Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети
Download 2.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
4.6. Adsorbsiya jarayonini modellash
Adsorbsiya - g„ovak qattiq jismlar sirti gazlar, bug„lar yoki suyuqliklarning yutilish jarayoni. Adsorbsion jarayonlar gazlarni tozalash va quritish, aralashmalarni (gaz va bug„larni) ajratish, erituvchilarni regeneratsiya qilish, aralashmalardan tozalash uchun keng qo„llaniladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi turdagi adsorberlar qo„llaniladi: qo„zg„almas donadorli adsorbent bilan; harakatdagi qatlamli adsorbent bilan; kaynab turgan qavat bilan. Sorbent yuzasida sorbatning to„planishi tufayli ularning xususiyatlari doimo o„zgarib turadi va shuning uchun butun adsorbsiya jarayoni statsionar emas. Adsorbsiyalangan moddaning konsentratsiyasi sorbent qatlamining balandligi bilan o„zgarganligi uchun moddiy va issiqlik balansi tenglamalarini faqat elementar hajm uchun yozish mumkin. Natijada matematik ifoda xususiy differensial tenglamalar sistemasidan iborat bo„ladi. Adsorbsiya jarayonini o„rganish asosida, harakatdagi faza uchun bo„ylama siljishni hisobga olganda diffuziya modelidan foydalanish mumkinligi aniqlandi, bundan tashqari harakatdagi fazada fazalar o„rtasida massa almashinishi amalga oshadi. Turg„un faza uchun matematik ifoda fazalar orasidagi massa ifodalovchi tashkil etuvchini o„z ichiga oladi. U holda adsorbsiya jarayonining ikki fazali matematik modelini quyidagicha ifodalash mumkin: harakatdagi faza uchun material balansi tenglamasi: turg„un faza uchun material balansi tenglamasi: 84 bunda harakatdagi va turg„un fazalardagi komponentlar konsentratsiyalari. Boshlang„ich shartlar: da Chegaraviy shartlar: da Nazorat savollari 1. Kimyoviy texnologiyada qo„llaniladigan asosiy massa almashinish jarayonlarini nomlang. 2. Massa almashinish jarayonlari asosda qaysi fundamental qonunlar yotadi ? 3. Fazaviy muvozanat nima? Fazaviy muvozanat konstantalarini hisoblashning qanday usullarini bilasiz? 4. "Suyuq-bug„" muvozanatini modellashda qanday muammolar hal etiladi ? 5. Suyuqlik va bug„ o„rtasidagi termodinamik muvozanat qanday ifodalanadi? "Suyuqlik-suyuqlik" tizimida-chi ? 6. Aralashmaning tarkibi va temperatura bilan komponentning faolligini bog„lovchi qanday ifodalarni bilasiz? 7. Massa uzatish va massa berish nima? Massa uzatish va massa berish koeffitsiyentlari o„zaro qanday bog„langan ? 8. Rektifikatsiya nima? 9. Rektifikatsiya jarayonining matematik ifodalanishiga qanday tenglamalar kiradi ? 10. Rektifikatsiya jarayonini modellashda dastlabki ma‟lumotlar va hisoblash natijasi nimadan iborat ? 11. Nasadkali kolonkani modellash tavaqchalisidan tubdan nima bilan farq qiladi? 12. Chiziqlimas tenglamalar sistemalarini yechishda qo„llaniladigan qanday sonli usullarni bilasiz? 13. Ajratish va rektifikatsiya jarayonlari o„rtasidagi farq nima ? 14. Absorbsiya jarayonini qanday matematik modellar tasvirlaydi? 15. Adsorbsiya jarayonini qanday matematik modellar tasvirlaydi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling