Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi
Jahli chiqayotgan odamlar bilan muloqot qilish bo’yicha boshqa maslahatlar
Download 1.83 Mb.
|
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI
Jahli chiqayotgan odamlar bilan muloqot qilish bo’yicha boshqa maslahatlar
Vaziyatni xolis baholashga harakat qiling. Aqlingizni ishga soling, xissiyotlarga berilib ketmang. Sizdan jahli chiqayotgan odam bilan kelgusi munosabatlar naqadar siz uchun qadrli ekanligini baholang. Muammo nimada? Opponentingizning qaysi hissiyotlari jabr ko’rgan? Shularni aniqlang. Boshqa odam o’z hissiyotlarini ushlab tura olmasligi va rasional fikr yurita olmayotganligini ham anglang, tushuning. Odam g’azablanayotganda, odatda tinchlik davrida aytmagan gaplarni va qilmagan harakatlarni qilishi mumkin, shu bilan birga, bu harakatlarni o’zi hohlamagan holda oshkora qilayotgan va aytayotgan bo’lishi ham mumkin. Boshqa odamni erinmay eshiting, uning yig’ilib qolgan emosiyalarining chiqib ketishga imkon bering. O’zingizning emosional vaziyatga tortilishingiz va qalbingizda javob qaytarish niyati tug’ilishidan ehtiyot bo’ling. Bir-birinigizni tahqirlamang. Esingizda tursin - shaxsga emas, muammoga hujum qilish lozim. Boshqa odamga o’zingizning ham konflikt haqida o’ylayotganingiz, bezovta bo’layotganligizni ayting. Muammo siz uchun ham muhim ekanligi, siz ham uni qo’ldan kelgancha yechishga harakat qilayotganligingizni, unga qarshi yuragingizda adovat yo’qligini ayting. Boshqa odamdan, mavzu bo’yicha suhbatlanish uchun qachon vaqti bo’lishini so’rang. U bilan samimiy gaplashish uchun doim tayyor ekanligingizni ayting. Suhbat uchun qulay va tinch joy toping, hyech kim halaqit bermaydigan, osuda, keng va ochiq joy jahldor odam bilan suhbatlanish uchun eng qulay joydir, odam ko’p, tor joylarini tanlamang, keng suhbat kenglikni talab etadi. Bahslashmang, kim haq, kim nohak ekanligi muhim emas. Muhimi suhbatdoshingizni tinchlantirish va muammo yechimini qidirishdir. Boshqa odamning tana zaboniga e’tibor bering. Agar uning harakatlaridan sizning hayotingiz va salomatligingizga zarar yetishini tushunib qolsangiz, zudlik bilan bu odamni holi qoldirish yo’lini qiling. Agar hayotingizga xavf bo’lmasa, qochmang. O’zingizning tana zaboningizni nazorat qiling, o’zingiz ham suhbatdoshingizga do’q-po’pisali harakat ramzlari hamda signallari jo’natmayotganligingizga imon hosil qiling. Unga juda yaqin o’girmang. O’z ovozinigiz intonasiyasiga e’tibor bering, yumshoq, tinch, samimiy ovozda gapirishga harakat qiling. Tinchlantiradigan so’zlarni topib ishlating. Siz bilan boshqalar o’zlarini qanday tutishlarini xohlasangiz, o’shanday o’zingizni tuting. O’zingizni na takabburlik va manmanlik bilan, shuningdek marhamatli qilib ham qilib ko’rsatmang. Takabburlik uning jahlini badtar oshiradi, marhamatli bo’lishingiz uning nafsoniyatiga tegadi. Sizning teng munosabatingiz konflikt yechimining eng muhim shartlaridandir. Adolatli konflikt yechimli bo’yicha o’z zimmangizga ma’lum majburiyatlar oling. Ba’zan hammasiga qo’l siltab, ketib qolgingiz keladi. Ba’zi hollarda bu yordam beradi ham. Ammo muammo yechimini qidirish ustida ishlash foydaliroqdir. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling