Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Konfliktli vaziyatda noto’g’ri amallar


Download 1.83 Mb.
bet47/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

Konfliktli vaziyatda noto’g’ri amallar
Bu amallar noto’g’ridir!

    1. Tahqirlamoq

    2. Ayblamoq, doimo ayb qidirishga intilish

    3. Nafratlanish, hazar qilish va odamlar ustidan kulish

    4. Hamsuhbatdoshni tinglamaslik, uning so’zlari va

fikrlariga bepisandlik, e’tiborsizlik

    1. Tengma – teng bo’lish

    2. O’tgan ishlarni yuzga solish

    3. Bosim o’tkazishga harakat qilish

    4. Boshqalarning so’zlarini eshitmaslik, ular so’zini qo’pol

ravishda bo’lish

    1. Tahdid qilish, ko’rqitish, nafsoniyat va hayotga havf solish

    2. Psixologik va jismoniy shantaj

    3. Kinoya, piching qilish, istehzo bilan munosabatda bo’lish

    4. Boshqalarga tazyiq o’tkazish

    5. Agressiv munosabatga o’tish va zo’ravonlik ko’rsatish

    6. Kuch ishlatish, qo’lga erk berish

    7. O’z dilisiyohligini beyab, o’zidan zaif odamlarga to’kish

    8. Boshqalar haqida bo’hton gaplar tarqatish, g’iybat, gap

tashuvchilik qilish

    1. Ranjitish, dilisiyohlik, boshqalar ko’nglini og’ritish

    2. Buyruqbozlik, o’zini boshliq deb bilish

    3. Mas’uliyatidagi vazifalarni bajarmaslik

    4. Mas’uliyatli qarorlar qilishdan cho’chish

Insonlarning qusurlari, nuqsonlari va kamchiliklari
Bekorchilik
Bekorchilik o’z-o’ziga qilingan suiqasddir.
Xudbinlik
Shaxsiy xudbinlik – razillikning boshidir.
Xudbinlikning uch toifasi bo’ladi: o’zi yashab, boshqalarning yashashiga halaqit bermaydigan xudbin; o’zi yashab, boshqalarga kun bermaydigan xudbin; o’zi ham yashamay, boshqalarning yashashiga ham kun bermaydigan xudbindir (I.S.Turgenev)
Hasad
Hasad kishilar orasida janjalni boshlab beradi (Demokrit)
Xasislik
Xasislik qancha kuchli bo’lsa, rahm-shafqat shuncha kuchsiz bo’ladi (F.Petrarka)
G’arazgo’ylik
G’arazgo’y odam haqgo’y ham, qat’iy ham, mard ham, burchiga sodiq ham bo’lolmaydi (V.A.Suxomlinskiy)
Jur’atsizlik
Jur’atsizlik – qanchadan-qancha yaxshi amallarning boshini yeydi.
Qo’rqoqlik
Eng tuban tuyg’ular ichidagi eng tuban tuyg’u – bu qo’rquvdir (V.Shekspir)
Qo’rqoqlik – rahmsizlikning boshidir (M.Montal)
Shuhratparastlik
Shuhratparastlikka berilish qadimdan donolarni beaql qilib kelgan (I.Kant)
Shuhratparast odam hamisha pastkash bo’ladi(P.I.Chaykovskiy)
Takabburlik
Takabburlik - ojizlik belgisidir
Maqtanchoqlik
Mantanchoq odamlar donolarga kulgi, ahmoqlarga esa hayratomuz pesha, hushomadgo’ylarga osongina o’lja va o’z shuhratparastligining qulidir (F.Bekon)
Dimog’dorlik
Mayda odamlarda dimog’ katta bo’ladi ((F.Volter)
Ayyorlik
Ayyorlik juda ham chegaralangan kishilarning hayot tarzidir
Yolg’onchilik
Irodasiz yurak, farosatsiz aql va buzuq xarakterni yolg’onchilik fosh etadi (F.Bekon)
Riyokorlik
Xushomadgo’y odamlar surbetlarcha riyokorlikka hurmat bilan qaraydilar (O.Balzak)
Xushomadgo’ylik
Odamni o’ziga maqtash xushomadgo’ylik belgisidir (Arastu)
Ikkyuzlamachilik
Faqat pastkash odamgina oldingda maqtab, orqangda g’iybat qiladi (Pifagor)
Ezmalik
Ezmalik – so’zdagi beodoblikdir
Zolimlik
Zolimlik – o’zgalar hayotiga qarshi yo’naltirilgan kuchdir
Zo’ravonlik
O’z so’zini o’tkaza olmagan ojiz odam, kuch va zo’ravonlikka erk beradi
Jizzakilik
Jizzakilik – o’zini tuta bilmaslik oqibatidir
G’azab
G’azab – bir muddatlik oshkora nafratdir; nafrat esa – yashirin, doimiy g’azabdir (Sh.Dyuklo)
Chiqisha olmaslik
Barcha janjallarning o’ziga xos xususiyati – ikkala tomonning zaifligidir (F.Volter)
Bekorga va’da berish
Asossiz umid berish – insonni erkin nafasdan mahrum etishdir
O’z so’zi ustida turmaslik
O’zini behurmat qilgan odamgina o’z so’zi ustida turmaydi
Bahslashish
Bahslashish ko’plarning qo’lidan keladi, oddiygina suhbatlashishini esa kamdan-kam kishi uddalaydi (A.Olkott)
O’zini tuta bilmaslik
Faqat dushmanlarini yenggan kishi mard bo’lmasdan, o’z xissiyotlari ustidan g’alaba qilgan kishi ham marddir (Demokrit)
Jaholat
Insonning bittagina zolimi bor, u ham bo’lsa – jaholatdir (V.Gyugo)

Shunday qilib, ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlaridan sanalgan - e’tiborni muammoga qarata olish, muammoda shaxslarni ayblamaslik, muammoni aniqlash, muammo mazmunida fikrni jamlash, shaxsga emas, muammoga xujum qilish, o’zgani tinglashga tayyorlik va faol tinglash malakalarini qo’llash, birovning xis-tuyg’ulariga e’tiborli bo’lish, o’z va’dalari va amallariga mas’uliyatli bo’lish kabi qoidalariga rioya etish konflikt yechimini qidirish va uni hal etishga yo’naltirilgan talablardan hisoblanadi. Ana shu talablarga qat’iy bo’ysunush muammoda har ikki tomonning aziyat chekmasdan, hafa bo’lmasdan, o’z insoniy qadriyatlarini saqlagan va o’zga kishi nafsoniyatiga tegmagan tarzda chiqib ketish, muammoni hal etish imkoniyatini beradi. Konflikt yechimida va bo’lib o’tgan voqyea tahlilida umr bo’yi bo’lib o’tgan nizolar va ular tarixini emas, balki kelajakda qanday qilib mazkur nizolar va ular tarixisiz yashashni o’rganish lozim bo’ladi. Konfliktda ortga, tarixga qarab emas, balki oldinga, istiqbolga qarab yashash darkor.



Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling