Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


«Siz nima desangiz ham, men siz bilan hamfikrman»


Download 1.83 Mb.
bet51/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

«Siz nima desangiz ham, men siz bilan hamfikrman»
Moslashish va ko’nikikish usulidagi odam o’zini har doim biror voqyelikka moslashga urinadi. Favqulodda holatlarda ham o’sha vaziyat va vaziyatni keltirib chiqargan insonlar bilan kelishish yo’lidan boradi. Siz boshqa odamga har doim o’z roziligingizni ko’rsatishga harakat qilasiz, chunki bu yo’l konfliktdan qochish, ochiqdan – ochiq qarshilik ko’rsatmaslik, undan o’zini chekkaga olish, konfliktda faol ishtirok etmaslik imkoniyatini yaratadi. Siz konflikt vaziyatning o’zidan qo’rqasiz. Konflikt vaziyat siz uchun – tinch va osuda hayot maromining buzilishi, yangi qarorlar qabul qilinishi, sizdan biror narsaning talab etilishidir. Shu bois, siz aslida qarorlar qabul qilishdan cho’chiysiz va o’zingizni bu holatdan olib chiqib ketishga harakat qilasiz. Shu bois, sizning ustingizdan hukm chiqarish holatlari keng kuzatiladi. Siz ularga qarshilik ko’rsatmaysiz, chunki konfliktni jiningiz suymaydi. «Siz haqsiz mening hovlimda sizning olma daraxtingizni o’tqazish g’irt ahmoqlik edi, chunki uning mevalaridan mening bolalarim huzur ko’radi». Siz uchun birovning jahlini chiqarishdan ko’ra o’lim afzalroqdir. Birovlarning siz haqingizdagi fikri, ularning jahlidan va qahridan siz havotirlanasiz. Shuning uchun siz aslida nimalarni o’ylayotganligingiz va qanday xislar sizni qiynayotganligini hyech kimga ko’rsatmaysiz. Siz uchun eng muhimi, sohta bo’lsa ham iliq munosabatlar, salom-alik, va bas. Demak, hamma narsa joyida. Siz uchun tanish-bilishlaringiz bilan iliq munosabatlar juda muhim bo’lib, ular sizga ziyon yetkazayotgan va adolatsiz bo’lsa ham mayli, siz chidayverasiz. Siz zulmlar va nohaqliklarga chidamli munosabat orqali o’z hayotingizdagi konfliktlarning oldini olgan bo’lasiz. Siz faol bo’lmagan va oqar suv yo’nalishida suzish orqali konfliklarni boshqarasiz, ziddiyatning mohiyatini umuman o’ylab ham ko’rmaysiz, balki o’zingizga emosional-xissiy og’irlikni olgan holda, konfliktni faol aralashmasdan yengib borasiz.
Usulning afzalliklari: «Qo’y” sifatida, siz boshqalar bilan tinch va do’stona munosabatlarni muntazam saqlab qolasiz. Chunki sizning hyech kimga og’irligingiz tushmaydi. Hamma sizdan foydalanadi. Siz hamma narsaga chidaysiz. Birovlarga siz ko’proq e’tiborli bo’lasiz, shu bois birovlar sizga ehtiyoj sezadi. Sizning oldingizda ular o’z dardlari va munosabatlarini ochiq aytaveradi. Chunki sizdan zarar yo’q.
Usulning kamchiliklargi: Sizning talablarigiz, xis-tuyg’ularingiz juda kam e’tiborga olinadi, sizning ehtiyojlaringiz inobatga olinmaydi va juda kam bajo keltiriladi. Agar bu holatda sizga nisbatan adolatsizliklar ko’payib borsa, qalbingizda yashirin g’azab, nafrat kuchayib boradi, biroq sizning bu fazilatingizni qadrlaydigan insonlar atrofingizda bo’lsa, hayotingiz siz istagandek tinch va osuda o’taveradi. Ammo o’zingizning kuchsiz ekanligingizni har doim sezib turasiz.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling