Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.12. Mammalia- Sut emizuvchilar cinfi.
Hymenoptyera-Pardaqanotlilar turkimi juda xilma xil bo‗lgan
qanotli hashoratlarni o‗z ichiga oladi. Ular orasida fitofag, yirqich, parazit va nekrofaglari bor. Pardaqanotlilar orasida ayniqsa chumolilar tuproq hosil bo‗lish jarayonida katta ahamiyatga ega. N.A.Dimoning ko‗rsatishicha chumolilar 15 sm gacha qalinlikda tuproqni 8-10 yil davomida qayta ag‗darib chiqadi. Ular ayniqsa tropik va subtropik iqlimli o‗lkalarda keng tarqalgan. O‗rta Osiyoda keng tarqalgan turi bu qir chumolilaridir. U o‗simliklarning urug‗lari bilan oziqlanadi. Qum chopqir chumolisi - Cataglyphis aenescens oilasi 100-130 individlardan iborat. Bu chumoli gil soz tuproqli saxroda in qurib yashaydi. Ini tegishli tuproqdan hosil qilingan halqasimon do‗nglik bilan o‗ralgan. CHumoli 45 o‗simliklarning urug‗larini iniga tashib to‗playdi. Taqir tuproqlarda esa qora chopqir chumoli tarqalgan. CHumolilar in qazib tuproqni yumshatib, g‗ovak qiladi, tuproqning quyi mineral qatlamlarini yuqoriga ko‗tarilishiga sabab bo‗ladi. CHumolilar o‗simlik urug‗larini iniga oilb kirib tuproqni organik moddalar bilan boyitadi. Mikroorganizmlar kabi tuproqning paydo bo‗lishi va rivojlanishida bo‗g‗im oyoqlilar tipi vakillari katta ahamiyatga ega. Bular tuproqdagi organik qoldiqlarning parchalanib, mineral holatga o‗tishida ma‘lum bosqichda turadi. 2.12. Mammalia- Sut emizuvchilar cinfi. Sut emizuvchilar megafauna tarkibiga kiradi. Ulardan kemiruvchilar va ayrim hashorotxo‗rlar tuproq bilan bog‗langan. Tovushonsimonlar va yirqichlar tuproqdan in qurish uchun vaqtinchalik pana joy sifatida foydalanadi. Yirik o‗txo‗r hayvolar o‗simlik bilan oziqlanib, hazm bo‗lmagan ozuqa qoldiqlari, Ya‘ni ikkilamchi maxsulot hosil qiladi. O‗txo‗r hayvolar tuproqga mexanik ta‘sir ko‗rsatadi, o‗simliklarning mahsuldorligini oshiradi, organik moddalarning qisman minerallashishida qatnashadi. Tuproqni qazib unda doimiy hamda in qurib yashovchi hayvolar tuproqga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Bu hayvonlarning faoliyati tufayli juda ko‗p tuproq massasi bir joydan ikkinchi joyga ko‗chadi. Tuproqning o‗ziga xos tuzilishi va uning kesmasi hamda o‗sha joyning relefi o‗zgaradi. Kemiruvchilar sut emizuvchilar orasida eng ko‗p sonli turlarga ega bo‗lganturkum bo‗lib bularga-sichqon, kalamush, tovushqon, ondatra, yumronqoziq, va boshqa hayvonlar kiradi. Ular o‗simliklarning urug‗, poyalari, tuganaklari, piyozboshlari, ildizpoyalari va barglari bilan oziqlanadi, ularning ko‗pchiliklari tuproq ostida oziq moddalarni zahira holda to‗playdi. Bu hayvonlarning ba‘zilari is‘temol qilingan oziqasining bir qismini hazim qilmagan holda muhitga qaytaradi, masalan yumronqoziq 12%, xomyak 25%.Ularning ko‗pchilik turlari tuproqda yashaydi, lekin ozuqa qidirib tuproqning yuzasiga chiqadi. Kemiruvchilar fitofaglar, ko‗pchiligi o‗z inlarida ozuqa g‗amlaydi va tuproqni ekskrementlar bilan boyitadi. 46 Bizning saharoli va chala saxro tuproqlarimizda yumronqoziq, qo‗shoyoq va qumsichqonlar ancha muhim ahamiyatga ega. Bu hayvonlarning siydigi ta‘sirida tuproqning ishqoriy xususiyati ortadi, inlaridagi tuproqqa suvda yeriydigan tuzlar, ayniqsa bikarbonatlar ko‗p shimilgan bo‗ladi. Sut emizuvchilar in yoki pana joy qurishi bilan tuproqdagi o‗simliklarga hamda tuproqning mexanik va kimyoviy xususiyatlariga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling