Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


YAngi va eng yangi zamondagi ijtimoiy siyosiy ta`limotlar


Download 1.46 Mb.
bet20/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

4. YAngi va eng yangi zamondagi ijtimoiy siyosiy ta`limotlar.
YAngi zamon yangi siyosiy ta`limotlarni ilgari surdi. Bu ta`limotlar o’rta asrlar doirasidan chetga chiqib, insoniyatning yangi talab va ehtiyojlarini o’zida aks ettirdi. Davlat va hokimiyatning ilohiy xarakteriga ishonishga tayanuvchi siyosatni sxolastik tushunish zamon talablariga javob bermay qo’ydi. Inson va jamiyatni rivolantirish, uning imkoniyatlarini yanada oshirish ehtiyojlari siyosatga printsipial jihatdan yangicha qarashlarni, uni oqilona – tanqidiy tushunishni talab qildi. Ushbu siyosatni oqilona – tanqidiy tushunish yangi zamon allomalarining asarlarida o’z ifodasini topdi.
YAngi zamon ijtimoiy siyosiy fikrining yorqin namoyondalaridan biri, ingliz faylasufi Tomas Gobbsdir (1588 - 1679). U fuqaro hakidagi ta`limotning falsafiy elementlari", "Leviafan" asarlarining muallifidir. Ijtimoiy bitim g’oyasini targ’ib qilgan Gobbs boshqaruv usullarida cheklanmagan monarxiya tarafdori bo’lgan. U insonlar jamiyatining ikki holatini ajratadi: tabiiy (hammaning hammagaqarshi urushi) - unda kuchga ega bo’lganlar huquqga ham egalikqiladilar va fuqarolik (bitimiga ko’ra ayrim huquqlarini ixtiyoriy ravishda boshqalarga berish). Davlat o’zida jamlangan yagona iroda vositasida tinchlikni saqlashi, tabiiyqonunlar bajarilishini ta`minlashi, tartibni saqlashi, xunarmandchilikni rivojlantirishi, shuningdek, insonlarni diniy, ma`naviy, ahlokiyqarashlariga ham ta`sir etishi kerak bo’ladi. YAngi zamon siyosiy fikrining vujudga kelishi va rivojlanishida ingliz faylasufi va siyosat arbobi Jon Lokk (1632 - 1704) ning xizmati benihoya kattadir U e`tiqod chidamligi haqida, "Davlat boshqaruvi haqida" va boshqa asarlarida davlat -faoliyatini yangicha tushunish, uning shartnoma asosida fuqarolar hayotiga aralashishini cheklash, inson tabiiy va begonalashmaydigan huquq va erkinliklarining amalga oshirilishini ta`minlash g’oyasini ilgari surdi. Bu g’oya zamon talablariga javob sifatida paydo bo’lib, keyinchalik butun dunyoda e`tirof etilib liberalizm degan nomni oldi. SHarl’ Lui Montesk’e (1689 - 1755) "Fors xatlari", "Rumliklar buyukligi va inqirozi sabablari to’g’risida", "Qonunlar ruxi to’g’risida" kabi asarlarning muallifidir. U mo’`tadil konstitutsion monarxiya va hokimiyatlar bo’linishi printsipini ilgari surgan. Uning fikricha, davlat va hukuq - tarixiy taraqqiyot maxsuli. tabiiyqonunlar jamiyat vujudga kelishidan avval mavjud bo’lgan. Qonunlar davlatning to’riga (respublika, monarxiya, mustabid) bog’lik, boshqaruvni esa ijtimoiy – iqtisodiy, geografiya va iqlim kabi omillar belgilaydi. Montesk’e fuqarolar erkinligining kafolatini hokimiyatlar bo’linishida deb hisoblaydi: "Agar qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bir shaxsda yoki bir tashkilotda mujassamlashsa, erkinlik bo’lmaydi. Negaki, by monarx yoki senat zolimqonunlar yaratib ularni zulmqilish uchunqo’llashi mumkinligi xavfi mavjud bo’ladi. erkinlik sud hokimiyati,qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan ajratilmaganda ham bo’lmaydi. Agar biror bir shaxs yoki biror tashkilot shu uchala hokimiyatni yakka o’zida to’plasa, hamma narsa halok bo’lar edi. U~hokimiyatni suiste`molqilish imkoniyati bo’lmasligi uchun shunday tartib o’rnatilishi kerakki, unda turli hokimiyatlar o’zaro bir - birini tutib turishlari mumkin bo’lsin. Jan Jak Russo ~(712 - 1778) - frantsuz faylasufi, sotsiologi, ma`rifatparvaridir. U "Odamlar o’rtasida tengsizlik kelib chiqishi va asoslari to’g’risida mulohazalar", "Ijtimoiy bitim", "Emil’, yoki tarbiya to’g’risida" asarlari muallifidir. Russo burjua demokratiyasi, fuqarolarning haq-huquqlari ozodlik, erkinlik va tenglik g’oyalarini targ’ibqiladi. Tengsizlik sababi - xususiy mulkdir. Gobbsdan farqli o’larok, "tabiiy holatida" insonlar do’st va hamoxang yashaganlar deb hisoblaydi. Ijtimoiy tengsizlikka erkinlik va huquklar tengliginiqarshiqo’yadi. Xalk irodasining suverenligi va bo’linmasligini targ’ibqilgan. Iroda (ehtiyoj, talab- istaklarni) aniqlash uchun doimiy amalqiluvchi plebistsit (umumxalq so’rovi) kiritishni, xususiy mulkni fuqarolar o’rtasida taqsimlashni taklif etadi.
Amerika ma`rifatparvarlari - T.Jefferson (1743- 1826), T.Peyn (1737 - 1809), A. Gamil’ton (1754 - 1804), J.Medison (1751 - 1836) ning siyosiy karashlari jaxon siyosiy fikri tarixida yorkin saxifani tashkil etadi. Bu karashlar Amerika xalkining mustakillik, erkinlik va demokratiya uchun olib borgan kurashi bilan chambarchas bog’liqdir. Amerika ma`rifatparvarlari tomonidan asoslab berilgan - kuchli demokratik federativ respublika qurilishi tamoyillari, shaxsning fuqarolik huquqlari va erkinliklari, hokimiyatning vakillik shakli haqidagi g’oyalar muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Aynan shu g’oyalar "Mustakillik, deklaratsiyasi" (1776) va Amerika Qo’shma SHtatlari Konstitutsiyasi (1787) ning asosiqilib olindi. Aynan shu g’oyalar amerika xalqi siyosiy ongi va siyosiy madaniyatining rivojlanishiga hamda AKSH davlatchiliginingqaror topishiga katta ta`sir ko’rsatdi. "XIX asr oxiri XX asr boshlarida g’arbiy Evropada siyosat, davlat va huquqni ularning barcha ijtimoiy aloqalari nuqtai nazaridan o’rganuvchi sotsiologik yondashuv keng rivojlandi. Ko’plab siyosiy ta`limotlar vujudga keldi. Jumladan, italiyalik faylasuflar G.Moska (1856- 1941) va V. Pareto (1848 - 1923) elitalar nazariyasini ishlab chiqishdi. Ularning fikricha, siyosat "ikkiqarama -qarshi sinf kurashi sohasi" bo’lib ulardan biri – hokimlik qiluvchi ozchilik (elita) va itoatdagi ko’pchilikdir. Bu nazariyaning ahamiyati shundaki, siyosat sub`ektlarining hokimiyatga ta`sirini oddiy, bir xil, deb tushunishdan siyosiy jarayondagi raqobat,qatlamlarga bo’linish, turli guruhlar ta`sirini turlichaligini anglashga o’tildi. g’arb siyosiy fanida texnokratiya ta`limotlari keng tarqaldi. Jumladan, ilmiy boshqariladigan jamiyat" (G.Saymon) "postduinstrial jamiyat" (D.Bell), "Texnotron jamiyat" (3.Bjezinskiy) nazariyalari hozirgi taraqqiyot va dunyoning umuminsoniy muammolarini (ekologik, energetik, ozim – ovqat, urush, demografik) echishning yagona yo’li, deb tavsiya etiladi. G’arb siyosiy fanining asoschilaridan biri - Maks Veber (1864 - 1920) dir. U siyosiy qarashlariga ko’ra liberalizm tarafdoridir. Veber legitim hokimiyat turlari to’g’risidagi ta`limotni ishlab chiqdi. Unga ko’ra hokimlik- muayyan buyruqga itoat ettira olish imkoniyatini anglatadi va demak, buyruq berganning buyruqga bo’y sunishlarini, hamda itoat etayotganlarning buyruq qonuniy va adolatli ekanligiga ishonch xosilqilish uchun o’zaro kutishlarini bildiradi.` Veber itoat sabablaridan uchtasi asosida hukmronlik (hokimiyatning) uch sof turini ajratib ko’rsatadi:
Hukmronlikning birinchi turi-ochik, "qonuniy" hukmronlikdir. Uning jumlasiga hozirgi g’arb davlatlari kiradi. Ularda, Veber fikricha, shaxslarga emas, balki konunlarga bo’y sunishadi. Boshqaruv apparati maxsus o’rgatilgan amaldorlardan iborat. Ular oldiga ko’yiladigan talab - formalqonun asosida shaxslarga qaramay faoliyat ko’rsatish. Boshqacha qilib aytganda, qonuniy hukmronlik (hokimiyat) o’z nomi bilan formal -qonunlarga asoslanadi.
Legitim hokimiyatning ikkinchi turini Veber an`anaviy deb ataydi. U mavjud siyosiy tartib va hokimiyatning nafaqatqonuniyligi, balki muqaddasligiga bo’lgan ishonchga asoslanadi. Bunday hukmronlikning eng toza ko’rinishi, Veber fikricha, patriarxal hukmronlikdir. Veber uni tuzilishiga ko’ra oilaga o’xshatadi. Bu o’xshashlik hokimiyatning ushbu turini mustahkam va barqarorligini ta`minlaydi. Bu erda lavozimga tayinlashda intizom yoki o’z sohasidan yaxshi xabardorlikdan ko’ra, shaxsiy sadoqat muhim xislat hisoblanadi. Imtiyozlar ham erkin taqsimlanadi.
Hukmronlikning uchinchi turi-xarizmatik hokimiyatdir. Veber qarashlarida xarizma (yunoncha - iloxiyqobiliyat) tushunchasi muhim o’rin tutadi. Xarizma- individni boshqa odamlardan ajratib turuvchi, Ollox in`om etgan ajoyib qobiliyatdir. Veber xarizmatik sifatlarga sehrgarlikni, bashorat ~qila olishqobiliyati, ruh va so’zning misli ko’rilmagan kuchini kiritgan. Xarizmaga kahramonlar, buyuk lashkarboshilar, sehrgarlar, bashoratchilar, buyuk rassomlar, siyosatchilar egadirlar. Hukmronlikning xarizmatik turi an`anaviy hukmronlikning tamoman to’liq aksidir. An`anaviy hokimiyat an`ana, odatga bog’langan bo’lsa, xarizmatik hokimiyat, aksincha, shu paytgacha tan olinmagan narsalar, g’ayritabiiylikka asoslanadi. Veber xarizmani an`anaviy jamiyatlarning o’sish- o’zgarishdan mahrum bo’lgan tarkibiga o’zgarishlar kiritishga kodir, buyuk inqilobiy kuch, debqaraydi. An`anaviy va xarizmatik hokimiyat o’rtasida ma`lum umumiylik ham mavjud: unisi ham, bunisi ham hukmdor va tobe shaxslar o’rtasidagi shaxsiy munosabatlarga asoslangan. Bu o’rinda har ikkalasi birinchi tur hokimiyatga shaxssiz bo’lgani uchun qarama -qarshi turadi. Xarizmatik etakchiga shaxsiy sadoqat manbai asosida an`ana yoki uning hokimiyatga rasmiy huquqini tan olish emas, balki uning ilohiy qobiliyatiga ishonch yotadi. Kuning uchun legitimlikning xarizmatik printsi avtoritar bo’ladi, ya`ni shaxsning kuchiga asoslangan bo’ladi. G’arbiy Evropa siyosiy fikri rivojiga yana birqator olimlarning hissasi sezilarli bo’lgan. Frantsuz sotsiologiya e.Dyurkgeym (1858 - 1917) siyosiy fandagi tarkibiy funktsionalizm metodologiyasi asoschisi hisoblanadi. Ruhshunoslik ta`sirida siyosiy fanlarda vujudga kelgan yangi metodologik oqim - bixeviorizmning ko’zga ko’ringan vakili - amerikalik olim G.Lassuell (902 - 1978) dir. Hozirgi zamon siyosiy fani shuningdek freydizmning kuchli ta`sirini his etadi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyoda milliy siyosiy fikr Ahmad Donish 1827 - 1897), CHerdak (1827- 1900), Furqat (1858 - 1909), Muqumiy (1850 - 1903), Zavqiy (1853 - 1921) singari ma`rifatparvarlar tomonidan rivojlantirildi. Ular o’z asarlarida Buxoro amirligi, Xiva va Ko’qon xonliklarining amalqilish tajribasini oqilona-tanqidiy tahlilqildilar. Ma`rifatparvarlar o’lkadagi mavjud milliy siyosiy tartibotlarning tabiatini anglash va tushuntirishga intildilar. Ular mazkur tartibotlarningqolok,,qaram, tarqoq tizim ekanligini, xalq boshiga kulfat, mamlakatni vayronalikka olib kelganligini ko’rsatib berdilar. Ma`rifatparvarlar o’z asarlarida o’lkadagi mavjud siyosiy tartibotlarni shunchaki tanqidqilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu siyosiy tartibotlarning qoloqligi, qaramligi sabablarini tinmay izladilar. Ma`rifatparvarlarning fikricha, mamlakat qoloqligi, xalqning qashshoqlikda yashashining sababi - amirlar, xonlar, beklar va hokimlarning nodonligi va:johilligi, xalq taqdiriga beparvoligi, ilm - fan va ma`rifatning yo’qligidir. SHu boisdan ham ular mamlakatdagi nodonlik va johillikka, zulm va zo’ravonlikka asoslangan siyosiy tartibotni tugatish va ilm - fan va fozillikka, ziyo va ma`rifatga asoslangan siyosiy tartibotni o’rnatish g’oyasini ilgari surdilar. XX asrning boshlarida O’zbekistonda siyosiy fikrning rivoji jadidlar (M.Bexbudiy, A.Nitrat, A.Qodiriy, CHo’lpon, Munavvar Kori va boshqalar) ning faoliyati bilan bog’liqdir. Ularning asarlarida o’sha davrdagi ijtimoiy- siyosiy hayotning dolzarb muammolari chuqur o’rganiladi va umumlashtiriladi. Xususan, o’lkadagi idora usuli, mustamlakachilik, adolatsizlik oqibatlari keskin tanqidqilinadi, uning mustaqil yo’li, Evropacha idora usuli va uni mamlakatda tadbiqqilish haqida jiddiy fikr- mulohazalar bildiriladi. A.Fitrat, M.Bexbudiy Buxoroning idora, ta`lim- tarbiya usuliniqattiq tanqid ostiga oladi va uni yangilash yo’llarini tinimsiz izlaydi. Jadidchilarning bir guruhi maorif - ma`rifatni ko’tarish orqali xalq ahvolini yaxshilashga intilishsa, ikkinchi guruhi esa davlat tuzilishini islohqilish, uni yangi asosdaqayta ko’rish orqaligina xalq va yurt ahvolini o’nglash mumkin, degan siyosiy yo’ldan yurishga intiladi. Bunday fikr va mulohazalar o’sha davr siyosiy fikrida muhim yangilik edi.
Umuman XX asr boshida O’zbekistonda siyosiy fikrning rivojlanishini jadidlarning asarlarisiz, ehtirosli mAqolalarisiz tasavvurqilib bo’lmaydi. Ularning siyosiy fikr taraqqiyotigaqo’shgan xissalari zalvorlidir. O’zbekistonda siyosiy fikrning rivojlanishi sobiq sho’ro tuzumi davridaqattiq zarbaga uchradi. Siyosiy fanga burjua fani deb tamg’a bosilishi uning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko’rsatdi. O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yo’liga kirishi bilan siyosiy fanga munosabat tubdan o’zgardi. Bu fan jamiyat fanlari tizimida o’z o’rnini topdi. Hozirgi O’zbekistonda zamonaviy siyosiy fanning vujudga kelishi va rivojlanishi Taniqli davlat va jamoat arbobi, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov (1938)ning nomi bilan bog’liqdir. Uning O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li", "O’zbekiston- bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li"; "O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida", "O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari", "O’zbekiston XXI acp bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "O’zbekiston XI asrga intilmokda", "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz" va boshqa o’nlab asarlarida siyosiy fanning dolzarb masalalari tadqiqqilingan. Bu asarlar mamlakatimiz siyosiy tafakkuri tarixida yangi saxifani tashkil etadi. Mazkur asarlarda eng avvalo, siyosiy fanning tushunchalari umuman, mavhum va notarixiy holda emas, balki aniq zamon va makonda, ya`ni O’zbekiston zaminida yaxlit va bir butunligicha tadqiq va tahlil etilgan, hamda, ularning o’ziga xos, milliy xususiyatlari aniq-ravshan echib berilgan;
Ikkinchidan, O’zbekistondagi sobiq sho’ro siyosiy tizimining sohta, «xalqparvar»qiyofasi emas, balki haqiqiyqiyofasi ko’rsatib berilgan. Bu tizimning insonga, halqgaqarshi totalitar tabiati faktlar asosida butunlay ochib tashlangan;
Uchinchidan, O’zbekistonning xoxish-istaklar, hom-hayollar va taxminlarga asoslangan, xilma-xil nikoblarga o’ralgan, bo’yoqlarga bezalgan totalitar taraqqiyot yo’li emas, balki uning real shart-sharoitini, asriy an`ana - urf - odatlarini, ilg’or mamlakatlarning siyosiy tizimlarini chuqur va batafsil o’rganishga asoslangan ~demokratik taraqqiyot yo’li olg’a surilgan;
To’rtinchidan, O’zbekistonda demokratiyaga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari har tomonlama hisobga olingan; iqtisodiy islohotlarga, davlatning boshqaruv sohasidagi roliga,qonunning ustuvorligiga, ijtimoiy siyosatta alohida e`tiborqaratilgan;
Beshinchidan, O’zbekistonda demokratiyaga o’tishning ibtidoiy yo’li – inqilobiy yo’l emas, balki zamonaviy yo’l- evolyutsion yo’li tanlab olingan.
Xullas, Birinchi Prezident I.A. Karimovning milliy siyosiy fanning vujudga kelishi va rivojlanishidagi xizmatlari beqiyosdir. Uning demokratik taraqqiyotda O’zbek modelining asoschisi, deb dunyoda tan olinishi bejiz emas.
Mazkur modelning O’zbekiston uchun amaliy ahamiyati g’oyat ulkandir. Bu model demokratik islohotlar siyosatining manbai bo’lib xizmatqilmokda.

SAVOLLAR
1. Davlatning mohiyati ~haqidagi tasdiqlardanqaysi biri haqiqatga yaqinrok:


a) "davlatning boyligi adolatdir, ya`ni umum foydasiga xizmatqilishdir" (Arastu);
b) "zaif xalq - demak, kuchli davlat, kuchli davlat demak, zaif xalq. Xalqni zaiflashtirish, demakki, davlatning bosh vazifasidir..." (Xitoy faylasufi SHan YAn)?
2. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni va roli buyukdir. Uning siyosiy fan tarixida tutgan o’rni va roliniqanday baholash mumkin? Javobingizni asoslang.
3. Jadidlarning asarlaridaqanday umuminsoniy va milliy g’oyalar o’rin olgan?

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling