Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Metan hosil bo‘lishi. Metanning biologik yo‗l bilan, hosil bo‗lishi
botqoqliklarda ko‗llarining il yotqiziqlarida kavsh qaytaruvchi hayvonlarninig shirdonlarida CO 2 va bir atomli uglerod birikmalarining metanli bijg‗ishi natijasida bo‗ladi. Tuproqda metan hosil bo‗lishining dastlabki bosqichi organik moddalarning anaerob sharoitida vadorod ajralib parchalanishi natijasida bo‗ladi. Metan hosil qiluvchi mikroorganizmlar ikkilamchi anaeroblar hisoblanadi, chunki ular boshqa anaeroblar tamonidan hosil qilingan moddalarni qayta ishlaydilar. Metan asetatdan yoki CO 2 va CO chumoli kislotasi va metanollarning vadorod bilan qaytarilishi natijasida quyidagi: CO 2 +4H 2- -CN 4 +2H 2 O sxema asosida hosil bo‗ladi. Tabiatdagi metanning 1/3 qismi CO 2 ning qaytarilishi tufayli hosil bo‗ladi. Metanli bijg‗ij jarayonini qo‗zg‗atuvchilardan Methanosarcina barkeri keng tarqalgan. Metan hosil qiluvchi bakteriyalar geterogen bo‗lib ular sharsimon, tayoqchasimon, spirallar va sarsinalardir. Metan hosil qiluvchi barcha bakteriyalar prokariot organizmlar bo‗lib arxebakteriyalar kenja olamiga mansubdir. Metanning oksidlanishi biologik jarayon bo‗lib u metonegenez xududlarda neft va gaz konlarida o‗ta nam tuproq va botqoqliklarning yuzasida bo‗ladi. Anaerob qatlamda hosil bo‗lgan metanni yuqori qatlamda joylashgan oksidlovchi bakteriyalar CO 2 gacha oksidlaydi. CH 4 -CH 3 OH CHOH – HCOOH CO 2 Metanni oksidlovchi organizmlar metilotroflar nomi bilan ataladi. Bu organizmlar ichida obligatlar bo‗lib ular uglerod manbai sifatida metanni yoki uning hosilalari metanol, metilamin kabilardan foydalaniladi. Obligat mitilotroflarga Methylomonadaceae oilasining Methylomonas , Methyljcoccus va Methylosinus avlodining vakillari kiradi. 122 Fakultativ metilotroflarga prokoritlardan tashkari bir hujayrali zamburug‗lar ham uchraydi. Metilotrof achitkilar quyidagi Pichia va Hansenula avlodlarining vakillaridir. Ular ichida eng yaxshi o‗rganilgan tur Candida boidinii hisoblanadi. Atmosferatdagi korbanat angidrid mikdorining doimiy bo‗lib turishi va uning to‗ldirilish manbai, o‗simlik qoldiklarining parchalanib mineralizasiyalanib turishidir. O‗simlik qoldiklarining mikroorganizmlar tomonidan parchalanib, mineralizasiyalanib, fotosintez uchun foydalanilgan korbanat angidridning o‗rnini to‗ldirilmaganda edi , atmosferat hovosi tarkibidagi CO 2 qachonlardir tugab yerda xayot to‗xtashi lozim edi. O‗simlik to‗kimasi tarkibiga kirgan organik moddalarning murakkabligi va mikroorganizmlar tomonidan parchalanishiga ko‗ra quyidagi guruxlarga bo‗lish mumkin. 1. Suvda yeriydigan birikmalar-spirt, qand va organik kislotalar. 2.Kam eriydiganlari –gemisellyulozalar. 3. Erimaydigan –kraxmal, pektin, kletchatka, mum, yog‗lar, uglevodorodlar, qora moylar . 4. Mustahkam birikmalar –lignin . Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling