Ayol va erkaklarning tafakkur tarzidagi farqlar
Qarama-qarshi jinsni siz yaxshi tushunasizmi? Uning nimalar haqida o’ylashi va qanday xulosalar qilishini bilasizmi? Qarama-qarshi jinslar, ya’ni erkak va ayollar tafakkur tarzi, ular ikkalasi ham inson bo’lganligi uchun, birmi, yoki turlichami?!
Biz bu savollarga javob berishga yordam beramiz. Kuyida erkaklar va ayollarga xos bo’lgan xususiyatlar haqida ma’lum tartibda mujassam etilgan savollar va ularga javoblarni ko’rib chiqamiz. Savollar nazariy asoslangan bo’lib, ilmiy tadqikotlar asosiga qurilgan. Ular asosida 10 ta xulosa berilgan. Savollar ayol va erkak psixologik holatlari bo’yicha keng tarqalgan stereotiplar asosiga qurilgan. Mana shunday stereotiplardan biri – “Erkaklar hyech qachon e’tibor bilan tinglamaydilar, ayollar esa umuman gapni tushunmaydilar”, stereotipidir.
Jumlaning har ikki bo’g’inida ham asl holatning buzilishi mavjud. Erkaklar tinglay oladilar, ayollar esa to’g’ri tushuntirilsa, tushuna oladilar. Ana shu xulosalar, sizning fikringizcha, to’g’ri yoki noto’g’riligini o’zingiz ham aytishingiz lozim. O’z munosabatingizni aniqlab olgandan so’ng, o’z javoblaringizni to’g’ri javoblar bilan solishtiring.
Savollar:
Ayollarda intuisiya erkaklarga nisbatan rivojlangan bo’ladi. Ularda oltinchi xis bor, buni ko’pincha «ayollar intuisiyasi» deb atashadi. To’g’rimi yoki noto’g’ri?
Ayollar ko’p gapiradi. O’tirishlarda ular erkaklarga nisbatan ancha ko’p gapiradilar.
Ayollar ko’proq boshqalarga qo’llarini tekizadilar.
Ayollar muammoni birinchi bo’lib sezadilar va muammoga qarshi tura oladilar.
Umuman olganda, erkaklar va ayollarning suhbat uchun tanlaydigan mavzulari bir xildir.
Turli tadbirlarda odamlar ayollarga nisbatan erkaklarni ko’proq diqqat bilan eshitadilar.
Erkaklar ayollarga nisbatan samimiyroq va ochiqdirlar.
Erkaklar va ayollar umuman bir xil narsalar ustidan kulishadi, ularda yumorga munosabat o’xshashdir.
Erkaklar o’zlariga nisbatan mas’ulroq bo’lib, omadi kelmaganda aybni qo’proq o’zlaridan qidiradilar.
Erkaklar voqyea-hodisani avra-astarigacha muhokama qilishni yoqtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |