Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalar fakulteti


Amaliyotni bekor qilishga harakat qiling


Download 0.57 Mb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1337726
1   2   3
Bog'liq
Ikmatullayev Doston

Amaliyotni bekor qilishga harakat qiling
“Bekor qilish” tugmasini bosing, bir necha daqiqa kutib turing — bu vaqt davomida “texnik nosozlik” avtomatik ravishda bartaraf etilishi mumkin. Agar bankomat bank kartangizni qaytarmasa, bankomatning joylashuviga (bank ichida yoki alohida ATM punktida) qarab bank xodimiga murojaat qiling.
Bankomatga xizmat koʻrsatuvchi bankka qoʻngʻiroq qiling
Bankomatning oʻzida bank nomi va bank kartangizni qaytarib olishingiz uchun nimalar qilishingiz zarurligini tushuntirish uchun aloqa raqami haqida maʼlumotlar mavjud. Bankomat bank binosida joylashgan boʻlsa, xodimlarga murojaat qiling.
Bank kartasining qaytarilmasligi haqida telefon orqali xabar bering, bank kartasi maʼlumotlarini ayting, zarur hollarda savollarga javob bering. Bank xodimi sizga bank kartasini qaytarish uchun qayerga va qanday hujjatlar bilan murojaat qilishingiz kerakligini aytadi.
Bankomatni urish yoki uni ochishga harakat qilib, muammoni hal qilishga urinmang. Agar bunday harakatlar bilan bankomatga zarar yetkazsangiz, bank zararni qoplashni talab qiladi.
Xizmat koʻrsatuvchi bank vaziyatni oʻrganib chiqib, holat boʻyicha tushuntirish olib boradi, bank kartasini bir kun ichida qaytarib beradi, yoki bank kartasiga zarar yetgan/muddati tugagan taqdirda, oldingi karta oʻrniga yangi kartani chiqaradi.





2. Bankomat va POS-terminallarda bank kartalarini qo‘llashda xavfsizlik choralarini ko‘rish yuzasidan Markaziy bank tavsiyalari
Tavsiya etilayotgan xavfsizlik choralari maksimal darajada bank kartalaridagi jamg‘armalar saqlanishini va ruxsatsiz ishlatilishini oldini olishni ta'minlaydi.
Bankomatlarda:

  1. Bank kartasidan foydalangan holda operatsiyalarni amalga oshirish uchun bankomatni tanlashda siz yaqinda shubhali shaxslarning yo‘qligiga e'tibor berishingiz kerak. Agar bunday shaxslar bo‘lsa, siz bu yoki boshqa bankomatdan foydalanish uchun qulayroq vaqtni tanlashingiz kerak.

  2. Uchinchi shaxslarning maslahatiga quloq solmang va bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ularning yordamini qabul qilmang.

  3. Bankomatni ishlatishdan oldin uning PIN-kod teriladigan joyida va kartalarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan joyida (uyada) joylashgan dizayniga mos kelmaydigan qo‘shimcha qurilmalar (masalan, notekis o‘rnatilgan PIN-kod terish klaviaturasi) mavjudligini ko‘zdan kechiring. Agar qo‘shimcha qurilmalar mavjud bo‘lsa, bunday bankomatdan foydalanishdan voz keching va bankomatda ko‘rsatilgan telefon orqali bank xodimlariga shubhalaringiz haqida xabar bering.

  4. Bankomatga bank kartasini kiritish uchun jismoniy kuch ishlatmang. Agar bank kartasi kiritilmasa, bunday bankomatdan foydalanmang.

  5. PIN-kodni kiritayotganda yaqin atrofdagi odamlar uni ko‘rmasligi uchun klaviaturani qo‘lingiz bilan yoping.

  6. Bankomatdan naqd pul olgandan so‘ng, banknotalarni birma-bir sanang, bank kartasi qaytishini kuting va kvitansiyani oling, ularni sumkaga (hamyonga, cho‘ntakka) soling va shundan keyingina bankomatni tark eting.

  7. Bankomat tomonidan chop etilgan kvitansiyalarni ularda ko‘rsatilgan summalarni keyinchalik bank hisobvarag‘i bilan taqqoslash uchun saqlab qo‘ying.

  8. Agar bankomat to‘g‘ri ishlamasa (masalan, u uzoq vaqt kutish rejimida bo‘lsa, o‘z-o‘zidan qayta o‘chib yoqilsa), siz bunday bankomatdan foydalanmang, klaviaturadagi "Otmena" tugmachasini bosib, amaldagi operatsiyani bekor qiling va bank kartasining qaytishini kuting.

  9. Agar bank kartasi bilan operatsiyalar paytida bankomat bank kartasini qaytarib bermasa, bankomatda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali tegishli bankka murojaat qiling va holatni tushuntiring. Shuningdek, siz bank kartasini chiqargan bank bilan bog‘lanib, bank xodimining ko‘rsatmalariga amal qilishingiz kerak.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling