Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
6-
Bo‘lim. TUPROQ EROZIYASI. Tuproq tabiatning moddiy barqarorligini ta‘minlovchi vosita hamda qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishida asosiy manbadir. Tuproqqa ishlov berish yo‗li bilan insoniyat oziq-ovqatining 88 % ni ishlab chiqarishi mumkin. Tuproq qiymati oziq- ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom ashyo etishtirishdagi favqulodda muhim ahamiyati bilangina emas, balki quruqlikdagi barcha biogeosenozlar va umuman yer biosferasi hayotida buyuk ekologik ahamiyati ila ham belgilanadi. Ayni manbaning yuksakligini saqlash yo‗nalishida eroziyaning oldini olish choralarini qo‗llash zarur. Bu tadbir O‗zbekiston hududi uchun dolzarb chunki, haydalib dehqonchilik qilinadigan yer maydonining 40 foizidan ko‗prog‗i suv va shamol eroziyasiga chalingan. Ma‘lumotlarga ko‗ra, O‗zbekistonda foydalanish uchun yaroqli bo‗lgan 3 mln. gektardan ko‗proq lalmi yer mavjud, shulardan namlik ta‘minlangan va yarim ta‘minlangan lalmi yerlar hissasi salkam 1 mln.ga. Lalmi yerlar nisbatan qulay tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan bo‗lib, g‗alla, ozuqabop hamda boshqa ekinlardan mo‗l hosil olish imkonini beradi. Agrotexnik tadbirlar to‗g‗ri qo‗llansa don ekinlari hosildorligi gektariga 13-15 ayrim yon bag‗rli qiyalik yerlarda 20 s/ga bo‗lishi mumkin. Ma‘lumotlarga ko‗ra yer yuzasidan suv va sug‗orish eroziyasi ta‘sirida xar yili gektaridan 100-150 t tuproq, 500-800 kg gumus moddasi, 100-120 kg azot, 75-100 kg fosfor tuproq bilan yuvilib daladan chiqib ketishi aniqlangan Eroziya jarayonlari tufayli g‗o‗za, g‗alla va boshqa qishloq xo‗jalik ekinlari hosildorligi 30-50 154 foizgacha kamayadi, paxta tolasi va g‗alla sifati keskin yomonlashadi. Shuning uchun tuproqni shamol va suv eroziyasidan himoya etish hozirgi kunning hayotiy tadbirlaridan biridir. Dehqonchilik jadal yuritilayotgan sharoitda, tuproqni himoyalovchi agrotexnik tadbirlar yaratilgandagina madaniy ekinlardan barqaror va uzluksiz hosil olish mumkin. ixota daraxtzorlar va tabiiy o‗tloqlar yo‗q joylarda shamol ta‘siri bilan tuproqni ustki qismi uchirilishi natijasida uning fizik, ximik, suv, fizik xususiyatlari yomonlashadi va unumdorlik ma‘lum qadarga pasayadi. SHamol uchirgan qum va tuproqni mayda zarrachalari yosh o‗simlik nihollarini quritib, ariq zovurlarni to‗ldiradi. Ekologiyaga salbiy ta‘sir etibgina qolmay, ortiqcha sarf xarajatga olib keladi. SHuning uchun tuproqni suv va shamol eroziyasi ta‘sirida zararlanishdan saqlash faqat unumdavlat ishi bo‗lmay, balki xar bir qishloq xo‗jalik xodimlarini e‘tiborida bo‗lib chora tadbirlar ko‗rilishi zarur. Eroziya lotincha «Erosio» – so‗zidan kelib chiqib emirilish, yuvilish ma‘nosini bildiradi. Xozirgi davrda uni tuproqshunoslikda, geologiya geografiya, tibbiyot fanlarida yer po‗stining ustki qismida sodir bo‗ladigan emirilish jarayonlari deb tushntiriladi. Tuproq eroziyasi tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida emirilish, yuvilish va uchirib ketish jarayonlarga qarab suv va shamol eroziyasiga bo‗linadi. Kuchli suv oqimi ta‘siridagi emirilish, yuvilishga suv eroziyasi, kuchli shamol ta‘sirida tuproq, qum uchirib ketilishi shamol eroziyasi yoki deflyasiya deyiladi. Deflyasiya – «deflasio» lotincha so‗z bo‗lib, tuproq, qumni ustki qatlamini kuchli shamol ta‘sirida uchirilishini anglatadi. Suv eroziyasini rivoji yerlarni rel‘efiga va suv oqimiga bog‗liq. Bizning ma‘lumotlarimizga ko‗ra tuproqni emirilishi yerning qiyaligi 1,5- 2 0 Cdan oshganda boshlanadi. Shamol eroziyasi (deflyasiya) yer ustini hamma ko‗rinishlarida kuchli shamol ta‘sirida qiyalik, tekisliklarda mexanik tarkibi engil bo‗lgan tuproqlarda 12-15 m/sek tezlikda rivoj topishi mumkin. 155 Relefi notekis nishabli bo‗lgan, sug‗orib dexqonchilik qilinadigan mintaqalarda – sug‗orish (irrigasiya) eroziyasi rivojlangan. Hozirgi vaqtda suv va shamol eroziyasi jarayonlarini rivojlanishiga qarab geologik (normal) va jadallashgan eroziya turlariga bo‗linadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling