28
biotasi tarkibiga kiruvchi hayvolar juda xilma xil bo‗lib ular katta-
kichikligi, tuproq bilan bog‗lanish darajasi,
oziqlanish usuli va boshqa
xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Tuproqda yashaydigan barcha
hayvonlar tuproq faunasini tashqil etadi. Ularni katta-kichikligi bilan bir-
biridan farq qiluchi 5 ta guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh-
nonofauna juda mayda, uzunligi 5 mikron (mkm)
gacha bo‗lgan mikroskopik hayvonlardan iborat. Bu gruppaga bir hujayrali
hayvonlar soxta oyoqlilar, xivchinlilar, infuzoriyalarning
hamma turlari
hamda kanalar imillab yuruvchilar, nemotodlar,
bosh aylangichlar va
oyoqdumlilarning bir qancha vakillari kiradi. 1 m
2
tuproqdagi nanafauna
bir necha o‗n mingdan bir necha milliardgacha bo‗lishi mumkin.
Ikkinchi guruh-mikrofauna 150 mkm dan 1,3 mm gacha bo‗lgan
hayvonlar(nemotodlar, og‗izaylangichlar, kanalar, imillab yuruvchilar,
oyoqdumlilar,sinfillar) kiradi. Ularning 1mkv
dagi miqdori bir necha
mingdan, bir necha yuz mingacha etishi mumkin.
Uchinchi guruh- mezafauna tarkibiga uzunligi 1,3 mm dan 10 mm
gacha bo‗lgan hayvonlar kiradi. Mezafauna o‗rgimchaklar, ko‗poyoqlilar
hashorotlar, enxitreidlar va zaxkashlarning asosiy ko‗pchilik qismi hamda
molyuskalar, kanalar, oyoqdumlilarning bir qancha turlari kiradi. Ular 1 m
2
tuproqda o‗nlab, xatto yuzlab uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: