Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalar fakulteti


Download 0.57 Mb.
bet1/3
Sana07.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1337726
  1   2   3
Bog'liq
Ikmatullayev Doston


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
INTELLEKTUAL TIZIMLAR VA
KOMPYUTER TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

AXBOROT TIZIMLARINI MATEMATIK VA
DASTURIY TA’MINOTI YO’NALISHI
407-guruh talabasi
Ikmatullayev Dostonning
Axborot xavfsizligi fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Bankomatlar havfsizligini ta’minlash

Bajardi: Ikmatullayev Doston
Tekshirdi: Xurramov.L

SAMARQAND-2023
Re’ja

  1. To‘lov tizimlarida axborot xavfsizligi talablari

  2. Bankomat va POS-terminallarda bank kartalarini qo‘llashda xavfsizlik choralarini ko‘rish yuzasidan Markaziy bank tavsiyalari
  3. Bankomatlar parkini boshqarish

  4. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati



To‘lov tizimlarida axborot xavfsizligi talablari belgilandi
Markaziy bank boshqaruvining «To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizom «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi, «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi va «Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Norma’ning yozishicha, nizomda to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan to‘lovlar to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish, uzatish, saqlash va unga ishlov berishning barcha bosqichlarida ko‘riladigan to‘lovlar to‘g‘risidagi axborotni uzluksiz himoya qilish choralari sanab o‘tilgan. Dasturlarga va operatsion tizimga zarar yetkazilishini bartaraf etish, ularning salbiy ta'sirining oldini olish uchun quyidagi choralar ko‘rilishi lozim:
hisoblash texnikasi qurilmalari (serverlar, kompyuterlar va boshqalar), bankomat, embosser va to‘lov terminallarining (texnik imkoniyatidan kelib chiqib) ish faoliyatiga zarar yetkazuvchi kodlarni (kompyuter viruslarini) aniqlash va ularning salbiy ta'sirining oldini olish choralarini ko‘rish;
axborot tizimlarida faqat litsenziyalangan antivirus dasturidan foydalanish, ularning rusumlari aktualligi va bazalari har kuni yangilanib borilishini hamda dasturlar avtomatik tarzda ishlashini ta'minlash;
barcha elektron ma'lumotlarni Internet tarmog‘i va elektron pochta orqali kelgan antivirus dasturi orqali tekshirish.
Hujjatda to‘lov tizimlarida axborotni muhofaza qilishning kriptografik usullari qo‘llanilishi qoidalari belgilangan.

Nizomda axborotlashtirish obektlariga ruxsatsiz kirish va foydalanishni chegaralash, axborot tizimlarining axborot muhofazasini ta'minlash choralari ko‘rsatib o‘tilgan.


Hujjatda quyidagilarga qo‘yiladigan talablar belgilangan:

  • to‘lov axborotlarining maxfiyligi hamda ulardagi shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish;

  • axborot xavfsizligi xizmati;

  • axborot tizimlarida xodimlarning vakolatlarini cheklash;

  • axborot resurslari monitoringi;

  • axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq noxush hodisalarni aniqlash;

  • axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq noxush hodisalarga nisbatan ta'sir choralari va ularning sabablarini tahlil qilish;

  • bankomat, infokiosk va to‘lov terminallarini qo‘llashda axborot muhofazasini ta'minlash;

  • xavfsizlik rejimi;

  • to‘lovlarni amalga oshirish jarayonini nazorat qilish va boshqalar.

Bankomat ishlamay qolishi. Bu nega sodir boʻladi va muammoli vaziyatlarda nima qilish kerak
Bu borada maxsus koʻrsatmalar bor. Eng muhimi, bankomatni urish va uni ochishga harakat qilmaslik kerak.

Bankomatlar bilan muammolar tez-tez sodir boʻlib turadi. Baʼzida karta chiqmay qoladi, baʼzida hisobda adashiladi, baʼzida esa naqd pul berish masalasida xatolikka yoʻl qoʻyiladi.
Odatda bankomatning bank kartasini ushlab qolishining asosiy sabablari quyidagilar boʻladi:

  • pin kod ketma-ket uch marta notoʻgʻri kiritilishi natijasida

  • bank kartasi muddati tugagan (muddati oʻtgan) yoki bloklangan boʻlsa

  • bank kartasi mexanik zarar koʻrgan boʻlsa (chip zararlangan)

  • operatsiya tugaganidan keyin bank kartasini bankomatning karta rideridan 10−20 soniya ichida qaytarib olinmasa

  • bankomat qandaydir nosoz holatda boʻlsa.

Bankomat kartani qaytarmaganda odatda kerakli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan chekni chiqaradi. Uni tashlab yubormaslik, ushbu chek bank kartani qaytarib olish uchun bankka murojaat qilish kerak. Agar bankomat hech qanday chek bermagan boʻlsa, qaygʻurishga hojat yoʻq, cheksiz ham bank kartasini qaytarib olish mumkin.
Xoʻsh, bunday holatlarda nima qilish kerak?

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling