Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Lichenes-Lishayniklar Lishayniklar tirik organizmlarning alohida
guruhi bo‗lib, tuban o‗simliklarga kiritiladi. Lishayniklarning tanasi(tallomi) ikkita orgaizmlarning Ya‘ni zambrug‗lar(mikobiont) va suvo‗tlar(fikobiont)ining qo‗shilishidan hosil bo‗ladi. Lishayniklarning vujudga kelishida ikki xil qarash mavjud: birinchidan lishayniklar fotosintezlovchi suv o‗tlari yoki sianobakteriyalar 25 bilan doimo hamkorlikda yashovchi zambrug‗larning alohida guruhi deb hisoblashsa, ikkinchidan lishayniklar evolyusiya davomida kelib chiqqan biolgik oragnizmlar deb qaraladi. Lishayniklarni o‗rganish natijasid shular aniqlandikim ularning tanasidagi zamrug‗lar mutaxassislashgan bo‗lib, ular tabiatda erkin holda uchramaydi. Lishaynik tanasidagi suvo‗tlar tabiatda erkin yashay olishi mumkin degan fikrlar mavjud edi, lekin yuqoridagidek lishayniklarning deyarli barcha turlarining tanasida uchraydigan suvo‗ti tabiatda erkin holda yashay olmasdan faqat u zambrug‗lar bilan simbioz holdagina yaashay olar ekan.Bunga hozirgi kunda ma‘lum bo‗lgan lishayniklar turiningdeyali yarimining tarkibga kiruvchi eng muhim fikobiont Trebouxia bo‗lib tabiatda erkin holda uchramaydi u, faqat simbioz yashar ekan. Hozirgi kunda tabiatda lishayniklarning 26000 to‗rga tafsil berilgan bo‗lib ular 400 ta avlodga birlashtiriladi. Lishaynik tanasidagi mikobiontalarning deyarli ko‗pchiligi askomisetlarga mansub bir necha turida bazidomisetlar bo‗ladi. Fikobiontlardan Ya‘ni suvo‗tlardan yashil va sariq yashil,ba‘zilarida ko‗k yashil suvo‗tlar bo‗ladi. Anatomik tuzilishga ko‗ra lishayniklar gomeomyer va getyeromyer tallomlilarga bo‗linadi. Gomeomyer tallomni ko‗ndalangiga kesib qaralganda simmetrik tuzilishli Ya‘ni yuqori va pastki qatlam o‗rtasida zambrug‗larning gifa tuzilishli miseliylaridan iborat, ikkala qavat oralig‗ida hosil bo‗lgan g‗ovak gifli qatlamda suvo‗tlarning hujayralari bir tekis tarqalgandir. Getyeromyer tallomda yuqori va quyi qavatlar zichligi va qalinligi bilan farqlanib suvo‗ti hujayralari yuqorigi qatlamda to‗plangan. Morfologik tuzilishlari bo‗yicha lishayniklar uch: quyqa, bargsimon va shoxlangan guruhlarga bo‗linadi. Undan tashqari mayda bargsimon ko‗chib yuruvchi turlari ham tuproq yuzasida uchraydi, bu tur birorta substratga yopishib olmasdan «kesakcha» ko‗rinishda bo‗lib shamol yordamida tuproq yuzasida ko‗chib yuradi. Lishayniklar tallomining oddiy bo‗linish yo‗li bilan, hamda sporalar hosil qilib ko‗payadi. Lishayniklar juda sekin o‗sadi. Ayniqsa quyqa lishayniklar yil davomida 1 mm dan 8mm o‗sadi, lishayniklar 30 dan 80 yilgacha umr kechiradi. Lishayniklar biror bir harakatlanmaydigan substrat yuzasiga yopishib 26 olib po‗stloq, kesakcha, shoxlangan ko‗rinishli holatda o‗sadi. Lishayniklar Arktikaning sovug‗iga va Qizilqumning jazirama issig‗iga chidamlidir. Lishaynik tanasidagi avtotrof komponent zambrug‗ni sintezlangan organik moddalar bilan ta‘minlaydi. Zambrug‗ har xil tuzilishli gavstoriyalar hosil qilib suvo‗ti tanasidagi organik moddani oladi, suvo‗tlarining o‗lik qoldiqlari bilan saprofit oziqlanadi, hamda suvo‗tlariga miseliylari yordamida suvni to‗playdi. Lishayniklar issiqga va qurg‗oq- chilikga juda chidamli bo‗lib juda quruq atmosferat hovosi tarkibidagi suvni o‗zlashtira oladi. Lishayniklar polifenol qatoriga kiruvchi murakkab ornganiq moddalar ajratadi. Ular lishaynik kislotalar deb atalib antibiotik xusisiyatga ega bo‗ladi. Bular orasida keng tarqalganlari- usnina, ursol, lekonor, bu kislotalarning nomi, ularni ajratadigan lishaynik turlari va avlodlar nomi bilan ataladi. Bu kislotalar kationlar bilan birikib substratlarni emiradi, undan tashqari lishayniklar o‗z substratiga fizik tasir ko‗rsatib ularni emiradi va tuproq hosil qiladi. B.B. Polinov, M.A.Glazovskaya lishayniklarnig tog‗ jinslarini emirib tuproq hosil qilishini o‗zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida ko‗rsatib bergan . N.A.Krasilnikov va shogirdlari o‗z ilmiy tadqiqot ishlarida yopishqoq lishayniklar mikroorganizimlarning yashash joy ekanligini asoslab berganlar. Lishayniklardan rang va lakmus hamda har xil hidlarni beruvchi Ya‘ni sovun va atirupalar tayyorlashda ishlatiladigan moddalar olinadi. Shoxlangan lishaynik Shimol bug‗usining asosiy ozig‗i hisoblanadi. Bug‗i yo‗sini yoki yagel deb ataluvchi shoxlangan lishaynikning 3ta turi: Cladonia alpestris- alp kladoniyasi, C. sylvatica- o‗rmon kladoniyasi, va C.rangifyerina-bug‗u kladoniyasi. Cetrarica islandica – islandiya yo‗sinidan qoramollarning em-xashaklari sifatida foydalaniladi. Tuproq biologiyasida lishayniklarning 2 ta ekologik guruhi o‗rganiladi. Tuproq yuzasida tarqalgan va tog‗ qoyalarida Ya‘ni toshlar yuzasida tarqalgan turi o‗rganiladi. Epigaey tipidagi lishayniklar, tez o‗sadigan yuksak o‗simliklar bilan raqobatlasha olmaydi, shuning uchun ular unumdor tuproq qoplamida kam uchraydi. Epigeylar asosan cho‗l va tundra mintaqalarida uchraydi: ochiq maydonlarda 27 epigeylardan Peltigyera canina-it peltigyerasi, Cetraria islandica- islandiya moxi,Cladonia -kladoniy ko‗plab tarqalgan bo‗lsa quruq dasht cho‗l va tog‗ qoyalarida ko‗chib yuruvchi lishayniklardan, Aspicilia esculenta-manna lishaynik, Parmelia vagans-chalg‗ituvchi parmeliya, Cornicularia steppae- dasht karnikulariyasi. O‗rmonlarda lishayniklarning Cladonia va Peltigyera avlodiga mansub turlari keng tarqalgan. Toshlar va qoyalar yuzasida o‗sadigan «epilet»lardan quyka lishayniklardir. Ular orasida oxak toshli jinslarda yashovchi kalsefillar - Vyerrucarica, Gasparrinia, kalsieofoblardan Ya‘ni kremnozyomlarda yashaydigan- Lecidea, Lecanora va Rhizocarpon boshqalarni keltrishimiz mumkin.. Lishayniklar «pionyer» organizmlar bo‗lib ular yalong‗och qoyalarga o‗rnashib ularni emirib, tuproq paydo bo‗lishini boshlab berib yuksak o‗simliklarning o‗sishi uchun asos yaratadilar. Lishayniklarning qoldiqlari, o‗liklar qoya ustini, organik moddalarga boyitib tuproq hayvonlarining yashashi uchun sharoit tug‗diradi. Lishayniklar dastlabki produsentlar bo‗lib hisoblanadi. Primitiv biogeosenozning asosini shakllantirishda xizmat qiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling