Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Tuproqning mikroorganizmlar bilan ifloslanishi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Tuproqning mikroorganizmlar bilan ifloslanishi. 
Tuproqning mikroorganizimlar bilan ifloslanishi asosan tuproqqa 
mayishiy va qishloq xo‗jaligi chiqindilar, oqava suvlar hamda 
mikroorganizimli aerozolarning tashlanishi orqali bo‗ladi. Tuproqqa 
chiqindilar orqali- patogen, shartli potogen, zaharli toksin moddalar hosil 
qiluvchi va har xil kasallik qo‗zg‗atuvchi xavfli mikroorganizimlar tushadi. 
Tuproqda spor hosil qiluvchi patogen bakteriyalardan; Clostridium tetani-
stolbnyak qo‗zg‗atuvchisi, Bacillus anthracis-qutirish, Clostridium 
perfringens- yiringli yara hosil qiluvchilar yaxshi va uzoq vaqt saqlanadi. 
Bacillus thuringiensis- bakteriyali entomopatogen preparati Sibir ipak 
qurtiga va boshqa daraxt barglari bilan oziqlanuvchi zararkunada 
hashoratlarga qarshi kurashda qo‗llaniladi. Tuproqda basilla sporasi uzoq 
saqlanadi va ko‗payib, uning mikroorganizlar tarkibini o‗zgartiradi. 
7.6. 
Tuproq mikroorganizmlari va inson salomatligi. 
Tuproqda yashovchi bakteriyalar, aktinomisetlar, zamburug‗lar, 
achitqilar, suvo‗tlari, soddalar, mayda umirtqasiz hayvonlar 
vaboshqa 
mikroorganizm-lar inson sog‗ligiga har xil yo‗llar bilan ko‗p tomanlama 
ta‘sir qiladi. 
Inson sog‗ligiga tuproq mikroorganizmlari ijobiy va salbiy ta‘sir 
ko‗rsatishi mumkin. 
Ijobiy ta’siri. Inson sog‗ligi o‗simlik mahsulotlarining miqdor va 
sifat ko‗rsatkichlariga ko‗p tomonlama bog‗liq. O‗simlik mahsulotiga va 
hosilning sifatiga tuproq mikroorganizimlari ijobiy va salbiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. Odatda ijobiy ta‘siri ustunlik qiladi. 
1. 
Mikroorganizimlar 
tomonidan 
organik 
moddalarning 
mineralizasiyalanishi 
va 
o‗simliklar 
o‗zlashtiroladigan 
holatga 
o‗tkazilishi. Tabiatda uglerod, kislorod, vodorod, azot, fosfor, kaliy, 
kalsiy, magniy, temir, mikroelementlar va boshqa organik birikmalarning 
aylanishida mikroorganizmlarning ishtirok etishi. 
2. 
O‗simlikning o‗sishi va rivojlanishini stimullovchi fiziologik faol 
moddalarning hosil bo‗lishi. Auksin, gibberellin va sitokinin kabi 
gormonal 


181 
fiziologik faol moddalarni o‗simliklarning o‗zlari ham sintezlaydi, shu 
bilan birga o‗simlik ildizi atrofidagi va ildiz yuzasida yopishib yashovchi 
mikroorganizmlar tomonidan ham sintezlanadi. Bun mikroorganizmlar 
o‗simlikning o‗sishini stimullaydi. O‗simliklar tomonidan vitaminlar va 
aminokislotalar sintezlanadi, lekin o‗simlikning dastlabki o‗sish va 
rivojlanish davrida mikroorganizimlar tomonidan sintezlangan vitaminlar 
va aminokislotalar o‗simliklarga o‗tib ularning o‗sishini, ildizning yaxshi 
rivojlanishini ta‘minlaydi. 
3. 
O‗simliklar atmosferatdagi erkin azotni o‗zlashtiraolmaydi. 
Azotofiksasiya jarayonini faqat prokariotlar ya‘ni bakteriyalar va 
ko‗kyashil suvo‗tlari amalga oshiradi. Tabiiy ekosistemada etishmagan 
va sarflangan azot azotofiksasiya jarayoni orqali qoplanadi, lekin tabiiy 
ekosistemada azot taqchilligi umuman kuzatilmaydi. Azot taqchilligi
agroekositemalar uchun 
xos 
xusisiyat. 
Biologik azot
inson salomatigi uchun birmuncha xavfsiz bo‗lib nitratlarning 
to‗planishiga olib kelmaydi. 4.Antagonist 
mikroblar fitopatogen
mikroorganizmlar bilan 
ta‘sirlashib o‗simliklar 
kasallanishining oldini 
oladi. Psevdomanadalar va 
azotobaktyerlar o‗simlik 
kasaliklarini chaqaruvchi 
zamburug‗larga qarshi antibiotiklar sintezab 
ulaning o‗sishi va rivojlanishini to‗xtatib qo‗yishi fanga ma‘lum. 
5.Mikroorganizimlar tuproqqa tushgan uglevodlar ( neft, mazut, 
benzin, kerosin, surtma moylar), har xil kimyoviy tuzilishli pestisidlar, 
polimer mahsulotlar, zararli mikrogazlar, nitratla, uglerod ikki oksidlari 
hamda boshqa har xil organik va neorganik moddalardan tozalab, tuproq 
ifloslanishining oldini olib uni sog‗lomlashtiradi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling