Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
O‘rgimchaksimonlar (Arachnoidae) sinfi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oribatei- oribatidalar
- Arachnea
2.10.
O‘rgimchaksimonlar (Arachnoidae) sinfi O‗rgimchasimonlar quriqlikda yashashga moslashgan 4 juft oyoqqa ega bo‗lgan bo‗g‗im oyoqlillar bo‗lib 70000 dan ortiq turi fanga ma‘lum. Tuproqda bu sinfning o‗rgimchaklarining vakillari yashaydi. Oribatei-oribatidalar turkumi qolqondor kanalalar ichida eng yirigi bo‗lib qalin qalqoni, va nafas olish organi traxeyasining borligi tufayli muhitning har xil 41 sharoitga chidamli. Bu ularning keng tarqalishiga va turlar soninig ko‗p bo‗lishiga olib kelgan. Oribatidalar barcha iqlimiy tuproqlarida uchraydi.Ular oyoqdumlilar singari nam o‗rmon mintaqasida o‗rmon to‗shamalarinig qatlamlarida yashaydi. Kanalar va oyoqdumlilar ekologik jihatdan soprobiont, yirtqich va o‗simlikxo‗rlarguruhiga bo‗linadi.Yirtqich kanalar oyoqdumlilar, boshqa kanalar, enxitreidlar va boshqa mayda hashoratlar bilan oziqlanadi. Qolqondor kanalar ichida zamburug‗larning gifalari, tuproq achitqilari, bakteriyalarning sporalari, o‗simliklarning changdonlari, lishayniklar va suvo‗tlarini is‘temol qiluvchi polifaglari ham uchraydi.Tuproq kanalarining vakillari, oyoqdumlilar va imillab yuruvchilar bilan birga tuproq mikrofaunasini tashqil etadi. Kanalarning tuproqdagi biomassasi 1 - 2 g/m 2 tashqil etadi. Ularning soni tuproqning mexanik tarkibiga va suv rejimiga bog‗liq. Engil va qum tuproqlarda ular tuproqning yuza qatlamida, haydaladigan yerlarda esa tuproqning haydalma qatlamida ko‗p bo‗ladi. Bo‗g‗im oyoqlilarning- o‗rgamchak,zahkash,ko‗p oyoqlilar,hashorotlar kabi boshqa turlari tuproq hayvonlarining mezafauna guruhiga kiradi. Arachnea-o‗rgimchaklar turkumi faqat quriqlikda yashovchi 20 000 dan ortiq turni o‗z ichiga oladi. Yer yuzining barcha qitqalarning quriqliklari va orllarida,tog‗ va vohlarda, cho‗l va o‗rmonlarida tarqalgan. Asosan tropik mintaqalarda keng tarqalgan masalan: Braziliyada 2500 tur, SHimoliy yarim sharlardagi Grenlandiyada 50 tur va h.z. MDH davlatlari hududida 1000 yaqin turlari uchiraydi.Ba‘zi o‗tloqlarning bir metr kvadratida 100 tagacha individlarni uchratish mumkin.O‗rgimchaklar yaylovlarda shudgorlanadigan yerlarga nisbatan ko‗p bo‗ladi.Ular o‗rgamchak iplari yordamida hovo orqali tarqaladi Ko‗pchilik o‗rgimchaklar tuproqda in qurib yashaydi. Inlari har xil chuqurlikda bo‗lib, inning og‗zini voronkasimon, naysimon yoki qopqoq shakldagi o‗rgimchak to‗ri yopib turadi O‗rta Osiyo dasht va cho‗llarida Lycosa singoriensis- biy Ya‘ni tarantul tarqalgan. Biy eng yirik o‗rgimchak bo‗li uzunligi 35-40 mm.CHo‗l va saxro zonalarida yirik, 30 smdan 1m gacha chuqurlikda vyertikal in quradi. Odatda tarantula yer osti suvlari 42 ancha chuqur joylashgan tuproqda uchraydi shuning uchun ular saxroda yer osti suvlvrining joylashishida indekator hisoblanadi. Myriapoda- Barcha ko‗p oyoqlilar quruqlik hayvonlari bo‗lib ko‗p vaqtini tuproqdagi inlarida yoki o‗simlik qoldiqlari orasida yashirin o‗tkazadi.Ularning eng kichiklarining uzunligi 1,5-2mm yirik geofillarining o‗lchami 10-15smgacha bo‗ladi. Ko‗p oyoqlilar taksonomik birlikka ko‗ra bo‗g‗imoyoqlilar-Myriapoda sinfiga kiradi. Ularning tanasi ikki –bosh va uzungavdaga bo‗linadi.Tuproqda Diplopoda-ikki juft oyoqlilar turkumidan simqurtlar,mingoyoqlilar va zirxlilar keng tarqalgan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling