Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Azotafiksasiya. Azotning fiksasiyalanishi – azot aylanishining asosiy
bo‗g‗imi, bo‗lib qolgan bo‗g‗imlarning borishini boshqaradi. Mikroorganizmlar tomonidan azotning fiksasiyalanishi ahamiyati jixatidan, yashil o‗simliklarda boradigan fotosintez jarayoni bilan teng. Tabiatda mikroorganizmlar tomonidan yiliga 270 dan 330 mln. tonna azot atmosferatdan tuproqa fiksasiyalanadi shundan quruqlikda 160 – 170 mln. tonna 70 – 100 mln. tonnasi okean suvlarida bo‗ladi. Molekulyar azot – inert gaz bo‗lib uning ikki atomi uchta bog‗ bilan mustahkam bog‗lanib turadi. Ushbu bog‗ning birinchisini uzish uchun 125 kkal, ikkinchisini uchun 63 kkal va uchunchisini uchun 57 kkal energiya talab qilinadi. Azotning fiksasiyalanish jarayoni uning qaytarilish yoki elektronlarining bog‗lanishi bilan bog‗liq bo‗lib, muhitda o‗zgaruvchan elementlar titan, xrom, molibden va volfrom tuzlari bo‗lganida ancha osson boradi. Molekulyar azotning biologik fiksasiyalanishida asosan prokaroit mikroorganizmlar ishtirok etadi. Azot fiksasiyalovchi mikroorganizmlar molekulyar azotni oddiy atmosferat bosimida, hayot uchun zarur bo‗lgan normal haroratda o‗zlashtirib oladi. Azotni o‗zlashtirishida asosiy vazifani ikki molekula oqsildan iborat nitrogenaza fermenti bajaradi. Bu oqsilning birinchi molekulasida ikki atom molibden va o‗ttiz atom temir, ikkinchi molekulasida faqat temir atomi bo‗ladi. Bu erda molibden yoki vanadiy azot molekulasining faollashtiradi, temir atomlari elektronlarni tashiydi, jarayonda ishtirok etadigan ATF molibdenning tiklanishida, energi manbayi hisoblanadi. Bakteriya hujayrasida nitrogenaza fermentinning hosil bo‗lishida hujayrada mavjud bo‗lgan nif – plazmid muhim ahamiyat kasb etadi. 115 Azotofiksatorlar anaerob- klostridilar, sulfatreduksiyalovchi bakteriya, enterobakteriyalar, fotosintezlovchi anaerob spirillalar, psevdomonadalar, aktinomisetlar, ko‗k yashil suv o‗tlari kabi prokaroit organizmlardir. Azotofiksasiya jarayonining borishida juda katta energiya talab etiladi, shu tufayli azotofiksasiyalovchi mikroorganizmlar energiya manbayi bo‗lgan o‗simliklar bilan o‗zaro munosabatda bo‗ladilar. Diazotrof bakteriyalar o‗simliklar tanasining yuzasida, filloplanlar barglar yuzasida, rizoplanlar – ildiz yuzasida yoki ildiz to‗qimalariga kirib olib yashaydi. Tuganak bakteriyalar simbiontlar, o‗simlik yuzasida yashovchilari assosiantlar deb ataladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling