Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Mikroorganizmlarining havoda tarqalishi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.14. Mikroorganizmlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Mikroorganizmlarining havoda tarqalishi. Havo mikroorganizmlar
rivojlanishi uchun to‗g‗ri kelmaydigan muhit hisoblanadi. Mikroorganizmlar faqat 99 chang bilan havoga ko‗tariladi va erga qaytib tushadi. Agar ular havodan tez qaytib tushmasa, quyosh nuri ta‘sirida halok bo‗ladi. Shuning uchun havo mikroflorasi kam va tasodifan bo‗ladi. Havo mikroflorasi tekshirilayotgan havo qatlami ostidagi tuproq mikroflorasiga bog‗liq bo‗ladi. Havo mikroflorasi yil fasllariga qarab ham o‗zgarib turadi. Qishda va bahorda havoda mikroorganizmlar kam bo‗ladi, chunki qishda qor ostidan mikroblar havoga ko‗tarila olmaydi. Bahorda esa yomg‗ir ko‗p yog‗ib, chang havoga ko‗tarilmaydi. Yozda esa havoda mikrob ko‗p bo‗ladi. Yozda tuproq quruq bo‗lib mikroblar chang bilan havoga ko‗tariladi. 3.14. Mikroorganizmlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar va ularning faoliyati va massasi bilan tuproq hosildorligini belgilashda asosiy rol o‗ynashi aniq bo‗lib qoldi. Shunday ekan, xar xil qishloq xo‗jaligi tizimida, tuproq hosildorligini oshirish va saqlab turish, bu jarayonni boshqarish ko‗p ma‘noda tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarni boshqarish bilan uzviy bog‗liq. Qishloq xo‗jalik ekinlaridan unumli hosil olish jarayonini va tuproqdagi kechadigan mikrobiokimyoviy jarayonlarni boshqarish qishloq xo‗jalik fanlarida yangi yo‗nalish-tuproq biotexnologiyasining paydo bo‗lishiga olib keldi. Bu yo‗nalish tuproq sharoitidagi mikroorganizmlar tarkibini o‗rganish va boshqarish muommalariga asoslangan bo‗lib, mikroorganizmlar faoliyatini boshqarish va ular tomonidan olib borilayotgan metobolitik reaksiyalarni, qishloq xo‗jalik ekinlari hosildorligini oshirishga yo‗naltirishni taqoza etadi.Tuproq biotexnologiyasi asosida mikroorganizmlar faoliyatidan to‗g‗ri va oqilona foydalanish orqali tuproq unimdorligini oshirish, yuqori sifatli va mo‗l mahsulot etkazish mumkin. Mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati o‗z navbatida o‗zimlikning ildizdan oziqlanish sharoitini va uning o‗sishi, rivojlanishi hamda hosildorligini belgilab beradi. Xuddi mana shuning o‗zi mikrobli preparatlarga zarurat tug‗diradi va foydali 100 mikroorganizmlar asosida, bakterial o‗g‗itli preparatlar tayyorlash texologiyasini yaratdi. Bakteriologik o‗g‗itlar tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarga va mikroorganizmlarga kuchli tasir ko‗rsatadigan faktorlardan hisoblanadi. Birinchi marta ―nitrogin‖ deb ataladigan tuganak bakteriyalardan iborat bakterial o‗g‗it 1896 yilda Germaniyada F.Nobbe va L.Giltner tomonidan qo‗llanildi.1906 yilda Angliyada V.Bottomley ―nitragin‖ ishlab chiqara boshladi.1967 yilda Amerikalik olimlar F.Garrison va B.Barlou tuganak bakteriyani ―nitrokultura‖ deb atadi. 1967 yilda Rossiyada L.T.Budinov ―nitrogin‖ deb ataluvchi o‗g‗it ishlab chiqdi. Hozirgi kunda nitorgin, azotobakterin, fosforobakterin, AMB va boshqa ko‗plab bakterial o‗g‗itlar ishlab chiqilmoqda.Turli dukkakli o‗simliklarning urug‗lari ekishdan oldin nitrogin bilan ishlov berilsa (1-ga etadigan urug‗ uchun 5-10g. nitrogin kerak), ekinlarning hosildorligi o‗rta hisobda 10-15% ortadi. Nitrogin tarkibida faol tuganak bakterialar bo‗ladi, ular ko‗plab atmosferat azotini o‗zlashtirib tuproqda to‗playdi, hosilni oshiradi, mahsulotning sifati ortadi, ko‗p miqdorda oqsil aminokislotalar, B guruhiga kiruvchi vitaminlar sintezlaydi. Nitrogin bakterial o‗g‗iti torfli, tuproqli, agar-agarli aralashmalar va suyuq holda ishlab chiqariladi. MDH davlatlarida nitraginning tuproqli aralashmasi ishlab chiqariladi, uning 1 gramida mayda urug‗lar uchun 3-6 mlyardgacha yirik urug‗lar uchun 1.5-3 mlrgacha bakteriya boladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling