Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


  –Bo‘lim. TUPROQNING IFLOSLANISHI VA O‘ZINI-O‘ZI


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI


–Bo‘lim. TUPROQNING IFLOSLANISHI VA O‘ZINI-O‘ZI 
TOZALASHI. 
 
7.1. 
Sug‘oriladigan tuproqlarni agroximikatlar va pestisidlar 
bilan 
ifloslanishi. 
Sug‘oriladigan tuproqlarga solinadigan agroximikatlar.Qishloq 
xo‗jaligida kimiyoviy moddalarni qo‗llashdan asosiy maqsad yerdan yuqori 
hosil olishdan iboratdir. Buning uchun turli agroximikatlaro qo‗llani ladi, 
ularga mineral o‗g‗itlar,o‗simliklarni kimiyoviy saqlash vositalari, ularning 
o‗siishini tezlashtiruvchi regulyatolrlar, tuproq tuzilishini sun‘iy 
yaxshilovchi moddalar kiradi. 
Ma‘lumki ekin maydonlarida suv, shamol eroziyasi va ayniqsa 
ekinlarning hosili bilan ko‗p miqdorda biogen elementlar, Ya‘ni 1t 
mahsulot bilan16-17 kg azot, 1-27 kg fosfor, 1-114 kg kaliy tkproqdan 
chiqib ketadi. Shuning uchun yerni o‗g‗itlash yo‗li bilan tuproqdan chiqib 
ketgan biogen elementlar qaytariladi va mahsulot hosil qilish jarayonlari 
turg‗unligi hosil qilinadi. 
Dehqonchilik tarixidan ma‘lum bo‗lishicha, ekin maydonlarini 
o‗g‗itlash bizning yeramizgacha qo‗llanilgan. Masalan, qadimgi rimliklar 
ekin maydoni relefiga qarab tekis yerlarga1/4 arava, tepalik yerlarga esa 24 
arava, go‗ng berishgan. 
Tuproqdagi kimyoviy eleientlarning ma‘lum miqdori o‗simliklar 
tanasiga o‗tadi. Juda ko‗p o‗simliklar asosan kislorod, uglerod va 
vodoroddan tashqil topgan bo‗lib, Masalan, paxta dalalaridagi g‗o‗zada 
shu uchta element paxta pishib etilish paytida uning 95% qismini tashqil 
qiladi. Ulardan tashqari g‗o‗za tanasida azot-1,4%, fosfor- 0,3%, kaliy-
1,5% hamda kalsiy, kremniy, alyuminiy, magniy, oltingugurt, natriy, temir, 
mis kabi elementlar uchraydi.Bu kimyoviy elementlar qishloq xo‗jaligi 
ekinlarining hosildorligini oshirishda muhim rol o‗ynaydi. 


169 
Ekin dalalarida ba‘zi bir mikro elementlar etishmasa, ular miqdorini 
tuproqda ko‗paytirish uchun yerga organik o‗g‗itlarni keng qo‗llash tavsiya 
etiladi. Ulardan tashqari azot, fosfor, kaliy va boshqa o‗g‗itlar ham ko‗p 
ishlatiladi. 
Azotli o‗g‗itlar o‗simlikni oziqlantiruvchi elementlardan biri 
bo‗lganligi tufayli ular dehqonchilikni kimylashtirishning asosiy o‗zagi , 
ba‘sasi hisoblanadi. Ko‗p ilmiy tadqiqotlaning ko‗rmsatishicha, yerga 
solingan azotning50% ini o‗simliklar qabkul qiladi, qolgan 50% i esa 
atmosferatga ko‗tariladi, yuvilib suv havzalariga tushib ularning 
akvatoriyasini buzadi. 
Tuprqda nitratlarning to‗planishi turli mikroorganizm larni organik 
moddalar(gumus) va yerga beriladigan organik o‗g‗itlar(go‗ng, chirindi, 
somon)ning mineralizasiyalanishidan kelib chiqadigan nitrifikasiya 
jarayonida nitratlar yuzaga keladi. Tuproqda nitratlarning ko‗plab 
to‗planishi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining ifloslanishiga olib keladi. 
Mineral o‗g‗itlar tarkibidagi azot tuproqqa va organizimlar tanasiga 
nitratlar va ularning birikmalariga aylanadi.Bunday birikmalar azotga 
nisbatan 20 marta zaharli moddalar qatoriga o‗tadi, yerda etishtirilgan 
mahsulotlarda nitratlar to‗planadi. Qovoqguldoshla oilasiga mansub 
o‗simliklarning quruq og‗irligida 9%gacha nitratlar to‗planishi aniqlangan. 
Poliz, meva –sabzavot va em-xashaklar, turli ozuqa mahsulotlarida 
to‗plangan nitratlar, ularning qoldiqlari tirik organizimlarda oshqozon- 
ichak kasalliklari va zaharlanishlarni keltirib chiqaradi. 
Qishloq xo‗jaligi ekinlaridan yuqori sifatli hosil olish va tuproqni 
kimyoviy zaharlanishdan saqlash uchun, azotli o‗g‗itlarni ishlatish 
muddalarini, me‘yorini aniqlash, zarur hollarda uning o‗rnini bosadigan 
boshqa o‗g‗ilarni ishlatish lozim. 
Tuproqdagi organik miqdorini ko‗paytirish, tuproqning biologik 
holatini saqlash, ekin maydonlaridan ekologik toza mahsulotlar olish 
uchun almashlab ekish, qisqa muddatli takroriy ekinlar ekishni joriy qilish 
zarur.Qisqa muddatli takroriy ekishda dukkakli ekinlardan keng 
foydalanish kerak.Dukkakli o‗simliklar rizosfyerasi va 
rizoplanida 
bakteriyalar bo‗lib atmosferatdagi erkin azotni o‗zlashtrib, o‗z 


170 
hujayralarida azotli organik birikmalarni hosil qiladi. Bu birikmalar 
tuproqqa o‗tib, uning biologik xusiyatlarini yazshilaydi, unimdorligini 
oshiradi. Tadqiqotlardan ma‘lumki, qulay iqlim sharoitida dukkakli 
o‗simliklar bir yil ichida har gektar yerda 100kg dan 300kg gacha va 
boshqa azot to‗plovchi erkin bakteriyalar hisobiga undan ham ko‗proq azot 
to‗playdi. 
To‗plangan 
biologik 
azot 
ammonifikasiya 
va 
nitrifikasiya 
jarayonlariga o‗tib, mineral azot shakliga aylanadi va undan o‗simliklar 
foydalanadi.Tuproqning fizik va kimyoviy xossalari ijobi tomonga 
o‗zgaradi, tuproq biotik tarkibining sifati va miqdori yaxshilanadi. 
Azotli o‗g‗itlardan foydalanishda: 1)Tuproq, suv va havodagi azotnig 
tuproqda to‗planishini hisobga olish; 2) Erkinlar o‗zlashtiradigan, lekin 
tuproqdan sekin yuviladigan azotli birikmalarni ishlatish; 3) Ekin 
maydonlariga mineral o‗g‗it berish bilan almashlab ekishni bolab olib 
borish.4) Begona o‗tlar, o‗simlik kasaliklari va zarar kunadalarning 
ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik.5) Ekin maydonlarida biologik azotni 
ko‗paytirish yo‗llarini ishlab chiqishni joriy etish. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling