Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Holotricha(Colpoda, Paramaecium)
2.5. Infuzoriyalar(Cilita) sinfi.
Infuzoriyalar tipiga murakkab tuzilishga ega bo‗lgan bir hujayralilar kiradi. Infuzoriyalar asosan suv havzalarida yashaydi, ular tuproqda uchrashi jihatidan xivchinlilar va amyobalardan keyingi o‗rinda turadi.Hujayrasi amyoba va xivchililarnikidan birmuncha yirik bo‗lib, ayrim vakillarining kattaligi 1-1,5 mm keladi. Infuzoriyalarning tanasi ko‗p sonli ko‗ndalangli, qiyshiq, yoki spiral shakilda joylashgan kiprikchalar bilan qoplangan.Kipriklari yordamida harakatlanadi, hamda og‗iz teshigi- sitostomaga oziqni olib keladi. Hujayrasi murakkab tuzilgan bo‗lib sirtidan doyimiy shakilga ega qobiq-pellikula bilan qoplangan. Sitoplaza diffyerensasiyalangan bo‗lib ekto va endoplazmaga bo‗lingan makro va mikro yadrosi, hazim qiluvchi, qisqaruvchi vakuolalar, og‗iz teshigi va qo‗shilmalari bor. Ko‗pchilik turlarida hujayrasining oldingi va keyigi qismlar aniq ifodalangan, sudraluvchilarning tanasi elka va qorin qismiga ajraladiyu Tuproqda yashovchi infuzoriyalar quyidagi kenja sinflarga Holotricha(Colpoda, Paramaecium)- hayvon hujayrasi bo‗ylab kipriklar teng joylashgan. Teng kipriklar turkumiga mansub bo‗lgan infuzoriyalarning tanasi bir tekis joylashgan va bir xil uzunlikdagi kiprikchalar bilan qoplangan. Bu turkumning tipik vakili sifatida oddiy tufelkani ko‗rsatish mumkin. Spirotricha- tananing orqa uchidan og‗iz tomonga qarab kipriklar spiral shaklida joylashgan, va Peritricha- hujayrasi ko‗ndalangiga kipriklar bilan teng ikkiga bo‗lingan, og‗iz chuqurligi ikki qator reduksiyaga uchragan kipriklar bilan o‗ralgan Vorticella ni misol qilish mumkin, va tanasi har xil kipriklar bilan qoplangan turlari uchraydi. Sohil bo‗yidagi qumlarda o‗ziga xos psammofil (qumsevar) infuzoriyalar tarqalgan. Ularning tanasi cho‗ziq chuvalchangsimon shaklda, kiprikchalari 33 tanasining bir tomonida joylashgan bo‗lib, qumga yopishish uchun xizmat qiladi. Kiprikchalari infuzoriyalarni suvda yuvilib ketishdan saqlaydi. MDH davlatlar hududi tuproqlarida infuzoriyaning 43dan ortiq avlodlarining turlari uchiraydi. Infuzoriyalar bakteriyalar, bir hujayrali suv o‗tlari va har xil organik moddalarga boy bo‗lgan tuproqning yuqori qatlamida ko‗plab uchiraydi va ular bilan oziqlanib tuproqda ularning sonini cheklab turadi. Noqulay sharoida nam etishmaganda,harorat pasayganda bir hujayralilar sistaga o‗ralish xususiyatiga ega. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling