Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Askomisetlar xaltali zambrug‗lar, zambrug‗lar olamining eng yirik 
sinfi bo‗lib, o‗z ichiga 30000 turni oladi. Xaltali zambrug‗larning barchasi 
uchun xos bo‗lgan belgilaridan biri jinsiy ko‗payish jarayonida 8 ta 
askosporali 
xalta 
yoki 
askoning 
hosil 
bo‗lishidir. 
Sporalaridan 
askomisetlarning rivojlanish siklida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan jinsiz 
spora saqlovchi ko‗p hujayrali miseliy hosil bo‗ladi. Jinssiz sporalar 
miseliyning o‗simtalarida shakllanib, u konidiosporalar deb nomlanuvchi 
har xil tuzilishga ega bo‗ladi. Tuban xaltali zambrug‗larda, xalta 
miseliyning o‗zida hosil bo‗lsa, yuksak xaltalilarda meva tananing ichidagi 
maxsus xaltalarda hosil bo‗ladi. Xaltali zambrug‗larning meva tanasi yopiq 
(kleystoset) yuqori qismi teshikli yoki tarelkasimon tuzilishli bo‗ladi. 
Xaltali zambrug‗lardan Peziza ni go‗nglarning ustida uchratish mumkin 
bo‗lsa, o‗rmon to‗shamasi yoki o‗rmon qiyining ustida sellyulozalrni 
parchalovchi zambrug‗ Chaetomium ni uchratamiz. Askomisetlarning 
aksariati - saprofit hisoblanadi, ba‘zilari madaniy o‗simliklarda un shudrig, 
hamda olma va noklarning mog‗orlab qolish kassalligini keltirib 
chmqaradi. 
Bazidiomysetes-Bazidomisetlar yuksak darajada takomillashgan 
zamburug‗lardir. Bu zamburug‗lar bazidiy deb ataluvchi jinsiy sporalar 
hosil qiladi. Bazidosporadan rivojlangan dastlabki miseliylar uncha uzoq 
turmaydi. Miseliydagi ikkita hujayra yoki boshqa miseliydagi hujayralar 
birlashib ichidagi borliq qo‗shiladi lekin yadrolari qo‗shilmaydi natijada 
ikki yadroli hujayra dikarionlar hosil bo‗ladi. Ikki yadroli hujayralilardan 
tashqil topgan miseliy dikariofit deb yuritiladi. Dikariofit miseliy tuproqda, 
daraxtlar 
tanasida 
uzoq 
yashaydi, 
qalpoqchali 
zamburug‗larning 
miseliysidek ko‗p yillik bo‗ladi. Rivojlanishining ma‘lum davrlarida 
miseliydan 
bazidiospor 
hosil 
bo‗lib 
turadi. 
Bazidiomisetlarning 
ko‗rchiligida bazidiosporalar meva tanasining yuzasida yoki ichida bo‗ladi. 
Bazidiomisetlarning meva tanasi turli tuman bo‗lib, mikroskopik tuzilishli 
shakldan o‗lchamlari bir necha o‗n sm gacha, og‗irligi bir kg gacha va 
undan yiriklari ham uchraydi. Meva tana, g‗ovak, etdor yoki yuzasi 
qattiqlashgan hollarda bo‗larda bo‗lib qolpoqcha va oyoqchadan iborat. 


22 
Bazidiomisetlardan o‗rta mintaqa o‗rmonlarida soprofit meva tanasi 
shoxlangan butasimon sariq-zarg‗oldoq dog‗lar hosilqiluvchi zamburug‗lar 
o‗sadi. Bu zamburug‗i- qo‗ng‗ir rangli bo‗lib etdor nonga o‗xshab ketadi, 
soprofit bo‗lib qulay sharoitda tez o‗sib uylarning yog‗ochliklarini emiradi. 
Yog‗och zamburug‗lari ichida soprofitlari bo‗lib kesilgan yog‗ochlarda 
yashaydiganlar, 
o‗rmonlarning tirik yoqalroqchaliklarida parazitlik 
qiluvchilari ham mavjud. Yog‗och zambrug‗larning miseliysi daraxt 
tanasining ichida rivojlanadi, daraxtning yuzasida yog‗ochsimon meva 
tanasi bo‗lib unning quyi tomonidan sporali qatlam shakillanadi. U 
naychasimon, 
ichida 
bazidiosporali 
bazidiya 
rivojlanadi. 
Bazidiomisetlarning 
yuumshoq 
etdor 
meva 
tanasi 
ustincha 
va 
qalpoqchadan iboratdir, meva tanada sporalar joylashgan qatlam mavjud 
bo‗ladi, u gimenofor deb atalib shakli plastinkasimon, tishsimon va 
naysimon bo‗ladi. Bunday meva tanalilar dasht, adir va o‗rmon 
mintaqalarida tarqalgan, iste‘mol qilinadigan va zaharli qalpoqchali 
zambrug‗lardir.Qalpoqchali zambrug‗lardan mikoriza hosil qiluvchilari, 
o‗rmon to‗shamasida, saprofit yashovchilari, Ya‘ni o‗simlik qoldiqlarini 
parchalovchilar va parazitlari bor masalan Armillariella mellea o‗rmondagi 
ko‗pchilik daraxt turlarida parazitlik qiladi. Bazidomisetlar o‗rtasida gul-
zamburug‗ deb ataluvchi juda chiroyli qiziq turlari ham uchraydi.Bu 
gastyeromisetlar ichida bazidiyalar etiladigan yopiq tuganak, yulduz, va 
sumkacha shaklidagi yopiq meva tana hosil qiladi. Gastyeromisetlarning 
barchasi tipik tuproq soprofitlari hisoblanadi. 
Bazidomisetlar xalq xo‗jaligida katta ahamiyatga ega, ularning 
ko‗pchiliklarining meva tanalari iste‘mol qilinadi. Masalan: shampin‘on-
Agaricus bisporus, oqdasht-Boletus edulis zambrug‗i, oq qayin - 
L.scabrum. sirg‗asimon- Russula.va boshqa tur zambrug‗lar uchraydi. 
Bazidomisetlarning fitopotogenlariga qorakuya va zang zambrug‗lari kirib, 
ular g‗alladoshlar oilasiga mansub o‗simliklarda parazitlik qiladi. Zaharli 
turlardan oq pogonka- Amanita phalloides va muxomor- Amanita muscaria 
va dori-darmonlar olinadi turlari ko‗plab uchraydi. 


23 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling