Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Mintakada uy–joy va kommunal xo’jaligi rivojlanishini tartibga solish


Download 1.46 Mb.
bet26/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

5. Mintakada uy–joy va kommunal xo’jaligi rivojlanishini tartibga solish
Uy–joy, kommunal xujaligi Aholining turmush darajasiga bevosita ta`sir kursatuvchi ijtimoiy soxalarning biridir. Uy–joy, xujaligi kommunal xizmatlar bilan ta`minlansa, Aholining bush vakti tejaladi. Bush vakt esa bozor iktisodiyoti sharoitida Aholining eng zarur boyligidir. Uy–joy, kommunal xujaligi turli mintakada turli darajada rivojlangan, uning asosiy sabablari sanoatning joylashuviga, mintakaning geografik urniga, urf–odatlar va shu kabi omillarga boglik.
Bozor iktisodiyotiga utish davrida uy–joy, kommunal xujaligini islox kilish yirik masala. Buning moxiyati uy–joy oldi–sotdi bozorini tashkil kilish, xar bir oilaning yoki oila a`zosining yashash sharoitini yaxshilash, uy–joylarni olish xukukiga ega bulishni ta`minlashdan iborat.
2005 yilda 6033,2 ming kv.m uy–joy kurildi (2004 yilga nisbatan 145,4 ming kv.m uy–joyga kamaydi). 13,5 ming kishiga xizmat kursatadigan poliklinikalar foydalanishga topshirildi (2004 yilga nisbatan 895 kishiga xizmat ko’rsatishga ortdi). 3167,7 km. gaz utkazish va 2400,1 km. Suv utkazish tarmoklari kurildi. kishlok joylarida 5346,6 ming kv.m (umumiy mikdordan 89%) uy–joy 3060,4 km. Gaz (umumiy mikdordan 96,6 % ) va 2275,6 km. Suv utkazish (umumiy mikdordan 94,8 %) tarmoklari kurildi.
Uy–joy va kommunal xujalik ijtimoiy–madaniy kompleksining eng yirik tarmoklaridan biridir. U bir necha tarmoklardan iborat: gazlashtirish, suv bilan ta`minlash; kanalizatsiya; issiklik bilan ta`minlash; axlatlarni olib chikish va kayta ishlash; kucha va xiyobonlarni tozalash, mexmonxona xujaligi; kucha va xiyobonlarni elektrlashtirish; elektrotransport; kabristonlarni tartibli saklash xujaligi.
Uy–joy va kommunal xujalik majmui davlat tasarrufidan chikarilgan va u ikki kismga bulib amalga oshiriladi:
1. Uy–joy kismini rivojlantirishning asosiy yunalishi – xar bir oilani iloji boricha aloxida uy–joy bilan ta`minlash.
2. Kommunal kismi esa davlat tomonidan xizmat ko’rsatish shakllarini tarakkiy ettirib, barcha xizmat ko’rsatish turlarini maxalliy uzini–uzi boshkarish tashkilotlariga biriktirishni uz ichiga oladi.
Bozor iktisodiyotiga utish davrida uy–joy, kommunal xujaligining islox kilinishi katta masala. Buning moxiyati uy–joy oldi–sotdi bozorini tashkil etish, xar bir oilaning yoki oila a`zolarining yashash sharoitini yaxshilash, uy–joylarni olish xukukiga ega bulishni ta`minlashdan iborat.
Bozor iktisodiyotiga utish turar – joy muammosini keskin bartaraf etishni talab kiladi. Bunda kishilarning uy–joy kurilishidagi ulushi ancha kiskaradi va bu fonddan Aholining ma`lum kismi, ya`ni nogironlar, bokuvchisini yukotganlar, kam daromadlilar va tabiiy ofatdan zarar kurgan kishilargina foydalanadi. Davlat tomonidan tashkil kilingan turar – joy fondi Uzbekiston xalkining boyligi bulib, undan respublikaning xar bir fukarosi foydalanish xukukiga ega.
Aholini uy–joy bilan ta`minlash masalasida yangi kurilishning xam roli ancha katta. Uy–joy kurilishi masalasida eng muximi kurilishni materiallar bilan ta`minlash masalasi xisoblanadi. Bunda bozor iktisodiyotiga utish sharoitida materiallar bozorini, ya`ni birjalarni yaratish va ularning faoliyatini takomillashtirish, maxalliy kurilish materiallari xisobiga kurilish bozorlarini kengaytirish zarur.
Kommunal xujalik tizimini davlat tassarufidan chikarish va xususiylashtirish jarayoni kishilarning birinchi navbatdagi extiyojlarini kondirishga karatiladi.
Kommunal xujalikni davlat tasarrufidan chikarish:
–ijaraga berish;
–auktsion;
–mexnat jamoalari tomonidan sotib olish;
–boshka shakllarda amalga oshiriladi.
Bu jarayon bir kancha yunalishlarda, masalan, aktsiya asosida tijorat korxonalarini va birlashmalarni rivojlantirish maksadida olib boriladi. Bunda kapital kuyilmalar ajratilishini kontsission–shartnoma asosida amalga oshirish mumkin.
Kommunal xujalik uy xujaligini rivojlantirish bilan boglik. CHunki, xar bir uyda kommunal kulaylik bulishi lozim. Uy xujaligi uylarni saklash va tiklash vaziflarni bajaradi. SHu maksadda turar – joylarni kapital va joriy ta`mirlaydi, ularni yaxshi saklash ular boshka choralarni kuradi.
Uy–joy va kommunal xujaliklarining rivojlanish jarayonidagi muammolardan biri shu tarmokni boshkarish muammosidir. Tarmoklar xokimiyatlar xamda va Uy–joy va kommunal xujalik vazirligi tomonidan boshkariladi.
Bozor iktisodiyotiga utish sharoitida shu tarmokni boshkarish funktsiyasi xam asosan maxalliy tashkilot zimmasida bulishi kerak. SHundagina, uy–joylarni, kommunal xujalik ob`ektlarini saklash va tiklash masalalari uz vaktida echiladi.
Tarmokni rivojlantirish dasturlarini ishlab chikishda mintakadagi muammolar maxalliy resurslardan foydalanib xal kilinadi. Xususiylashtirish jarayonida maxalliy tashkilotlar mavjud uy–joylarni va kommunal xujalik ob`ektlarini baxolash funktsiyasini xam bajaradi.
Kommunal korxonalar rivojlanish dasturining asosiy kismi biznes–reja xisoblanadi. Bu reja kuyidagi bulimlardan iborat:
– ishlab chikarish bulimi;
– mexnat va ijtimoiy muxofaza;
– moliya;
– kapital kurilish va kapital ta`mir;
– yangi texnikani ishlab chikish va ishlab chikarish jarayoniga jalb kilish;
– moddiy–texnika ta`minoti.
Ishlab chikarish dasturi kommunal ishlab chikarish korxonalarining kuvvati xamda mavjud mexnat va moddiy resurslar asosida ishlab chikiladi. Kommunal xujalik maxsulotlari va xizmatlari umumiy xajmini aniklashda xar bir tarmokning rejalari yigindisiga asoslanadi. Suv bilan ta`minlash korxonalarining ishlab chikarish dasturi kuyidagi kursatkichlarni uz ichiga oladi:
– vodoprovod bilan etkazib beriladigan suv xajmi;
– uzining iste`moliga ketadigan suv xajmi;
– etkazib beriladigan suvning umumiy xajmi;
– tarmokda suvning yukolish xajmi;
– iste`molchilarga sotilgan suvning xajmi (bu kursatkich xam sumda, xam 1000 m3 da xisoblanadi).
Kanalizatsiya korxonalarining ish xajmini aniklashda ishlab chikarish dasturi kuyidagi kursatkichlardan iborat buladi:
1. Kanalizatsiya tarmoklarining uzunligi;
2. Iflos suvlarning tozalash inshoatlaridan utgan xajmi (1000 m3) va ularni biologik usullari orkali tozalaydigan suvning xajmi;
3. Tozalash inshootlarining kuvvati (1000 m3).
SHaxar elektr transporti ishlab chikarish dasturi xisob–kitoblariga kuyidagi kursatkichlar kiradi:
1. Transport tarmoklarining uzunligi (km);
2. Tashiladigan yulovchilar soni;
3. Xarakatda bulgan transport vositalarining soni va ulardan foydalanishning texnik–iktisodiy kursatkichlari. Masalan, transport vositalaridan foydalanish urtacha tezligi (1 vagonda yulovchilarni kiritish mumkin bulgan imkoniyat).
Gaz bilan ta`minlashda kuyidagi kursatkichlar kullaniladi:
1. Gazlashtirilgan kvadratlar soni;
2. SHaxardagi gaz tarmoklarining uzunligi;
3. Iste`molchilarga sotiladigan gazning xajmi (m3);
Issiklik bilan ta`minlash tarmogida kuyidagi kursatkichlardan foydalaniladi:
1. Issiklik bilan ta`minlaydigan tamoklarning uzunligi;
2. Issiklik bilan ta`minlangan kvadratlar soni;
3. kozonxonalar kuvvati;
4. Iste`molchilarga sotiladigan issiklik xajmi.
Kuchalarni mexanizatsiyalashgan tozalash tarmogining ishlab chikarish dasturiga kuchalarni va xiyobonlarni supurish, suv sepish, axlatlarni olib chikib ketish va kishda korlardan tozalash kiradi. Bu tarmok rivojlanishining eng asosiy kursatkichi yigishtiriladigan kucha va xiyobonlarning maydoni xisoblanadi. Uni xisoblashda kuchalarni tozalaydigan mashinalarning son, axlatlar kayta ishlanadigan xajm kursatkichlaridan foydalaniladi.
Kukalamzorlashtirish kursatkichlari kuyidagilardir:
1. SHaxardagi erlarning maydoni (ming m2);
SHu jumladan, uy–joy, korxonalar kurilgan erlar maydoni;
2. SHaxardagi ekilgan maydonlarning xajmi.
Mexmonxona xujaligi kursatkichlari:
1. Mexmonxonalar soni, ularning klasslar buyicha bulinishi;
2. Mexmonxonadagi nomerlar soni;
3. Bir vakt mobaynida joylanish imkoniyati;
4. Mexmonxonalarda koyka–sutkaning umumiy soni.
Kuchalarni elektrlashtirish kursatkichlari:
1. elektr tarmoklarining uzunligi;
2. YOritiladigan tarmoklarning uzunligi.
Uy–joy xujaligida kuyidagi kursatkichlardan foydalaniladi:
1. Turar joy erlarining borligi (ming m2); shu jumladan, turar – joy fondini kulayliklar bilan ta`minlash darajasi;
2. Uy–joylarning eskirganlik darajasi;
3. Kapital ta`mir xajmi;
4. Uy–joy fondining joriy ta`mir xajmi va xokazolar.
Maishiy va kommunal xizmatlar soxasiga izchil ravishda bozor munosabatlari tadbik etilmokda. konunchilik va me`yoriy va xukukiy asos mustaxkamlanmokda, uy–joy mulk egalari shirkatlarning faoliyati faollashmokda . 2005 yilda kommunal xitzmatlar tariflarining asossiz usishiga barxam berish, kommunal soxaga energiyani tejovchi texnologiyalarni tadbik etish buyicha maksadga yunaltirilgan ishlar olib borildi, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan xolda injinerlik infratuzilmasini modernizatsiyalash va texnik jixatdan kayta kurollantirish buyicha loyixalar amalga oshirildi.
SHu bilan birga xizmat ko’rsatish bilan alokador bulgan bir kator muammolar xam mavjud. Jumladan, uy–joy kommunal xujaliklarida issiklik,gaz, ichimlik suvi bilan konikarli darajada ta`minlamaslik muammosi mavjud. Tashkil etilgan uy–joy mulk egalari, shirkatlari(UMSH) etarli darajada katta vakolatlar, zarur imtiyozlar va pereferenntsiyalarga ega bulsalarda, xozircha uy–joy mulkdorlarining xakikiy uz–uzini boshkarixsh instituti bula olishmadi. Aholining uy–joy , kasalxona, koykalari, ambulator poliklinika muassasalari bilan ta`minlanganligi , ukuvchilarni bir smenaga kamrab olish, Aholining suv utkazgich tabiiy gaz bilan ta`minlanganligi respublikadagi urtacha darajadan yukori kursatkichlarga ega bulgan Toshkent shaxri va Sirdaryo viloyati eng kulay xududlar xisoblanadi. eng nokulay xudud barcha kursatkichlar buyicha respublikadagi urtacha darajadan kuyida joylashgan kashkadaryo viloyati xisoblanadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling