Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Tuganak
bakteriyalar. Tuganak bakteriyalar dukkakdoshlar oilasining ildizi bilan simbiont holda yashaydi. Burchoqdoshlar oilasiga 13000 ga yaqin tur kiradi shundan 1300 (10%) turning ildizida tugunak bakteriyalar yashashi aniqlangan. Tabiatda tuganak bakteriyalarning o‗simliklar ildizidagi shishlar Ya‘ni tuganaklar ichida bo‗lishini 1866 yilda M.S.Voronin aniqlangan. M.Beyyerik 1888 yilda tuganak bakteriyalarining toza sof kulturasini ajratib oladi. Beyyerik tuganak bakteriyalarni Vacillus radieicola deb nomlagan. Hozirgi kunda barcha tuganak bakteriyalar Rhizobium avlodiga kiritilgan. Tuganak bakteriya turlarining nomi qaysi o‗simlik ildizida yashashiga qarab aytiladi. Rh. leguminosaruz – no‗xat ildizda Rh. rhascolinosuld, Rh.japonicum – soyada Rh.lupinimonun, Rh.trifoli- sebarga, Rh.melliloti – bedada va boshqalar. Tuganak bakteriya – asosan tuproq bakteriyasi hisoblanib, juda kichik harakatchan tayoqchasimon uzunligi 3mkm grammusbat bo‗lib ko‗p jixatdan psevdomonosga o‗xshab ketadi. Urug‗ unaboshlagach mo‗rtakdagi boshlang‗ich ildiz tukchalari bilan, tuganak bakteriya ta‘sirlashganda, ildiz tukchasidan muhitga lektin nomli oqsil sintezlanadi, bakteriya esa unga nisbatan polisaharid ajratadi, lektin va oqsil moddalarning o‗zaro tasirlanishi o‗simlik va bakteriya tasirida ildiz tukchasi vergilsimon bo‗lib egiladi va bakteriya hujayrasidan ajralayotgan polisaharidga javoban polugalakturunoza fermentini sintezlab o‗z qobig‗ini eritib o‗zida 116 bakteriyaning kirishi uchun yo‗l ochadi. Bakteriya shilimshiq modda ajratib va ko‗payib tukcha bo‗ylab sutkasiga 100 – 200 mkm harakatlanib ildiz hujayrasiga tushib tayoqchasimon holatdan kolbachasimon shakilga kirib bakteroidga aylanadi. Bu vaqtda ildiz to‗qimasi hujayralari tez bo‗linib ko‗payib pushti rang beruvchi legemolgabin moddasi bo‗lgan tuganakni hosil qildai. Leggemoglabin kimyoviy tarkibi jixatdan, eritrositlar ichidagi gemoglabinga yaqin turadi. Leggemoglabin tuganakda baktereoid hujayrasi bilan ildiz hujayrasi o‗rtasidagi xosil bo‗lgan bo‗shliqda joylashadi. Leggemoglabinni o‗simlik hujayrasi sintezlaydi, unga javoban bakteroid hujayrasidan protogen moddasi sintezlanib o‗simlik hujayrasi bilan bakterioid o‗rtasidagi uzluksiz aloqani xosil qiladi. Azotfiksasiyalanishining asosida azotning qaytarilishi yotadi Ya‘ni nitrogeneza fermenti ta‘sirida molekulyar azot vodorod bilan birikib ammiakni xosil qiladi keyinchalik aminokislotaga aylanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling