Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети


Download 2.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/96
Sana03.11.2023
Hajmi2.63 Mb.
#1741716
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи

4.6. Adsorbsiya jarayonini modellash 
Adsorbsiya - g„ovak qattiq jismlar sirti gazlar, bug„lar yoki 
suyuqliklarning yutilish jarayoni. Adsorbsion jarayonlar gazlarni 
tozalash va quritish, aralashmalarni (gaz va bug„larni) ajratish, 
erituvchilarni regeneratsiya qilish, aralashmalardan tozalash uchun keng 
qo„llaniladi. 
Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi turdagi 
adsorberlar qo„llaniladi: 
 qo„zg„almas donadorli adsorbent bilan
 harakatdagi qatlamli adsorbent bilan; 
 kaynab turgan qavat bilan. 
Sorbent yuzasida sorbatning to„planishi tufayli ularning 
xususiyatlari doimo o„zgarib turadi va shuning uchun butun adsorbsiya 
jarayoni statsionar emas. 
Adsorbsiyalangan moddaning konsentratsiyasi sorbent qatlamining 
balandligi bilan o„zgarganligi uchun moddiy va issiqlik balansi 
tenglamalarini faqat elementar hajm uchun yozish mumkin. Natijada 
matematik ifoda xususiy differensial tenglamalar sistemasidan iborat 
bo„ladi. 
Adsorbsiya jarayonini o„rganish asosida, harakatdagi faza uchun 
bo„ylama siljishni hisobga olganda diffuziya modelidan foydalanish 
mumkinligi aniqlandi, bundan tashqari harakatdagi fazada fazalar 
o„rtasida massa almashinishi amalga oshadi. Turg„un faza uchun 
matematik ifoda fazalar orasidagi massa ifodalovchi tashkil etuvchini 
o„z ichiga oladi. U holda adsorbsiya jarayonining ikki fazali matematik 
modelini quyidagicha ifodalash mumkin:

harakatdagi faza uchun material balansi tenglamasi: 

turg„un faza uchun material balansi tenglamasi: 


84 
bunda 
harakatdagi va turg„un fazalardagi komponentlar 
konsentratsiyalari. 
Boshlang„ich shartlar: da
Chegaraviy shartlar: 
da
Nazorat savollari 
1. Kimyoviy texnologiyada qo„llaniladigan asosiy massa 
almashinish jarayonlarini nomlang. 
2. Massa almashinish jarayonlari asosda qaysi fundamental 
qonunlar yotadi ? 
3. Fazaviy muvozanat nima? Fazaviy muvozanat konstantalarini 
hisoblashning qanday usullarini bilasiz? 
4. "Suyuq-bug„" muvozanatini modellashda qanday muammolar 
hal etiladi ? 
5. Suyuqlik va bug„ o„rtasidagi termodinamik muvozanat
qanday ifodalanadi? "Suyuqlik-suyuqlik" tizimida-chi ? 
6. Aralashmaning tarkibi va temperatura bilan komponentning 
faolligini bog„lovchi qanday ifodalarni bilasiz? 
7. Massa uzatish va massa berish nima? Massa uzatish va massa 
berish koeffitsiyentlari o„zaro qanday bog„langan ? 
8. Rektifikatsiya nima? 
9. Rektifikatsiya jarayonining matematik ifodalanishiga qanday 
tenglamalar kiradi ? 
10. Rektifikatsiya jarayonini modellashda dastlabki ma‟lumotlar 
va hisoblash natijasi nimadan iborat ? 
11. Nasadkali kolonkani modellash tavaqchalisidan tubdan nima 
bilan farq qiladi? 
12. Chiziqlimas 
tenglamalar 
sistemalarini 
yechishda 
qo„llaniladigan qanday sonli usullarni bilasiz? 
13. Ajratish va rektifikatsiya jarayonlari o„rtasidagi farq nima ? 
14. Absorbsiya jarayonini qanday matematik modellar tasvirlaydi? 
15. Adsorbsiya jarayonini qanday matematik modellar tasvirlaydi? 


85 

Download 2.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling