Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Silos tayyorlash. O‗simliklarni yashil massasi nam holda maxsus
xandaklarda zichlashtirilgan holda havo kirmaydigan sharoitda bijg‗itiladi. Bunday oziqa nordon ta‘mga ega bo‗lib, yumshoq, rangi qo‗ng‗ir tusli bo‗ladi. O‗simliklarni silos qilish, boshqa usulda tayyorlangan oziqalardan ustun turadi. Silos tayyorlashni 2 xil usuli mavjud: Sovuq va issiq usullar. 104 Sovuq usulda silos tayyorlanganda harorat sekin ko‗tarilib, silosni ba‘zi qavatlarida harorat 40 0 C gacha ko‗tariladi, optimal harorat esa 25- 30 0 C ni tashqil qiladi. Bu usul bilan oziqa siloslanganda o‗simlik massasi, zarur bo‗lganda maydalaniladi va tayyorlangan xandaklarga solinib to‗ldiriladi va zichlashtiriladi, havo kirmasligi uchun yaxshilab yopiladi. Issiq usul bilan silos tayyorlanganda, silos uchun tayyorlangan qurilma (xandaklar) 1-2 kun davomida o‗simlikni massasi bilan 1-1,5 metr qalinlikda sekin asta to‗ldirilib boriladi. Birinchi marta qurilmaga 1-1,5 metr qalinlikda ko‗k massa solinadi. Bu yerdagi katta hajmdagi havo ta‘sirida mikrobiologik va fermentativ jarayonlar tez rivojlanadi, buning natijasida oziqaning harorati 45-50 0 C gacha ko‗tariladi. Bundan keyin ikkinchi qavat ko‗k massa 1-1,5 metr qalinlikda qilib solinadi. Bu qavatda ham oziqani harorati ko‗tariladi. Pastki qavatni ustki qavat og‗irligi ta‘sirida zichlashishi natijasida pastki qavatdan havo siqib chiqariladi va aerob jarayonlar to‗xtaydi, harorat esa sekin–asta pasayib boradi. Shunday qilib, qurilma (xandak) ko‗k massaga qavatma–qavat to‗ldirilib, ustki qavti zichlashtiriladi va havo kirmaydigan qilib yopiladi. Bunday usul bilan silos tayyorlanganda oziqa moddalarning bir qismi yo‗qotiladi, oziqadagi oqsillarning hazm bo‗lishi keskin pasayadi. Shuning uchun issiq usul bilan silos tayyorlash asosiy usul hisoblanmaydi. Hozirgi paytda sovuq usul bilan silos tayyorlash keng joriy etilgan bo‗lib, bu usul ham qulay, ham oziqani sifati saqlanib qoladi. Silos tayyorlashda asosan kislotalarning hosil bo‗lishiga ahamiyat beriladi. O‗simlik massasidagi shakar moddalari kislota hosil qiluvchi mikroorganizmlar tomonidan bijg‗itiladi. Bu jarayon asosan sut kislotali bakteriyalar faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Bu bakteriyalar faoliyati natijasida uglevodlardan sut kislotasi va qisman sirka kislotasi ham hosil bo‗ladi. Bu kislotalar yaxshi ta‘m beradi, yaxshi hazm bo‗ladi va hayvonlarni ishtaxasini ochadi. Sut kislotali bakteriyalar oziqa pH ni 4,2 – 4 gacha pasaytiradi. 105 Oziqa tarkibida sut va sirka kislotasini to‗planishi, unda chirituvchi bakteriyalarni ko‗payishi va rivojlanishini to‗xtatadi. Chunki chirituvchi baktyeryalar muhit kislotali bo‗lsa (pH 4,5-4,7) ular rivojlanmaydi. Sut kislotali bakteryalar kislotali muhitga ancha chidamli bo‗ladi. Kislotali muhitga chidamli mog‗ar zamburug‗i aerob bo‗lib, havo kirmaydigan yaxshi yopilgan silosda ko‗paymaydi va rivojlanmaydi. Shunday qilib, silosni uzoq saqlanishi va sifatli bo‗lishi, uni havo kirmaydigan qilib yopilishi va kislotali muhitidir. Agar ba‘zi sabablarga qo‗ra oziqaning kislotaligi pasaysa uni oziqalik xususiyati bo‗ziladi, chunki unda zararli mikroblar paydo bo‗ladi. Yaxshi silos hosil bo‗lishi uchun o‗simlik massasi tarkibida uglevod miqdori yuqori bo‗lishi shart. Bunday o‗simliklarga makkajo‗xori (8-10 % oqsil, 12 % shakar) va kungaboqar (20 % oqsil, 20 % shakar) kiradi. Dukkakli o‗simliklardan silos tayorlash juda qiyin, chunki ularda shakar 3- 6 %, oqsil esa ko‗p, yani 20-40 %. Bu o‗simliklarga uglevodga boy o‗simliklardan qo‗shish kerak. Silos tayyorlanganda qisman vitaminlar yo‗qoladi. Bunday paytlarda oziqada qaysi vitamin etishmasa oziqaga sun‘iy ravishda (karotin) qo‗shish mumkin. Sovuq usul bilan silos tayyorlanganda 10-15 % gacha quruq modda yo‗qotiladi, issiq usul bilan tayyorlanganda esa 30 % va undan ko‗proq quruq modda yo‗qotiladi. Silos tayyorlashda sut kislotali bijg‗ishni chiqaruvchi bakteriyalardan Streptobactyerium lactis, Str. Thyermophlius, Streptobactyerium plantarum Lactobactyerium brevis va Betabactyerium brevis lar qatnashadi. Bu bakteriyalar fakultativ anaeroblardir. Ko‗pincha silos tayyorlashni tezlashtirish uchun bu bakteriyalarni achitqi kulturalari tayyorlanib ishlatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling