Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Azotobakterin. Azotobakterin bakterial o‗g‗iti tarkibida azotobakter 
boladi. Bu o‗g‗itni tayyorlash uchun azotobakter agar-agarli muhitda 
o‗stiriladi, 1 gramida 40 mln azotobakter bo‗ladi. 
Bir gektar maydonga ekiladigan urug‗lar uchun azotobakterin 
o‗g‗itidan 10-15 g ishlatiladi.Azotoyuakterin MDH davlatlarida 1963 yildan 
boshlab ishlab chiqarilmoqda. Azotobakterin bo‗z va qora tuproqli erlarda 
qishloq xo‗jaligi ekinlarining xosilini 6-10% ga oshiradi.Ko‗proq sabzavot 
ekinlariga yaxshi natija beradi. 


101 
Fosforobakterin. A.A.Menkina (1935) tuproqdan fosforli organik 
birikmalardagi 
bakteriyalarni 
ajratib 
oldi. 
Bu 
bakteriya 
organik 
moddalardagi fosforni ajratib fosfot kislota xosil qiladi. Fosfat kislota esa 
o‗simlik tomonidan o‗zlashtiriladi. Ko‗pchilik tuproqlarda organik holdagi 
fosfor 28-35% gacha bo‗ladi, lekin undan o‗simlik foydalana olmaydi. 
Fosforli organik birikmalarni parchalovchi bakteriyalar 2 xil: spora xosil 
qiluvchi Bac.megatherum. Bac.phosphaticum, spora qilmaydigan Seggatra 
myercescens. Spora xosil qiladigan bakteriya vakillari o‗lchami 5-6 mkm, 
eni 1.8-2 mkm, sporasining uzunligi 1.2 eni 0.7 mkm bo‗ladi. Spora xosil 
qilmaydigan bakterialarning uzunligi 1.8-2 mkm, eni 0.5 mkm 
tayoqchasimon fakultativ bakteriyadir.Bir gektar maydon uchun zarur 
bo‗lgan urug‗lar uchun 250g fosforobakterin ishlatiladi. 
Azospirillum. J.Dobereyner o‗t o‗simliklarning rizosfyerasidan azot 
o‗zlashtiruvchi bakterialarni ajratib oldi. Bu bakterialar egilgan tayoqcha 
shaklida bo‗lib, asosan ildizning yuqori qismida rivojlanadi. Azospirilla 
yuqtirilgan o‗simlikning hosildorligi 15-30%ga oshgan. 
Ko‘k-yashil suvo‘tlari (sianobakteriya – oltingugurt bakteriyalari)
Ko‗k-yashil suvo‗tlari (sianobakteriya – oltingugurt bakteriyalari ) tuproqni 
azot 
bilan 
boyitishda 
ko‗pchilik 
mamlakatlarda 
qo‗llaniladi. 
Bu 
mikroorganizmlarni kulturasi tuproqqa solinadi, bu jarayon algolizasiya deb 
nomlangan. Algolizasiya asosan subtropik zonalarda sholipoyalarda yaxshi 
o‗rganilgan. Bu suv o‗tlari namlikni juda yaxshi ko‗radi, nam kam joylarda 
yaxshi rivojlanmaydi. Sholipoya suvlarda ko‗k-yashil suv o‗tlari uzoq 
muddat yaxshi rivojlanadi va ko‗payadi. 
Hozirgi paytda molekulyar azotni o‗zlashtiruvchi ko‗k yashil suv 
o‗tlarining 130 ga yaqin turlari aniqlangan. Bulardan, Culindrospyernum 
kuchsiz yorug‗likda yaxshi rivojlansa, Aulosira esa kuchli yorug‗likda 
yaxshi o‗sadi va rivojlanadi. Hozirgi paytda ko‗proq algolizasiya uchun 
Tolypothrix tenuis, Anabaena cylindrica va Noctoc linckia turlaridan 
foydalaniladi. 


102 
Bu suv o‗tlari tuproqqa yoki sholipoyada suvga solinganda, ko‗p 
miqdorda azot to‗playdi, molekulyar azotni (N
2
) biologik faol moddalarga 
aylantirib, tuproqni organik moddalargi boyitadi. O‗simliklarni vegetasiyasi 
davomida suv o‗tlari 50kg va undan ko‗proq azotni 1ga maydonda 
to‗playdi. 
Hindiston, Xitoy va boshqa tropik mamlakatlarda algolizasiya keng 
qo‗llaniladi va azot o‗g‗iti o‗rnini bosadi. Chunki dehqonlar uchun azot 
o‗g‗iti juda qimmat hisoblanadi 1gektar suv havzasidan uch xaftada suv 
o‗tlarini 15 tonna massasini olish mumkin. 
Janubiy iqlim sharoitida suvda o‗sadigan Azolla degan paporotnik katta 
ahamiyatga ega. Bu o‗simlik turlari ko‗k - yashil suv o‗tlarining Anabaena 
azolla degan turi bilan simbioz holda yashaydi. Azolla qo‗llanilganda 
hosildorlik sholida o‗ta yuqori bo‗lgan. Azolla vegetasiya davomida 120 
kg/ga azot to‗playdi va buning ma‘lum qismi o‗simliklar tomonidan 
foydalaniladi. Hozirgi paytda azolla ko‗pchilik Osiyo mamlakatlarida 
qo‗llaniladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling