Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Mikroorganizmlardan oziqa, yem mahsulotlari, kimyoviy
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
3.16.
Mikroorganizmlardan oziqa, yem mahsulotlari, kimyoviy va dorivor moddalar olish Agar oziqada protein, almashinmaydigan aminakislotalar va vitaminlar me‘yor darajasidan kam bo‗lsa bunday oziqalar sifasiz, foydasiz hisoblanadi. Hozirgi paytda oziqa tarkibida hayvon organizimi uchun etarli miqdorda oqsil, aminakislotalar va vitaminlar etishmaydi. Shuning uchun oziqa tarkibiga mikroorganizmlar yordamida olingan har xil preparatlarni qo‗shish talab qilinadi. Bu hol sut miqdorini oshirish va go‗shtni ko‗paytirishga olib keladi. Keyingi yillarda mikroblar yordamida oqsil sintezini (oziqa uchun) amalga oshirish olimlar fikrini o‗ziga tortmoqda. Mikroorganizmlarni tez ko‗payishi va mahsuldorligini yuqori bo‗lishi (oliy hayvonlarga nisbatan) hisobga olinmoqda. Misol uchun achitqi zamburug‗i (drojji) ishlab chiqaruvchi zavod bir kecha–kunduzda 30 tonna massa ishlab chiqaradi, bir yilda 5,5 ming tonna oqsil bo‗ladi. Buncha miqdordagi oqsilni ishlab chiqish uchun bir necha o‗n mingta qaramol kerak bo‗ladi. Shuning uchun achitqilarni o‗stirish, ularni massasini ko‗paytirish bo‗yicha ilmiy ishlar bajarilmoqda. Hozirgi paytda sanoat chiqindilaridan foydalanib hayvonlar oziqasi uchun oqsil olinmoqda. Mikrobiologik oqsilini olishda hozirgi paytda xom – ashyo sifatida sellyuloza saqlovchi, sanoat va qishloq xo‗jaligi chiqindilari keng ishlatilmoqda. Ush bu jarayonda sillyulozani parchalovchi mikroskopik zamburug Turichodyerma viride va Penicillium avlodi vakillarining toza kulturasidan foydalanildi. Bu yo‗l bilan olingan oziqa tarkibida 30 % gacha oqsil bo‗ladi. Hozirgi kunda undan qishloq xo‗jalik hayvonlarini to‗yimli ozuqa bilan taminlash uchun bir hujayrali yashil suv o‗ti Chlorella kulturasini ko‗paytirib, ishlatilmoqda. Xlorellada oqsil kamroq bo‗lsa ham, boshqa biologik faol moddalar ko‗p bo‗ladi. Keyingi yillarda pilla qurti oziqasiga (tut bargiga) xlorella qo‗shib berish yaxshi natijalar bermoqda. 107 Ko‗pchilik mikroorganizmlar yordamida almashmaydigan aminokislotalar va vitaminlar olinib, ular oziqa sifatida ishlatiladi. Ko‗pchilik, hayvonlar uchun kerakli vitaminlar ular oziqasida etishmaydi. bular asosan vitamin B 12 karotin va B guruhiga kiruvchi vitaminlar bo‗lib, asosan parandalarni va cho‗chqalarni oziqlantirishda katta ahamiyatga ega. B 12 vitamini hozirgi paytda propion kislotali bijg‗itishni chiqaradigan bakteriyalar faoliyati natijasida olinadi. Bu bakteriyalar yordamida asosan spirt zavodi chiqindilari anaerob sharoitda bijg‗itiladi. Yosh hayvonlar oziqasiga antibiotiklar (5-10 g/tonna) qo‗shib berilganda ularni o‗sishi tezlashgan. Antibiotiklar bilan jo‗jalar oziqlantirilganda (penisillin, biomisin) ularni tirik vazini 6-15 % gacha oshgan. Hayvon va parandalarni o‗sishi va mahsuldorligini oshishini ta‘minlovchi antibiotiklar (karmogrizin, basitrasin, vitamisin, kormarin, flovomisin) Bacillus va Streptococcus avlodiga mansub bakteriyalar tomonidan hosil qilinadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling