlarida o‗rmon to‗shamasi ostiga yoki tuproqning chuqur qatlamiga bekinadi. SHilliq qurtlar tuproq geoksinlari hisobdlanadi. Ular tuproqga tuxim qo‗yadi va unda qishlaydi. SHilliqlar yassi oyog‗ining tovoni bilan sirpanib harakat qiladi tovoning oldingi qismida shilimshiq modda ajratkuvchi bezlari bo‗ladi. O‗pka bilan nafas oluvchi shillq qurtlar orasida yashil o‗simliklar bilan oziqlanuvchi fitofaglari, to‗kilgan barglar bilan ozuqlanadigan saprofaglari hamda chuvalchanglar va boshqa shilliqlar bilan oziqlanuvchi yirqich vakillar bor.Quriqlikda tarqalgan o‗pka bilan nafas oluvchi shilliqlar orasida yirigi va ko‗p uchiraydigani Helix pomatia- tok shilliqqurti hisoblanadi.Tok shilliqqurti chig‗onog‗ining balandligi 45- 50 mm, 6-7 yil yashaydi urug‗langan tuxumini tuproqqa qo‗yadi, tuproqda qishlaydi, tokning yashil 39 barlarini eb zarar keltiradi. Janubda tarqalgan shilliqlar orasida qurg‗oqchilikka chidamli turlari quruq dasht, chala cho‗l va hatto cho‗lda ham yashaydi.Tog‗li hudularda shu joyning o‗zi uchun xos bo‗lgan endemik turlari uchiratish mumkin. Quruqliq mollyuskalari orasida yalong‗och shilliqlar asosiy o‗rinni egallaydi. Ularning mantiya tyeridan hosil bo‗ladigan chig‗onoqlar rudiment hisoblanadi , chig‗onoqlari butunlay yo‗qolgan turlari ham bor. YAlong‗och shilliqlarni quruq dasht,chala cho‗l va cho‗ldan tashqari nam etarli bo‗lgan hamma joylarda yashaydi.YAlong‗och shilliqqurtning ozuqasi asosan o‗simliklarning yangi to‗kilgan barglari va nobud bo‗lgan o‗simliklar hisoblanadi.Ozuqa etishmaganda tirik o‗simliklarga zarar etkazishi mumkin. MDH va G‗arbiy Evropa hududlarida Agriolimax agrstis-dala yalong‗och shilliqqurti keng tarqalgan bo‗lib bug‗doy va boshqa tomorqa ekinlarining maysalari bilan oziqlanadi ayrim yillari juda tez ko‗payib ketib qishloq xo‗jaligiga katta zarar etkazadi. Darxlarning unayotgan maysalai bilan oziqlanadigan Limax maximus- katta shilliq o‗rmon mintaqasida uchraydi. O‗rmon mintaqasida tarqalgan yalong‗och shilliqqurt zararsiz Arion subfuscus suvo‗tlari, lishayniklar va zamburug‗lar bilan oziqlanadi. Ayrim shilliqlar va yalong‗och shilliqqurtlar qushlar va sut emizuchi hayvonlar uchun xavfli bo‗lgan parazit chuvalchanglarning oraliq xo‗jayini ham hisoblanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling