Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Tuproqning pestisidlar bilan ifloslanishi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
7.2.
Tuproqning pestisidlar bilan ifloslanishi. Pestisid (lot.pestis-maraz, caedo- o‗ldiraman) zaharli kimyoviy mddalar o‗simlik zararkunadalari va kasalliklari, begona o‗tlar, shuningdek yog‗och, paxta tolasimahsulotlari, jun, tyeri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklarini qo‗zg‗atuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy modda. Pestisidlar-qanday zararli organizimga qarshi ishlatilishi Ya‘ni qo‗llanilish ob‘ektiga qarab quydagi turlarga bo‗linadi; insektisidlar hashoratlarni qirib tashlaydigan vosita, akarasid-o‗simlik kanalariga qarshi, nemasid- o‗simlik nematodalarga, limasidlar-o‗simlik shilliq qurtlariga, rodentisidlar-kemiruvchilarga, fungisid-zamburug‗larga, bakteriosid- bakteriyalarga, gyerbisid-begona o‗tlarga qarshi ishlatiladigan zaharli kimyovi moddalardir. Pestisidlarga sintetik xamda kimiyoviy moddalar kirib, ular o‗simliklarni yovvoyi o‗tlardan, kasalliklardan, zararkunandalardan va kasalliklardan ximoya qiladi, ortiq tushganda zaxarlanish alomatini paydo kiladi. Ekin maydonlarining kengayishi, kimyoviy ishlov berish vapestisidlardan foydalanish tkengayib bodi. Pestisidlarni qo‗llab, turli zararkunadalarni va begona o‗tlarni yo‗qotish yaxshi effekt berdi. Lekin zaharli moddalarning keng qo‗llanilishi, ularning muhirt va shu jumladan, insonga ta‘sir qilishi jamoatchilikka katta xavf tug‗diradi. Muhitga tushgan pestisid bioekologik qonunlar bo‗yicha bioakkumulyasiya va biotransfarmasiya jarayoniga o‗tib, ozuqa xalqalari bo‗yicha; tuproq-o‗simlik-hayvon- inson yoki suv-fitoplankton- zooplankton-baliq-inson ozuq xalqasi bo‗yicha harakat qilishi natijasida pestisidlarning to‗planishi darajasi yuz ming marotabaga ortib boradi. Tuproq muhitidagi boshlang‗ich biologik halqada tuproq- muhit- inson tuproqda hammanarsa to‗planadi, shimiladi, parchalanadi bir shakildan ikkinchi shakilga o‗tadi Ko‗plab qo‗llaniladiga zaharli pestisidlar ta‘siri natijasida tuproq 173 o‗zini-o‗zi tozalash kabi bioedafik xislatlarini yo‗qotadi va u ham katta maydondagi zaharli, o‗lik muhitga aylanadi. Qishloq xo‗jaligida mineral o‗g‗itlar,kimyoviy moddalarning ken qo‗llanilishi tufayli tuproqda va etishtirilgan o‗simlik hamda hayvon mahsulotida, tiriklik uchun zaharli og‗ir metallar(kadmiy, qo‗rg‗oshin, simob, ftor va radionukleidlar)miqdori normadan oshib ketadi. Pestisid va mineral o‗g‗itlarni ko‗plab ishlatilishi natijasida tuproqda uchiraydigan mikroorganizmlarning soni keskin kamayadi. Toza 1 gramm tuproqda ularning soni 3-3,5mlrd.ga, yomg‗ir chuvalchanglarining soni esa 1 gektarmaydonda 5-6mln. ga etgan bo‗lsa, mineral o‗g‗it va pestisidlar ishlatishdan ularning soni 3-4 martaga kamayib ketgan. Tuproq muhitining turli moddalar bilan ifloslanishiga qaraganda pestisidlar xavfi etarli darajada va to‗la tushinib etilmagan. Bunig sababi, pestisidlar tarkibida ta‘sir qiluvchi moddlar va harxil kimyoviy preparatlar bo‗lib,E ularning mohiyatini tushinish judda murakkab. Atrof-muhitda bor pestisidlarni tahlil qilish murrakkab, qimmat, olingan ma‘lumotlarning ishonchliligi kam bo‗lgan. SHuning uchun hap hozirgi kunda pestisidlarning tuproqdagi holati, tuproqning biologik xusisiyati, tirik organizmlarga salbiy ta‘sir qilishi, zaharning tuproqda uzoq saqlanib turishi, uni zaharlashi va ifloslashi, tuprqdagi miqdorini kamaytirish muommalarini hal qilish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda ekologik muommalar inson faoliyatining turli tarmoqlaridan kelib chiqmoqda, ularni echimini topish zarur bo‗lib qolmoqda. Lekin kelib chiqayotgan ekologik vaziyatlarga ahamiyat bermaslik, kelajakda og‗ir salbiy, hottoki tabiiy ofatlarga olib kelishi mumkin. Fan-texnika rivojlanishida, xo‗jalikning turli sohalarini qayta qurishda ekologik bilim, bo‗lishi shart.Ekologik bilimlaga tayanga holda ekologik toza qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini etishtirish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling