Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
7.9.
Tuproq ekologik monitoringi. Tuproqning ekologik monitoringini tashqil qilish va olib borishda o‗zlashtirilgan yerlardan foydalanishning xususiyalari aniqlanadi va nazorat qilinadi. Ishlab chiqarish jarayonida yerning tabiy potensiali, tekis foydalanish, eroziya va jarliklar xosil bo‗lishi, yer ustining yuvilishi darajasi, siljishi, yomg‗ir va sel kelish natijasida loyqa bosishi, botqoq yuzaga kelishi, tuproq sho‗rlanishi va cho‗llanish holatlar aniqlanadi. Tuproq holatini boshqarish chora-tadbirlarida dexqonchilik xududlari yerlaridan omilkorlik bilan foydalanish, uning tabiy potensialini saqlashida tuproq melorativ, agrotexnik, agrokimyoviy uslublarni ishga solish va eroziyaga qarshi kurashishdan iborat. Tuproqning ekologik monitoringi quyidagi vazifalardan iborat: -Suv va shamol eroziyasi rivojlanishidan tuproq yo‗qolishini aniqlash; -Tuproqning nordon va ishqor holatlarining o‗zgarishini nazorat qilish, yerga berilayotgan mineral o‗g‗itlar miqdori ortishi va sanoat chiqindilirini ishlatish oqibatlarini aniqlash; -Tuproqning suv – tuz rejimi va suv – tuz balansining o‗zgarishlarini kuzatish; -Qishloq xo‗jalik ekinlarini tuproqdagi oziqa balansining buzilishini aniqlash, tuproqda gumus va azot – fosforning o‗simlikka tez o‗tadigan formasining yo‗qolish sabablarini topish; -Tuproqning og‗ir metallar bilan ifloslanishini nazorat qilish; atmosfera yog‗inlari bilan tushadigan va atrofdagi sanoat korxonalari hamda avtomagisterallar tasirini aniqlash va nazorat qilish; -Aholi zich joylashgan xududlar tuproqini turli ditergentlar va xo‗jalik chiqindilari bilan ifloslanishini nazorat qilish; 190 -Tuproq tuzilishi va unga o‗simliklarning ozuqa moddalari muqdori, yer osti suvlarining joylanishivi va tarkibini fasllar bo‗yicha uzoq vaqt nazorat qilish. -Gidromelorasiya sistemalar qurilishidan keyin tuproq tarkibining o‗zgarishini ekspertli baholash; -Dexqonchilikda texnologiyalarni joriy qilish va ishlab chiqarish jarayonida ekin maydonlariga yaqin qurilayotgan sanoat korxonalari va ob‘ektlar tasirini nazorat qilish; Tabiiy sharoitning ko‗p xilligi va tuproq holatiga antropogen omillarning murakkab tasiri asosida tuproqda bo‗lib o‗tadigan o‗zgarishlarni aniqlash, nazorat qilish va chora – tadbirlar ko‗rish uchun umumlashtirilgan tuproqning ekologik monitoring dasturi quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Tuproq ekologik monitoringining birinchi bosqichida: tuproq va tuproq qatlamaning holatini baholash, ularga antropogen omillarining tasir qilish kuchi, yo‗nalishi aniqlanadi, nazorat qilinadi va choralar ko‗riladi. 2. Stosionar bosqichi – tuproq parametrlari, suv, hovo, harorat rejimi, ozuqa zaxirasi, tuproq organizmlari, tuproqning fizikaviy, kimyoviy holatiga tasiri, tuproqning biologik xususiyati yaxshilanishiga olib kelishi kuzatiladi. 3. Bu bosqichda – marshurit yo‗li bilan tuproq va uning qatlami holati nazoratga olinadi, bunga yerning melorativ sistemasi, agrosistemalar; ularning tarkibi, hosildorlik darajasi aniqlanadi ―marshurit‘‘ yo‗lida muhit agroekosistema yerlarida noqulay holatlar (suv, bosish, zovurlarni o‗tbosishi, tuproq sho‗rlanishi, eroziya va boshqalar) aniqlansa, shu yerlar uchun dalolatnoma harita tuziladi, haritaga olinadi, nazorat kuchaytiriladi, muhitni yaxshilash choralari ko‗riladi. 4. Xududni tekshirish – xudud to‗la tekshiriladi, tabiiy va suniy holatlar inventrazizasiya qilinadi, kartografik haraktyeristika beriladi, yerdan to‗g‗ri foydalanish uchun takliflar beriladi. Bu bosqichda yerni haritalashtirish uslubi katta rol o‗ynaydi. 191 Tuproqning ekologik monitoriningni tashqil qilish va ish olib borishda kuzatish sistemalari parametrlari quyidagi 2 ta guruxga bo‗linadi. 1. Tuproq va tuproq qatlamining holatida sodir bo‗lgan noqulay voqeylikning belgilari umumlashtiriladi, ya‘ni tuproq biotasining holati yomonlashishi, fermentlar aktivligi, nafas olish, tuproqda azotning to‗planishi, muhitda oksidlanish, tiklanish hamda nordonlik – ishkoriylik jarayonlarini, tkproq zichligi va tuproq eritmasi minirelizasiyasi, yer osti suvlari sathining o‗zgarishlariga nazorat qilinadi. 2. Tuproqning turg‗un o‗zgarishlari, gumus miqdori va tarkibi tuproq qoplamining tuzilishi o‗simliklar ozuqa moddalarining transformasiyasi, tuproqdagi og‗ir metallar, uglevodlar va tabiiy va suniy biosenozlar mahsuldorligining o‗zgarib turishiga oid holatlar kuzatiladi 3. Tuproq xususiyatlarida yuzaga keladigan chuqur va barqaror o‗zgarishlar ko‗rsatkichlari: tuproqning zarrachaligi, kimyoviy tarkibi, tuproq qalinligi kabi ko‗rsatkichlar nazorat qilinadi. Agroekologik monitoringning asosiy komponentlaridan biri – bu o‗simliklar bo‗lib, ular vegetasiya oxiridagi hosil miqdori, sifati, biomassaning hosil bo‗lishi, barglar yuzasi, agrosenoz tuzilishi, quyosh energiyasidan foydalanish darajasi, o‗simliklar mahsuloti to‗planishi va taqsimlanishi kabi holatlar inobatga olinadi. Agrosenozlarda bunday kuzatishlarni olib borish orqali agrotexnik va agroximik tadbirlarni o‗tkazish vaqtlari aniqlanadi va xosilning etilish jarayonlari nazorat qilinadi. Qishloq xo‗jaligining intensiv rivojlanishida tuproqqa ishlov berish, dexqonchilik ekinlarini ekish, tuproqdan biogen elementlarning chiqib ketishi, ekin maydonlariga kimyoviy moddalarining ishlatilishi, zararli elementlar, og‗ir metallar qoldig‗ining tuproqda qolishi muhitning ifloslanishiga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling