Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Nematoda- Nematodalar sinfi vakillari ipsimon yoki duksimon
shakildagi hayvonlar tarkibga kiradi. Nematodalar ko‗p hujayralilar orasida tuproqda eng ko‗p tarqalgan, son jihatidan bakteriyalardan keyin ikkinchi o‗rinda turadi. Madaniylashgan tuproqlarning haydalma qatlamlarida nematodalarning biomassasi gektariga 50 kg ni tashqil etadi. O‗tloq tuproqning bir metr kvadrat yuzasida 20 mln dona nematodalar uchraydi. Ularning ko‗pchilik turlari tuproq mikrofaunasi tarkibiga kiradi. Nematodalar tuproq zarrachalari sirtidagi pardasimon va kapillyar suvlarda yashaydi. Tuproqda yashovchi nematodalarning o‗rtacha uzunligi 0,4-1,0 mm ni tashqil etadi. Ko‗pchilik turlarning har bir bo‗g‗imida 4 juftdan qillari ikkitadan guruhga bo‗linib joylashgan.Nematodalar hayot kechirishi va oziqlanish tipiga ko‗ra- erkin yashovchilar, saprobiontlar, yirtqichlar, va parazitlar (fitoparazit va zooparazitlar) bo‗linadi. Haqiqiy soprobiont nematodalar organik moddalar jadal parchalanayotgan va chiriyotgan joylarda Ya‘ni o‗rmon to‗shamalarida, go‗nglar orasida, kompostlarda hayot kechiradi. Ular juda syer pusht bo‗ladi va ko‗plab avlod beradi.Rivojlanish sikli boshqa tuproq nematodalarga nisbatan 10 baravar tez bo‗lib har 3-5 kunda yangi avlod beradi. Yarim soprobiont nematodalar bakteriyalar, zamburug‗lar, achitqilar va mayda sodda hayvonlar bilan oziqlanadi.O‗simlikllarning rizosfyerasi atrofida parazit-nematodalar yashaydi. Maxsus o‗simta Ya‘ni qilchalarini o‗simlik hujayrasiga kiritib unig borlig‗ini so‗rib oziqlanadi, hujayra ichiga zamburug‗ va bakteriya kabi infeksiyalarning kirishiga yo‗l ochadi. Asil fitoparazit nematodalar qovun, bodring, kartoshka, pomidor, g‗o‗za, kanop, qandlavlagi va boshqa qishloq xo‗jaligi o‗simliklarinig ildiz, poya to‗qima hujayralari ichida parazitlik qilib o‗simliklarni zararlab hosildorlikni keskin 35 kamaytiradi. Qand lavlagi nematodasi, qand lavlagi hosildorligini 20- 80%ga kamaytrib yuborgan. Yirtqich nematodalar- soddalar, og‗iz aylang‗ichlar, imillab yuruvchilar, oyoqdumlilar va boshq nematodalar bilan oziqlanadi. Tuproqda erkin yashovchi nematodalar soni organik moddalarning parchalanishida ishtirok etuvchi kanalar va oyoqdumlilarga nisbatan juda kam lekin ular va boshqa mikroorganizmlar bilan birga organik qoldiqlarni parchalashda ishtirok etadi. Nematodalar oqsilga boy mikroorganizmlar bilan oziqlanib qolmasdan, balki shu mikroorganizmlarning ko‗payishi va rivojlanishini tezlashtiradigan biologik aktiv moddalar ajratadi, ularnig ajratmalarida azot ko‗p bo‗lib tuproqni azotga boyitadi.Nematodalar biomassasi tuproq azoti manbai hisoblanadi. SHuning uchun tuproq nematodalarini o‗rganishda tuproq azoti balansida katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olish zarur. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling