Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


 Mikroorganizmlarning klassifikasiyasi, morfologiyasi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

3.4. Mikroorganizmlarning klassifikasiyasi, morfologiyasi 
tuzilishi va ko‘payishi 
Mikroorganizmlar yer yuzida juda ko‗p va keng tarqalgan. 
Mikroorganizmlarning ko‗pchiligi bir hujayralidir. Bakteriya hujayrasi 
tashqi muhtdan hujayra po‗sti, bazan esa faqat sitoplazmatik membrana 
bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra 
tuzilishiga qarab organizmlarning ikki tipi mavjud. Bular eukariot va 
prokariot hujayrali organizmlar. 
Yadro apparati sodda (diffuz holdagi yadroga ega) bo‗lgan 
mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi. Eukariotlarga zamburug‗lar, suv 
o‗tlari, sodda hayvonlar – protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va 
ko‗k-yashil suv o‗tlari (sianobakteriyalar) kiradi. Eukariot hujayrada yadro 
va unda 1-2 yadrocha, xromasomalar (DNK, oqsil), mitoxondriy, fotosintez 
jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari 
mavjuddir. 
Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara 
yo‗q yadro membranasi bo‗lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega 
emas. Shuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga 
oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas. 
Mikroorganizmlar bizning planetamizda birinchi tirik mavjudodlar 
bo‗lishgan. Uch milliard yilga yaqin davr oldin ular yerning qadimiy 
qobig‗i – mikroorganizmosfyerani tashqil qilishgan. Bularning biomasasi 
o‗simlik va hayvonlarning summar biomassasidan ortiq bo‗ladi. 


58 
3.5. Mikrorganizmlar sistemktikasi 
Zamonaviy klassifikasiya mikroorganizmlarni atroflicha o‗rganib, 
ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqozo etadi. Buning uchun 
mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologo — 
biokimyoviy 
xususiyatlari, 
mikroorganizmlar 
yuzaga 
keltiradigan 
jarayonlarini bilish zarur bo‗lib ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib 
olinadi: 
1. 
SHakli va o‗lchami; 
2. 
Harakati (xivchinlarining bor — yo‗qligi va joylanishi); 
3. 
Kapsulasi; 
4. 
Endospora hosil qilishi; 
5. 
Gram usulida bo‗yalishi; 
6. 
Modda almashinishi; 
7. 
Energiya olish; 
8. 
Tashqi muhtni o‗zgartirishi; 
9. 
Tashqi muhtning mikroorganizmga tasiri. 
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada 
chuqurroq bilishni talab etdi. SHu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy 
hisoblangan bo‗lsa, endi genotip xususiyatlarini ham o‗rganish kerak 
bo‗ldi. 
Mikroorganizm xususiyatlari aniq o‗rganilgandan so‗ng, unga K. 
Linney taklif qilgan binominal nomenklatura talabi kabi ikki lotin 
atamasidan tashqil topgan ilmiy nom beriladi. 
Birinchi atama — avlod nomini belgilab, mikroorganizm 
morfologiyasi yoki fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf etgan olimning 
ismi-sharifi yoki ajratib olingan muhtni ifodalaydi. 
Ikkinchi 
so‗z 
esa 
kichik 
harfda 
yozilib 
mikroorganizmni 
koloniyasining rangi, kelib — chiqish manbaini, yoki shu mikroorganizm 
yuzaga keltiradigan jarayon yoki kasallikni yoki boshqa farqlovchi 
belgilarni bildiradi. Masalan, Basillus albus. Birinchi so‗z — Basillus - 
spora hosil qiluvchi tayoqcha, Gram musbat kabi 


59 
xususiyatlarni anglasaa, ikkinchi so‗z - albus - koloniya rangining oq 
ekanligini bildiradi (albus- oq). 
Mikroorganizmlarga 1980 yil 1 yanvarda Halqaro bakteriya 
nomenklaturasi kodeksi koidalariga asosan nom beriladigan bo‗ldi. 
Mikroorganizmlarni yaqin belgilariga qarab guruhlash uchun tur (species), 
avlod (genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (klassis), bo‗lim (divisio), 
saltanat yoki olam (regnum) kabi taksonomiya kategoriyalari ishlatiladi. 
Tur deb, fenotipik o‗xshashlikga ega bo‗lgan bir genotipga mansub 
individlar yig‗indisini bildiruvchi taksonomik birlikga aytiladi. Ular kichik 
tur va variantlarga bo‗linadi. 
Mikrobiologiyada shtamm va klon kabi terminlar ham ishlatilib 
shtamm deganda har xil tabiiy muhitdan (suv havzasi, tuproq va hokazo) 
yoki bir muhitdan har xil muddatda ajratilgan yoki har xil ekologik muhit 
yoki 
geografik 
xududdan 
ajratib 
olingan 
bir 
to‗rga 
kiruvchi 
mikroorganizmlar guruhi tushuniladi. 
Klon — bir hujayradan olingan mikroorganizm kulturasidir. 
Bir to‗rga kiruvchi individlarning to‗plami — (populyasiyasi) toza 
kultura deyiladi. Mikrobiologiya, mikroorganizmlar evolyusiyasi va 
filogeniyasi haqida malumot etarli bo‗lmaganligi sababli, yuqori 
o‗simliklar va hayvonlar singari, tabiiy sistematikaga ega emas. 
SHuning uchun ham, mikroorganizmlarni sistematikasi suniy bo‗lib 
mikroorganizmlarni tashhis qilish va ularni identifikasiya qilish uchun 
xizmat 
tayoqcha- 
aniqlagich 
vazifasini 
bajardi. 
Quyida 
biz, 
D.X.Beyrigkning 1984 yilda 9 martda nashr etilgan "Bakteriyalar 
aniqlagichi" da keltirilgan eng muhim mikroorganizmlarining qisqacha 
tavsifini Mishustin (1987) tarifi bo‗yicha keltiramiz. 
Aniqlagichda 
jami 
mikroorganizmlar 
Procariotae 
dunyosiga 
birlashtirilib, u o‗z navbatida to‗rt bo‗limga, bo‗limlar esa sinflarga, 
tartiblarga, oilalarga, avlodlarga va turlarga bo‗linadi. 


60 
Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining boryo‗qligi va ularning 
turiga qarab bo‗limlarga, sinf va undan mayda (kichik) taksonomik 
birliklar esa mikroorganizmlarning morfologiya, fiziologo — biokimyoviy 
belgilari yig‗indisiga qarab bo‗lingan. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling