Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Optimal darajada o’zini himoya qilish


Download 1.83 Mb.
bet59/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Menga
Optimal darajada o’zini himoya qilish
Agar biror kim sizga qattiq baqirayotgan, sizni xo’rlayotgan bo’lsa, uning jahliga jahl bilan javob berish, unga ham baqirish, unga ham aziyatli va nafsoniyatga tegadigan gaplarni qaytarishdan o’zingizni tuting. Bu vaziyat optimal darajada “men-tasdiqlarni” ishlatish uchun sharoit pishib yetilganligini ko’rsatadi. O’zingizning qalbingizda tug’yon urayotgan va ko’pirib borayotgan xislaringizni o’chirishga harakat qiling. Chuqur nafas oling! O’z maqsadingiz – “men-tasdiqda” butun fikringizni jamlang! Butun borlig’ingiz bilan ongingiz, tafakkuringizning “men-tasdiqlarni” pishiradigan va tayyorlaydigan nuqtasiga murojaat eting! Tezda “Men-tasdiq” uchun matn hozirlang!
1. Menga ovozingizni ko’tarib, baqirib gapirganningizda (noxush hodisa)
2. Men o’zimni xo’rlangan, azoblangan, beayb aybdordek xis qilaman (noxush hodisaga javob, uning reaksiyasi)
3. Men siz bilan har qanday noxush va bahsli muammoni tinchlik va samimiylikda muhokama etishni istayman (kelib chiqadigan yangi vaziyat)
4. Men sizni juda qattiq hurmat qilaman, shu bois siz bilan “sen-menga” borishni istamayman (opponentingiz o’zgarishi uchun unga vaziyat yaratilishi).
5. Men sizga nisbatan hurmatsizlikni o’zimga ep ko’rmayman. Men sizga iliq munosabatda bo’lishni istayman. Hurmatingiz bor. Shu bois, men siz bilan to’g’ri va samimiy munosabat bo’lishi tarafdoriman. Siz menga qo’pol gap qilsangiz, mening ko’nglim og’rib qoladi. Mening ham ko’nglimni og’ritmang. To’g’ri gapni, agar u tanqid bo’lsa ham, men ham to’g’ri qabul qilaman. (opponentingizning xulosaga kelishi va o’z munosabatini o’zgartirishi uchun sharoitning to’liq yaratilganligi).
Sezyapsizmi, siz o’z opponentingizni bir soniyadayoq bir yuz sakson foizga qayirib, ikkalangiz uchun ham yangi muloqot vaziyatini yarata oldingiz. Bir narsani ta’kidlash zarur, bu jumlalarning hammasi osuda va tahdidsiz, ammo qat’iy ovozda aytilishi darkor.
Shunday qilib, “man-tasdiqlar” tartib-qoidalari insonlararo munosabatlarda o’z xissiyotlarini tahdidsiz va adekvat tarzda bayon qilish uchun sharoit yaratib beradi. Sizning xissiyotlaringiz, xulosa va fikrlaringizning aniq va to’g’ri qabul qilinishi esa oradagi tushunmovchilikning oldini oladi hamda muloqotning madaniy va osuda o’tishiga imkon yaratadi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling