Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy zaif qatlamlarga
- Nodavlat ijtimoiy ximoya fondlari va jamg’armalari
"Ijtimoiy himoya" esa - aholining kam ta`minlangan qatlami uchun turmush darajasi va sharoitini yaxshilovchi chora - tadbirlar tizimini bildiradi.
“Ijtimoiy himoya” tushunchasi: Keng ma`noda: Aholining barcha qatlamlariga (kasbiy, tarmoq, mintaqaviy va boshqa belgilari bo’yicha) nisbatan qo’llaniladigan hamda ijtimoiy xatar (risk) yuz berganda moddiy va boshqa yordam ko’rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar (masalan, davlat xizmatchilarini ijtimoiy himoyalash, ekologik halokat zonasida istiqomat qiluvchilarni ijtimoiy himoyalash va boshqalar) yig’indisidan iborat. Tor ma`noda: Ijtimoiy zaif qatlamlarga (qariyalar, nogironlar, ko’p bolalilar va boshqalarni) moddiy himoyalashni ko’zda tutadi. Ijtimoiy yordam – mehnatga layoqtsizligi, ishsizligi, daromad manbayi mavjud bo’lmaganligi sababli o’zini mustaqil ravishda o’zini ta`minlay olmagan shaxslar davlat tominidan ko’rasatiladigan moddiy yordam. Ushbu yordam jami shaxs daromadi yoki aholining umumiy turmush darajasi bilan bog’liq bo’lmaydi.ijtimoiy yordam doirasdagi nafaqa va yordam pullari faqat amaldagi qununchilikda belgilab quyilgan aholi toifalariga beriladi. Mazkur himoya institutining asasiy jihati – bu aholining kam ta`minlangan guruhlarga (bolalikdan nogiron, boshqa nogiron bo’lgan shaxslar, pensiya olish uchun zarur sug’urta maqomiga ega bo’lmagan fuqorolarga) davlatning ijtimoiy shartnomasiz yordam ko’rsatishidir. Nodavlat ijtimoiy ximoya fondlari va jamg’armalari jamoat tashkilotlari jamg’armalari (Maxalla fondi, Nuroniy fondi va boshkalar). nodavlat sug’urta fondlari; shaxsiy (xususiy) tibbiy sug’urtani tashkil etish; byudjetdan tashkari ijtimoiy fondlar (Pensiya fondi, Bandlikka ko’maklashish fondi va boshkalar). «Ijtimoiy ish» esa kasbiy faoliyat, kishilarga, ijtimoiy guruhlarga, shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni qo’llab-quvvatlash, himoyalash, to’g’rilash va qayta moslashtirish vositasida bartaraf etishga ko’maklashish asosiy maqsad hisoblanadi. Ijtimoiy ish atamasi bozor iqtisodiyoti bilan jips bog’liq, chunki uning samaradorligiga erishish ijtimoiy qatlamlarning yuzaga kelishi bilan birga kechada. Agar ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tarmog’i tuzilmagan bo’lsa, unda ijtimoiy sohada muammolar keskinlashadi, ijtimoiy keskinlik yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o’nlab yillar mobaynida kishilarni ijtmoiy qo’llab-quvvatlash institutlari yaratilgan va ancha muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda "ijtimoiy xodim" kasbi keng tarqalgan kasblardan sanaladi, ijtimoiy tuzilmalar esa, ham davlatga qarashli, ham xususiydir. Ijtimoiy ish ikki bosqichli bo’lishi mumkin: turarjoyi bo’yicha ijtimoiy oldini olish va ixtisoslashtirilgan ijtimoiy yordam: olgan xizmat ko’rsatish, aholi bandligi xizmatidan iborat. Ijtimoiy ishning serqirraligini ijtimoiy xodim, ijtimoiy boshqaruvchi, tashkilotchi, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy tibbiy xodim, psixolog, huquqshunos, sotsiologlarda ko’rish mumkin. «Ijtimoiy xizmat ko’rsatish » esa -ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-tibbiy, psixologik, ijtimoiy-huquqiy xizmat va moddiy yordam ko’rsatish, ijtimoiy moslashtirishni o’tkazish, og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni tiklash va qayta tiklash bo’yicha ijtimoiy xizmat faoliyati. Ijtimoiy huquqqa ega bo’lgan fuqarolarning huquqi davlat tizimidagi ijtimoiy xizmatda davlat tomonidan kafolatlanadi. CHet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlar ham muayyan mamlakat fuqarolari bilan bir xilda huquqdan foydalana oladi. Ijtimoiy huquqiy fuqarolarning uning qarovchisi, homiysi, boshqa qonuniy vakilining davlat hukumiyati va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish idoralari, jamoatchilik birlashmalariga murojaat asosida amalga oshiriladi. Quyidagilar ijtimoiy huquqning asosiy tamoyillari: -manzillilik; -mumkinlilik; -ixtiyoriylik; -insonparvarlik; -og’ir hayotiy vaziyatda qolgan balog’atga etmaganlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatishning ustuvorligi; -oshkora emaslik; -oldini olishga yo’naltirilganlik. Ijtimoiy huquqiy xizmat quyidagi tarzda amalga oshiriladi: -moddiy yordam ko’rsatish (pul mablag’i, oziq-ovqat mahsulotlari, sanitariya va gigiena vositalari, bolalarni parvarishlash uchun vositalar, kiyim, poyabzal va boshqalar ); kundalik zaruriy narsalar, yonilg’i, maxsus transport vositalari, nogironlar, doimiy yoki vaqtincha statsionardan tashqarida xizmat ko’rsatishga muhtoj shaxslarni qayta tiklash texnikaviy vositalari; o’ziga -o’zi xizmat ko’rsatish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qotgan va doimiy qarovga muhtoj fuqarolarga statsionar muassasalarda maxsus xizmat ko’rsatish. Ularning yoshi va sog’lig’iga ko’ra, hayot faoliyati sharoitlarini yaratish, tibbiy, ruhiy, ijtimoiy tavsifdagi tadbirlarni o’tkazish, ovqatlantirish, parvarishlash, shuningdek, imkoniga yarasha mehnat faoliyatini, dam olish va bo’sh vaqtini tashkillashtirish; -etim bolalarga, ota-onasining qarovisiz qolganlarga, boqimsiz balog’atga etmagan va og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolganlarga ixtisoslashgan muassasalarda vaqtincha boshpana berish; -ijtimoiy- maishiy va hayot faoliyatini ta`minlash uchun ijtimoiy-tibbiy masalalar bo’yicha, psixologik-pedagogik yordam va ijtimoiy- huquqiy himoya bo’yicha maslahat yordami berish; -nogironlarga, imkoniyati cheklangan shaxslarga, balog’atga etmagan huquq buzarlarga, cheklangan shaxslarga, kasbiy, ijtimoiy, ruhiy qayta tiklanishda yordam ko’rsatish. Ijtimoiy- huquqiy xizmat bepul va pulli ko’rsatiladi. Quydagilarga bepul xizmat ko’rsatish mumkin: keksa yoshdagilarga, kasalligi, nogironligi, qarindoshlari yo’qligi tufayli o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishga noqobil fuqarolarga, agar shunday fuqarolarning daromadi yashash minimumidan past bo’lsa; qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslarga; ishsizlik, tibiiy ofat, halokatdan jabr ko’rganlarga; qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan balog’atga etmagan bolalarga. Ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasasi faoliyati qonunchilik hujjatlari asosida belgilanadi va tartibga solinadi. Ma`lumki, qadimgi davr faylasuflaridan to hozirgi zamon mutafakkirlarigacha-hammasi odamlarning ijtimoiy tengligi va ijtimoiy hayotda huquqiy - siyosiy me`yorlarga teng rioya etishiga oid juda ko’plab dono fikr - mulohazalarni bildirganlar . Insoniyat tarixida ijtimoiy siyosatga oid munosabatlarda moddiy boylikni taqsimlashga ko’proq e`tibor qaratilgan. Mashhur faylasuf Pifogorning (er.av. 571-497 y.y.) shogirdlari va muxlislar "Pifogorchilar ittifoqi" uyushmasini tashkil etishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yadilar. Natijada ular o’zi shaharlaridan 500 nafar eng boy-badavlat kishilarni haydab chiqaradilar va ularning mol-mulklarini musodara etadilar. Biroq bu uyushma ko’p o’tmay jamiyat tomonidan qattiq qarshilikka uchraydi. Diqqat qilinsa, "Pifogorchilar ittifoqi" jamiyatdagi ijtimoiy tengizlikni to’g’ri idrok etganlar. Lekin, ular bu holni tartibga keltirishda noma`qul harakat shaklini tanlaganlar. Jamiyat esa bunday keskinlikni rad etadi. Demak, ijtimoiy tengsizlik tushunchasi insoniyat tafakkurining qadimiy davrlaridan boshlab anglana borgan va buni bartaraf etish yo’lida turli amallar va uslublardan foydalanilgan. Bu borada mashhur faylasuf Geraklitning (er.av. VI-V asrlar) fikrlari ham diqqatga sazovordir. U shunday yozadi: «Tug’ilgan odam yashashga intiladi, yashash esa huquqli bo’lishdan iborat. Bunday huquq o’limga qadar davom etishi lozim....» Demak, inson o’z umrini kechirishda jamiyatdan muayyan imkoniyatlar talab qiladi. Bular orasida, tabiiyki, ijtimoiy muhofazalanish ham bor. Geraklit davom etib yozadi: "Insoniyat hayotida urush unga doimo hamroh bo’lib kelgan. Lekin u kim uchundir kurash, kim uchundir boylik ortirish manbai va yana kim uchundir qullik, nihoyat ba`zilar uchun ozodlikdir. Bilmoq lozimki, urush o’tkinchidir; eng asosiy haqiqat kurashdadir, kurash natijasida imkoniyatlar yuzaga keltiriladi". e`tibor berilsa, Geraklit insonning ijtimoiy faolligini barcha imkoniyatlarning manbai sifatida baholaydi. Insonda ijtimoiy ong shakllangandan boshlab u farovon jamiyatni orzu qilib kelgan. Bunday jamiyatga erishish odamlar ongiga, madaniyatiga bog’liq bo’lgan. Odamlarning ongi, madaniyati qanchalik yuqori bo’lsa, jamiyatning rivojlanishi shunchalik tezlashgan. Jamiyatning rivojlanishi odamlarning siyosiy ongiga bevosita bog’liq bo’lgan. Siyosiy ongning darajasi esa, odamlar ongiga demokratik qadriyatlarni singdirishga bog’liq. Demokratiya esa ijtimoiy siyosatni kuchaytiruvchi omildir. O’zbekiston jamiyati qiyofasining o’zgarishi, mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko’zlab amalga oshirilayotgan "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" degan tamoyilda, aniqrog’i, uni amalga oshirishda namoyon bo’lmoqda. Bular hokimiyat vakolatlarining ma`lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o’tkazishda, o’zini-o’zi boshqarish organlari mahalla, mahalla qo’mitalari va qishloq fuqarolari yig’inlarining roli, hamda vakolatlarini amalda kuchaytirishda, siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlari qabul qilishdagi roli va ta`sirini kuchaytirish ko’rinib turibdi. Aholining turli ijtimoiy va sotsial guruhlari manfaatlarini ifodalovchi, mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari bo’lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining roli oshib bormoqda. Bu tashkilotlar odamlar ongida demokratik qadiriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro’y berayotgan demokratik o’zgarishlarning ko’lamini kengaytirishda muhim rol o’ynayotir. Inson o’zini ijtimoiy individ sifatida anglaganidan buyon farovon hayotga erishish uchun intilib keladi. SHu bilan birga insonga xos talab-ehtiyojlarni qondirish hamkorlik va birdamlikni talab etadi. Bu tendensiya tadrijiy ravishda kuchayib boradi. Farovon hayot, ideal jamiyat g’oyasini amalga oshirishda fuqarolar davlatga katta umid bilan qaraganlar. CHunki odamlarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish barcha jamiyatlarda davlatning ichki siyosatida ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan. Ijtimoiy siyosat muqarrar ijtimoiy himoyaga e`tiborini talab etgan. Ijtimoiy himoya darajasi hamma vaqt ham bir xil bo’lavermaydi, shu bilan birga, jamiyatlarning rivojlanishi xilma-xil bo’ladi. Ijtimoiy iqtisodiy tuzumlarning rivojlanish darajasi bir xil emasligi, ayniqsa aholining ijtimoiy himoyasiga o’z ta`sirini ko’rsatadi. Jamiyatlarning rivojlanish darajasida farqlar bo’lishi bilan birga, ularga xos umumiy tomonlar ham bor. Hozirgi zamon jamiyat tizimining o’ziga xos belgilaridan biri sanoatga asoslangan ishlab chiqarishning etakchiligida. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi va ijtimoiy-siyosiy hayotning demokratlashuv tamoyillari etakchiligida. Demak, hozirgi zamon jamiyatning asosiy belgilari quydagilar: insoniyatning birlashuvi; ilmiy-texnika revolyutsiyasi asosidagi yangi ishlab chiqaruvchi kuchlarning paydo bo’lishi; hozirgi zamon jamiyatlaridagi tub o’zgarishlar; ekologik va sotsial muammolar ustuvorligi va hokazolar O’zbekistonda amaliyotdagi ijtimoiy yo’naltirilganlik va bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning boshqaruvchilik roli oshib borishi bilan xarakterlanadi. Bu tamoyil Respublikamiz to’g’ri yo’ldan borayotganligiga bir misol. Demokratiyani chuqurlashtirish jarayoni ijtimoiy siyosat samaradorligini oshiruvchi omildir. Iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida qurayotgan jamiyatlarda ijtimoiy siyosatni kuchaytirishga xizmat qiladi, chunki, kuchli ijtimoiy siyosat demokratik tamoyilga asoslangan global jamiyatning muhim belgisidir. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling