Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi
Download 1.83 Mb.
|
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- § 4. Konflikt funksiyalari Konfliktning ijtimoiy roli va funksiyasi.
- Moddiy funksiyalar
Ziddiyatlar darajasi. Ziddiyatlarning «obyektivligi» va «subyektivligi»ni ularning ikki xil darajadagi manfaatlar bilan bog’liqligini e’tiborga olganda turli nuqtai nazardan tushunish mumkin. Sodda kilib aytganda bunday bo’lish u yoki bu tashqi faoliyatdagi ehtiyojlar bilan yoki mustaqillikka, o’z-o’zini saqlab qolishga, o’z-o’zini hurmat qilinishiga bo’lgan ehtiyojlari bilan bog’liq.
Odamlar o’rtasidagi jiddiy to’qnashuvga qator holatlar sabab bo’lishi mumkin,masalan, ikki odam restoranda bitta stolga da’vo qiladi, urushlar ikki davlatning biror hududda o’z ta’sirini saqlab qolish yoki birining ikkinchisi ustidan hukmronligini o’rnatish, o’z mustamlakasiga aylantirishga bo’lgan intilishidan kelib chiqadi. Yuqoridagi ikki holatda mohiyat bo’yicha turli darajadagi manfaatlar to’qnashadi. Birinchi holatda har qaysi subyekt o’zining xususiy manfaatidan kelib chiqib, o’ziga halaqit berayotgan boshqa subyekt bilan kurashadi. Ikkinchi holatda ozodlik, daxlsizlik, asosiy huquqlarni hurmat qilinishini saqlash bilan bog’liq motivlar ahamiyatli. Inson uchun muhimrog’i bu uning individual erkinligi, jismoniy daxlsizligi, sha’ni va qadr-qimmati bo’lsa; davlat yoki millat uchun esa, mustaqqilligi, hududi yoki chegarasining daxlsizligi, jahon hamjamiyatining teng huquqli subyekti sifatida tan olinishi muhimdir. Bunday manfaatlardagi ziddiyatlarning eng keskin ifodalanishi - boshqa ijtimoiy subyekt bilan to’liq mos kelmaslik va uni yo’q kilish uchun kurashish hisoblanadi. Yuqorida gap ijtimoiy ziddiyatlarning darajalari haqida boradiki, bu darajalar taraflarning manfaatlari qanchalik muhimligini farqlaydi. Ziddiyatlarni darajalarga ajratish ularning bir biridan qanchalik chuqurligiga qarab farqlanishini ko’rsatadi. Bu esa,subyektning konfliktga jalb qilinganligi darajasini, konfliktni hal qilish imkoniyati va usullarini belgilab beradi. § 4. Konflikt funksiyalari Konfliktning ijtimoiy roli va funksiyasi. Konfliktning ijtimoiy hayotga ta’siri jamiyat va inson hayotining barcha sohalarida kuzatiladi. Bunday ta’sirni oydinlashtirishga funksiya tushunchasini kiritish orqali erishiladi. Bu tushuncha bir tomondan jamiyat hayotida ijtimoiy konfliktning umumiy ahamiyatini , boshqa tomondan esa, ijtimoiy konflikt bilan ijtimoiy hayotning boshqa jihatlari (komponentlari) o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Birinchi holatda funksiya deganda konfliktli munosabatlar ijtimoiy oqibatlarining muayyan majmui tushuniladi. Ikkinchi holatda funksiya deganda bu faoliyat yo’nalishi deb tushuniladi. Nazariy tahlilda bu ikki nuqtai nazarni e’tiborga olish muhim, shuningdek ikki holatda ham funksiyaning ichki ziddiyatli bo’lishini yoddan chiqarmaslik kerak, chunki unga xos ziddiyatlar xarakteri faqat jamiyatninggina emas, shuningdek konfliktning o’zini tabiatiga ham bog’liq. Konflikt funksiyalarini ijtimoiy hayotning ikki asosiy sohasiga qarab ikkita katta guruhga bo’lish mumkin : moddiy va ma’naviy. Moddiy funksiyalar har qanday konfliktlar, shu jumladan yuridik konfliktlar ham asosan ijtimoiy hayotning iqtisodiy tomonlari bilan bog’liq bo’lganlari bois namoyon bo’ladilar. Bu bog’liqlik moddiy manfaatlarda, foyda ko’rishda, shuningdek ijtimoiy yo’qotishlarda, zarar ko’rishlarda ifodalanadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda alohida konfliktlarning salbiy oqibatlari juda sezilarli bo’ladi. qimmatbaho texnikaning qo’llanilishi, texnologik jarayonlarning murakkabligi kam ahamiyatli ishlab chiqarish konfliktini iqtisodiy jihatdan juda noxush hodisaga aylantirishi mumkin. Bunday sharoitda konfliktli vaziyatlarni o’z vaqtida hal etilmasligi korxona uchun katta zararni keltirib chiqaradi. Moddiy zarar miqdori konfliktni o’zining ko’lamiga ham bog’liq. Hozirgi zamon sharoitida yadro qurolini qo’llash bilan kechadigan xalqaro konflikt sivilizasiya kelajagiga xavf soluvchi halokatni keltirib chiqarishi mumkin. Moddiy funksiyalar faqatgina konfliktning halokatli oqibatlarida namoyon bo’lmaydi. Ba’zida ular yaratuvchilik mazmuniga ham ega bo’ladilar. Konflikt jarayonida taraflardan biri konflikt boshlanguniga qadar o’z tasarrufida bo’lmagan moddiy qiymatlarni qo’lga kiritishi mumkin. Boshqa tomondan, konflikt moddiy ishlab chiqarishni rivojlanishida umumiy yuksalishga olib keluvchi ijtimoiy kuchlarning qayta taqsimlanishiga yordam qilishi mumkin. Mulkiy xarakterdagi yuridik konfliktlar boyliklarni qayta taqsimlanishiga, bir tarafning foyda va ikkinchi tarafning zarar ko’rishiga olib keladi. Konfliktlarning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri beqiyosdir. Bu yerda konfliktlar ma’naviy sohadagi tub va tez sodir bo’ladigan o’zgarishlarning rag’batlantiruvchi vositasi rolini o’ynashi mumkin. Ular hodisalarga odatdagi bir tomonlama baho berish jarayonini to’xtatib, ijtimoiy hayotga boshqa tomondan , ijtimoiy e’tibordan chetda qolgan xususiyatlarini anglab olib qarash imkoniyatini yaratadi. Shaxslar aro konfliktlar uning ishtirokchilari ruhiy holatiga jiddiy ta’sir eta oladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling