Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


  Tuproqning o‘zini-o‘zi tozalashi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

7.7. 
Tuproqning o‘zini-o‘zi tozalashi. 
Tuproqning o‗z-o‗zini tozalashi va zararsizlantirilishining omillarini 
uch guruhga bo‗lish mumkin. 
1. 
Texnogenez mahsulotlarining olib chiqilishi va tarqalib ketishining 
jadalligini aniqlovchi omillar. 
2. 
Texnogenez mahsulotlarining zararsizlantirilishining jadalligini 
aniqlovchi omillar. 
3. 
Texnogenez yoki ular metobolitlari mahsulotlarining biosenoz 
tarkibiga o‗tib qolish jadalligini aniqlovchi omillar. Bu omillar ham o‗z 
nabatida bir qancha omillarga bo‗linadi. 
Texnogenez mahsulotlarining olib chiqilishi va tarqalib ketishining 
jadalligini aniqlovchi omillari o‗z navbatida atmosferat va tuproq 
omillariga bo‗linadi. 
Atmosferat omillari: 
a) 
yuvilish 
rejimining 
tezligi-atmosferatdan 
tushadigan 
yog‗ingarchilik miqdoriga bog‗liq; 
b) 
shamolning tezligi- esayotgan shamol tezligiga bog‗liq. 
Ushbu omillar atmosferatni tozalashni taminlaydi, yog‗ingarchilik 
qancha ko‗p bo‗lsa atmosferat shuncha yaxshi tozalanadi va atmosferatdagi 
moddalarning ko‗p qismi tuproqqa tushadi.Agar yomg‗ir yog‗ayotgan 
vaqtda shamol tursa, moddalarni 


184 
har tomonga olib ketib aynan bir joyga tushayotgan moddalar miqdorini 
kamaytiradi. Quruq shamol bo‗lganda chang to‗zonlar havoga ko‗tarilib 
atmosferatni ifloslantiradi. Shamol vaqtida atmosferatning ifloslanishi 
uning tezligiga va davomliyligiga bog‗liq. 
Tuproq omillari: 
a) 
tuproq yuzasi oqim moduli; 
b) 
yog‗ingarchilik miqdori va bo‗g‗lanish; 
v) elementar geokimyoviy jarayondagi moddalar almashinuvi; 
g) ifloslanishning tutilib qolishi. 
Bug‗lanish, yog‗ingarchilik miqdori va tuproq yuza oqimi moduli 
tuproqdan zararli moddalarning jadal chiqib ketishini taminlaydi va tuproq 
profilining yuvilish jarayonini rivojlantiradi. Tuproqning o‗z-o‗zini 
tozalashi, yog‗ingarchilikning jadalligiga, davomiyligiga va oqimning 
miqdoriga bog‗liq. Yomg‗ir davomli va o‗rtacha tezlikda yoqqanda
yog‗in suvi tuproqqa singib profilni yuvib o‗tadi va tuproqning o‗z-o‗zini 
tozalashi samarali bo‗ladi. Yomg‗ir qisq muddat tez va jadal yoqqsa yog‗in 
suvi tuproqqa shimilmasligi natijasida yuza oqim miqdori hamda tezligi 
ortib tuproq qoplamining emirilishiga olib keladi. 
Texnogenez mahsulotlarining zararsizlantirilishining jadalligini 
aniqlovchi omillar quyidagilarga bo‗linadi. 
a) 
quyosh radiasiyasining jadalligi; 
b) 
texnogenez mahsulotlari sturuturasining-harorat va 
ultirabinafsha nurlar yig‗indisi ta‘sirida buzilishi; 
v) ozon konsentrasiyasi-yashin va mamaqoldiroq miqdoriga bog‗liq; 
g) tuproq hayvonlari va mikroorganizimlari tomonidan o‗simlik 
qoldig‗i, to‗shama va dasht qiyining chirib parchalanish tezligi. 
Ijobiy harorat, quyosh radiasiyasi va uning tarkibidagi ultra binafsha 
nurlar jadalligi, ko‗p miqdorda tuproqqa tushgan organik moddalar 
sturukturasining 
buzilishini 
tezlashtiradi.Tuproqning 
ifloslantiruvchi 
organik moddalar (neft mahsulotlari, sirt aktiv moddalar, pestisidlar va 
boshqa organik chiqindilar) bilan 


185 
tozalanishi ularning chirib parchalanishida 
ishtirok etadigan
mikroorganizmlar faolligiga va muhit gidrotermik rejimining 
optimallik darajasiga bog‗liq. 
Texnogenez yoki 
ular metobolitlari mahsulotlarining biosenoz 
tarkibiga o‗tib qolish jadalligini aniqlovchi omillar: 
a) muhitning pH ko‗rsatkichi; b) muhitning oksidlanish-qaytarilish 
reaksiya sharoiti; v) tuproqning gumuslilik darajasi; g) geoximik baryer 
xaraktyeri; 
d )tuproqning mineral tarkibi; 
e) metallar migrasiyasining mavsumiy o‗zgarishi; 
j) 
ifloslantiruvchilarning atmosferatga tarqalishi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling