Samarqand davlat universiteti «mutaxassislikka kirish» fanidan
Reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) psixologik muammo sifatida
Download 17.16 Kb.
|
«mutaxassislikka kirish» fanidan 9-ma’ruza kasbiy shakllanishni-hozir.org
3. Reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) psixologik muammo sifatida
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforiyentasiya) atamasi qadim zamondan qo’llanilib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reoriyentasiya (qayta yo’llash) deb atalib, insonni yangi moslashmaga (ko’nikmaga) kasbga yo’lnaltirishni bildirib keladi. Qayta kasbga yo’llash (reoriyentasiya) o’ta insonparvarlik (gumanistik) g’oyasini kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni anglatadi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish o’rinlarining qisqarishiga olib keladi. Hozirgi zamon mehnat birjalarida reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. Maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman bo’yicha ixtisoslar yoki ixtisoslararo mutaxassislar ro’yxati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar yetishmaganligi tufayli ish bilan ta’minlash, bo’sh o’rinlarni to’ldirish bilan shug’ullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, o’rganishni taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi: 1. Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari. 2. Hissiy jabhalari va irodaviy sifatlari. 3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari. 4. Ehtiyoji, motivi, motivasiyasi, motivirovkasi. 5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati. 6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yaroqligi. 7. Iqtidori (iste’dodi), qobiliyati, salohiyati. 8. Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mahorati. 9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e’tiqodi). 10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi. 11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati. 12. Ijtimoiy yetukligi, tashkilotchilik qobiliyati. 13. Ekstrovertligi va introvertligi. 14. Yuksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi. 15. Fidoyilik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar. Reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini turmushga tatbiq etishga zarur shart-sharoit yaratadi. Inson omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini ruyobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu havas, istak-xohish ushalishga negiz vujudga keltiradi. Ko’p profilli kasb-hunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg’usini jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi. Reoriyentasiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai hisoblanib, o’zini-o’zi kashf qilishi, o’zini-o’zi boshqarishi, o’zini-o’zi tashkillashtirish, o’zini-o’zi baholash, o’zini-o’zi refleksiyalash, o’zini-o’zi identifikasiyalash kabi shaxs fazilatlarini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi. Download 17.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling