Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xemosintez.
Fotosintez. Fotosintez jarayonida CO
2 ning qabul qilinishi Ya‘ni o‗zlashtirilishi yoruglik energiyasi hisobiga amalga oshadi. CO 2+ H 2 O +hv+(CH 2 O) n +O 2 Fotosintezlovchilarga yuksak o‗simliklar, suvo‗tlari, purpur va ko‗k- yashil suv o‗tlari, sianabakteriyalar kiradi.Fotosintezning yuqoridagi tenglamasi, yuksak o‗simliklar, suvo‗tlar va sianabakteriyalarga xosdir. Purpur va yashil bakteriyalar fotosintez jarayonida kislorod ajratmaydi. Oxirgi ikkitasida elektron donori bo‗lib, suv molekulasi emas, qaytarilgan oltingugurt birikmasi, molekulyar vodorod yoki organik moddalar hisoblanadi. Purpur va yashil bakteriyalar anaerob sharoitida organik moddalar parchalanayotgan, botqoqlashgan, suvi turib qolgan, tarkibida vodorod sulfid ko‗p bo‗lgan chuchuk suvlarda yashaydi. Fotosintezlovchi oltingugurt bakteriyalari tuproqda juda kam uchraydi. Oltingugurt bakteriyalar tuproqda juda kam uchraydi. Oltingugurt bakteriyalarga kirmaydigan purupr bakteriyalardan Rhodomicrobium tuproqda tarqalgandir. Oltinggugurt bakteriyalari guruhidan bo‗lmagan bakteriyalar anaerob fotosintezlovchilar bo‗lib elektron donori sifatida 120 organik moddalardan foydalanadilar. Ular organik substratlarni fotoassimilyasiya qilish qobiliyatiga egadirlar. Bu mikroorganizmlar eng qadimgi fotosintezlovchilardir. Fotosintez jarayoni evolyusiyasining ikkinchi etapi bu getyerotrof oltingugurt bakteriyalari bo‗lib, keyinchalik ular CO 2 ning qaytarilishi uchun elektron donori bo‗lib, suv molekulasidan foydalanilib, erkin kislorodni ajratadi. Fotosintezning bu shakli tufayli quruqlikda yuksak o‗simliklar dengiz va okeanlarda suv o‗tlarining hukmron bo‗lishiga olib keldi. Barcha avtotrof organizmlarda CO 2 ning fiksasiyalanishi Kalvin sikli nomi bilan ataluvchi murakkab mexanizm asosida boradi. Xemosintez. Xemosintez jaroyonida karbonat angidridning o‗zlashtirilishi tashqi anorganik moddaning oksidlanishidan hosil bo‗lgan elektron hisobiga boradi. Ushbu jarayon o‗tgan asrning oxirida rus olimi S.N. Vinogradskiy tomonidan ta‘riflanib anorgooksidasiya jarayoni deb ataladi. Xemoavtotroflovchi organizmlarga bakteriyalar kiradi. Nitrifikatorlar, karboksidobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari, sianabakteriyalar, temir bakteriyalari va vodorod bakteriyalari xemosintezlovchi organizmlar bo‗lib hisoblanadi. Ular oksidlanadigan substratlarning Ya‘ni: NH 3 , CO, H 2 S, S , Fe va H 2 nomlari bilan ataladi. Bular ichida obligat va fakultativ xemoavtotroflar uchraydi. Fakultativ xemoavtotroflarga karboksidobakteriya bilan vodorod bakteriyasi kiradi. Bu organizmlar karbonat angidridni o‗zlashtirishda, organik modda bo‗lmaganida CO 2 va vodorodning oksidlanishi natijasida hosil bo‗lgan energiyadan foydalanadi, organik modda bo‗lganida esa oziqlanishning getyerotrof fiksasiyasiga o‗tadi. Fotosintez va xemosintez jarayonida, uglerodning asosiy manbai bo‗lib, ko‗mir kislotasi hisoblanib, CO 2 geterotrof usulda o‗zlashtirilib, tayyor uglerod bog‗lariga birikadi. Mikroorganizmlarda kechadigan geterotrof jarayonini dastlab A.F. Lebedov tomonidan aniqlandi. Bu jarayonda karbonat angidridning akseptori bo‗lib turli organik kislotalar ko‗pincha pirouzum kislotasi hisoblanadi. CH 3 - COCOOH - CO 2 + COOHCH 2- COCOOH Otquloq sirka kislotasi 121 Mikroorganizmlarning 10 % dan ko‗proq biomassasi CO 2 hisobidan hosil bo‗ladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling