Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

2.3. Sarkomastigoforalar sinfi. 
Bu tipga soxta oyoqlar yoki xivchinlari yordamida harakatlanadigan 
bir hujayralilar kiradi. Tuproqda sarkodolilar va xivchinlilar sinfining 
vakillari uchraydi 
Sarcodina- Sarkodalilar eng sodda tuzilgan bir hujayralilar. Tanasi 
sirtida qattiq po‗st bo‗lmaganligi tufayli ularning shakli doimo o‗zgarib 
turadi. Hujayra sitoplazmasi soxta yoki ildiz oyoqlar deb ataladigan 
muvaqqat o‗simtalar hosil qilish 


31 
xususiyatiga ega. Bu yolg‗on oyoqlari harakat qilish va oziqani qamrab 
olish vazifasini bajaradi. Sitoplazma bitta yadro va ayrish vazifasini 
bajaruvchi 
qisqarish 
vakuolalari 
joylashgan.Tuproq 
sarkodalilarga 
yalang‗och amyoba va chig‗anoqli amyobalar kiradi. Yalang‗och 
amyobalarning kattaligi 20 mkm gacha bo‗lsa, chig‗anoqli amyobalarning 
o‗lchami 65 mkm gacha bo‗ladi. Amyoba turli bakteriyalar, achitqi 
zamburug‗lar, bir hujayrali suvo‗tlari va boshqa bir hujayrali xivchinli 
hayvonlar, kolovratkalar,qorinoyoqlilar bilan oziqlanadi. 
Chig‗anoqli amyobalarning tanasi chig‗anoq yoki sovut ichida 
joylashgan chig‗anoqning kengaygan tomonidan soxta oyoqlari chiqib 
turadi. Chig‗anoqli amyobalar saprofag hayvolar bo‗lib, sfagnumli botqoq 
tuproqlari biosenozi tarkibida ko‗p uchraydi. Ularning 1 g tuproqdagi soni 
bir necha o‗n mingtaga etadi. Sho‗rlangan tuproqlarda chig‗anoqli 
amyobalar tuproqning bir muncha kam sho‗rlangan oraliq (V) qatlamida, 
sho‗rlanmagan tuproqlarda ustki (A) qatlamda uchraydi. Chig‗anoqli 
amyobalar bir hujayralilar suksessiyasi jarayonida xivchinlilar, amyobalar 
va infuzoriyalardan keyingi o‗rinda turadi. 
2.4. Xivchinlilar sinfi (Mastigophora, Flagellata. 
Xivchinlilar sinfiga mansub bo‗lgan hayvonlarda qilga o‗xshash 
xivchinlilarning mavjudligi va shu xivchinlari yordamida harakat qiladi. 
Ularning tanasi qattiq pelikula qobiq bilan qoplangan bo‗lib doimiy 
shaklga ega. Xivchinlilarni oziqlanish usuliga binoan o‗simlik va hayvon 
xivchinlilarga ajratish mumkin. O‗simlik xivchinlilar yashil o‗simliklar 
kabi fotosintez qilish xususiyatiga ega. Ularning hujayrasida xlororfil 
pigmentli orgonoidlar xromotoforlar bo‗ladi. Tuproqda yashil rangli 
Euglena viridius- evglena, yashil rangli Chlamydomonas- xlamidomanada, 
qo‗ng‗ir rangli Cryptomonas- kriptomonada, sarg‗ish rangli Ochromonas
oxromonoda kabilar uchraydi. Ayrim yashil xivchinlilar (evglena) 
qorong‗ida xlorofil pigmentini yo‗qotib, rangsizlanadi va osmotrof (suvda 
yerigan moddalarni tanasi orqali shimib olish) oziqlanishiga o‗tadi. Bunday 
hayvonlar aralash oziqlanadigan 
(miksotroflar) 
deyiladi. 
Hayvon 
xivchinlilar (zoomastigalar) rangsiz 


32 
bo‗lib, haqiqiy hayvonlardek tayyor ozuqa bilan getyeratrof usulda 
oziqlanadi. Ular osmotrof va golozoy (oziq zarralarni yutish) oziqlanadigan 
Monas, Boda, Cyercomonas, Oicomonas avlodlarining turlaridir. Tuproqda 
yashovchi xivchinlilar juda mayda bo‗lib, ayrim turlarining uzunligi 2-4 
mkm ni tashqil etadi. Ular tuproq biomassasining hosil bo‗lishida muhim 
o‗rin tutadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling