Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Lumbricidae- YOmg‗ir chuvalchangi,tuproq umurqasiz hayvonlari
ichida keng tarqalganlari va yaxshi o‗rganilganlari hisoblanadi. YOmg‗ir yoqanda tuproq g‗ovakliklari suv bilan to‗lganda yer yuzasigachiqib qolganligi tufayl yomg‗ir chuvalchangi nomini olgan. YOmg‗ir chuvalchangi quyosh nuriga nisbatan manfiy fototaksisga ega bo‗lganidan yomg‗ir tinib quyosh chiqqanda darhol tuproq ichiga bekinadi. CHuvalchanglar soprobiont hayvonlar bo‗lib, turli chiriyotgan organik moddalar bilan okziqlanadi. Ularning ichagidagi har xil bakteriyalar yordamida gumus hosil qilinadi. Ichakdagi polimyerizasiya jarayoni hisobiga organik moddalarning parchalanish maxsulotidan gumin kislotalari hosil bo‗ladi. Bu kislotalar mineral kompanetlar bilan birgalikda orgona - mineral kompleks birikmalar hosil qiladi. YOmg‗ir chuvalchanglarininig jig‗ildonida joylashgan bezlar ajratib chiqaradigan maxsus moddalar tuproqninig kislotaliligini neytrallab, tuproqning kimyoviy tarkibiga ta‘sir ko‗rsatadi. CHuvalchanglar tuproqni ichagi orqali o‗tqazib mayda donodor kaprolitlar holida chiqaradi. Kaprolitlar suvda ezilmaydi. Namni 37 yaxshi shimadi. Ularning tarkibida 10-15%, gumus bo‗ladi. YOmg‗ir chuvalchanglarining tarqalishiga tuproqning namligi va harorati qattiq ta‘sir ko‗rsatadi. qurg‗oqchilik yillari va tuproqda nam juda kamayib ketganida shuningdek tuproq muzlaganida chuvalchanglar ko‗plab qirilib ketadi. YUqori harorat ham ularga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Kislotali tuproqlarda chuvalchanglar kam uchraydi. Pichanzorlarda, yaylovlarda va qo‗riq dasht tuproqlarda ularning soni 7,5-12 mln/ga, biomassasi 0,5 -4,0 t/ ga teng bo‗ladi. YOmg‗ir chuvalchanglari uchta ekalogik gruppalarni hosil qiladi. 1. Tuproq yuzasida yoki to‗shamada yashaydigan gemiedafon turlari. 2. Tuproq va to‗shama (gumus) da yashaydigan turlari. 3. Tuproqning chuqur qatlamlarida in qurib yashaydigan edofan turlari. Tuproq to‗shamasida yashaydigan Dendrobata octoedra, Lumbrikus costaneus, Allolotophora eiseni kabi chuvalchanglar janubdan uzoq shimoliy xududlargacha tarqalagan bo‗lib, tayganing botqoqlashgan tuproqlarida ham yashaydi. Ularning uzunligi 6,5 sm va undan ortiq bo‗ladi. Tuproq to‗shamada yashovchi turlari tuproqning gumus qatlamida yashaydi. Ulardan Lumbrikus rubellus ancha yirik bo‗lib, 13 sm ga etadi. Inda yashovchi turlari esa ancha yirik chuvalchanglar hisoblanadi. Ularning uzunligi 25 sm va undan ham yirikroq bo‗ladi. Sug‗oriladigan yerlarda Allolobosphora caliginosa juda keng tarqalgan. U kulrang tusli, uzunligi 15 sm ga yaqin bo‗ladi. Tuproqning haydalma qatlamida 10-15 sm chuqurlikda yashaydi, yer yuziga deyarli chiqmaydi. CHuvalchang chiriyotgan ildizlar va gumus bilan oziqlanadi. qurg‗oqchilik boshlanishi bilan tuproqning chuqur qatlamlariga tushib shilimshiq moddadan iborat kapsula hosil qiladi va diapauza holatiga o‗tadi.. YOmg‗ir chuvalchanglari tuproqda juda katta ahamiyatga ega, ularning inlari tuproqni g‗ovak qilib, suv shimilishi va havo almashinishini yaxshilaydi, o‗simliklar ildiz sistemasining yaxshi o‗sishiga imkon yaratadi. Qulay sharoitda 1m 2 tuproqdagi chuvalchanglar hosil qilgan inlarning uzunligi 1 km ga, ba‘zan esa 8 km 38 ga etishi mumkun. Bir yil davomida 1 ga maydondagi chuvalchanglar 400- 600 tonna tuproqni qayta ishlab beradi. CHuvalchanglar ichagida yashaydigan ammonifakasiyalovchi bakteriyalar azotli organik moddalarni ammiakgacha minerallashtiradi. SHuning uchun yomg‗ir chuvalchanglari ko‗p bo‗lgan tuproqlarining meliorativ holati boshqa tuproqlarga nisbatan yaxshi bo‗ladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling