Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Bozor iktisodiyotiga utishda ta`lim tizimini tartibga solish
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
3.Bozor iktisodiyotiga utishda ta`lim tizimini tartibga solish
Uzbekiston uz mustakilligini kulga kiritgan paytda nisbatan yukori ta`lim darajasi bilan ajralib turardi. Bunda ta`lim tizimi jumlasiga maktabgacha bolalar muassasalari, urta maktab, maxsus xunar–texnika bilim yurtlari xamda oliy ukuv yurtlari kirar edi. YOshi katta Aholi orasida savodxonlik darajasi 97%, yoshi 25 dan katta bulgan xar bir kishining ta`lim muddati urtacha olganda 10 yilni tashkil etar edi. Ammo ukish sifati bilan boglik bir kator kamchiliklar mavjud edi: –tizim davlat rejasi va shurolar mafkurasiga asoslangan edi; –ta`lim rejali iktisodiyot sharoitiga muljallangan edi; –ta`lim dasturi urtacha darajadagi talabaga (ukuvchiga) muljallangan edi; –ta`lim berish turlari passiv tinglovchiga muljallangan edi; –ukituvchining dars berish uslubi kattik reja asosida va kuchli nazorat ostida edi; –ukuv muassasalalaridagi ukitish xonalari ta`lim berish maksadlariga muvofik kelmasdi (8000 ukuv muassasining yarmidan kupi kayta jixozlangan uy–joy binolariga joylashtirilgan edi, kismidan ortikrogi suv bilan ta`minlanmagan, taxminan 10 ta maktabning birida isitish va kanalizatsiya yulga kuyilmagan edi). Bu kamchiliklar ma`lumotli kishilar potentsialiga uz ta`sirini kursatadi va ijtimoiy xavfni yuzaga keltiradi. Ijtimoiy siyosatni yurgizishda ta`lim masalalari uch asosiy sababga kura muxim axamiyatga ega: –kishilarning konunga amal kilish va demokratiyaga asoslangan jamiyatni kurishda ishtirok etish xukukidan foydalanishlarida ta`lim asosiy omillardan biri xisoblanadi; –ta`lim ijtimoiy boylikning muxim kismi xisoblanadi, u uzbek xalkining boy tafakkuri va milliy merosini tiklashda asos vazifasini utaydi; –ta`lim iktisodiy usishni ta`minlaydi, kishilarga iktisodiyotga moddiy xissa kushish uchun zarur bulgan kunikmalarni beradi. Utish davrida milliy daromad pasayganligi sababli ta`lim tizimini moliyaviy jixatdan ta`minlash biroz kamaydi. Ammo milliy daromadning pasayishi boshka mamlakatlardagi kabi sezilarli darajada bulmagani sababli Uzbekiston ta`lim darajasini yukori darajada saklab kola oldi. 1997 yilda Uzbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi kabul kilindi. Mazkur dasturning maksadi ta`lim soxasini tubdan islox kilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy axlokiy talablarga javob beruvchi yukori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. "Ta`lim tugrisidagi" Uzbekiston Respublikasi konuniga muvofik ta`lim tizimini islox kilish davlat va nodavlat ta`lim muassasalari urtasida ta`lim soxasidagi rakobat muxitini shakllantirish negizida ta`lim tizimining rivojlanishini ta`minlashdan iborat. Ushbu maksadni amalga oshirish kuyidagi vazifalarni xal kilishni takozo etadi: –ta`lim va kadrlarni tayyorlash tizimini demokratik xukukiy davlat kurilishi jarayoniga moslash; –ta`lim, kadrlarni tayyorlash tizimi va muassasalarni yukori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash; –ta`lim va kadrlar tayyorlash muassasalari xodimlarini attestatsiyadan utkazish, akkreditatsiya kilish sifatiga baxo berishning xolis tizimini joriy kilish; –uzluksiz ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashkari mablaglar, shu jumladan, chet el investitsiyalarini jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chikish va amaliyotga joriy etish. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan taklif etilgan uzluksiz ta`limning tamomila yangi tizimi yukorida aytilgan kamchiliklar bartaraf etilsa, Uzbekistonda xar tomonlama kuchli, bilimdon XXI asr avlodini shakllantirishga sharoit yaratadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalari keng kamrovlidir. Avvalo, biz kadrlar tayyorlashda rakobatbardoshlikka asoslanishimiz, ya`ni rakobat muxitini shakllantirishimiz kerak. Mazkur masalalar kompleks tarzda, barchaning bevosita ishtirokida xal etilishi zarur. Ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini yangilash, rivojlangan xukukiy davlat kurilishi jarayonlariga moslash xam asosiy vazifadir. Ta`lim tizimini rivojlangan demokratik – xukukiy davlat kurilishi jarayoniga moslash deganda, ukuvchi milliy va umuminsoniy kadriyatlarni uzlashtirishi va shular asosida mustakil fikrlashga, uz xukuk va burchlarini ukish jarayonida urganib borishi tushuniladi. konunlar maktabgacha ta`lim muassasalarida uziga xos uyin orkali, umumta`lim maktablarida bolaning kabul kilish darajasiga karab urgatilishi mumkin. Akademik litsey va kasb–xunar kollejlarida esa konunlar urganilishi konkretlashtiriladi. Masalan, fermerlik buyicha kasb–xunar kollejida ukiyotgan xar bir bulajak kichik mutaxassis– "Fermerlik tugrisida"gi, "Er tugrisida"gi kator konunlarni, bank bilan ishlashni, shartnoma tuzishni, marketing konuniyatlarini va boshka me`yoriy xujjatlarni bilsa va ularga amal kilsa jamiyatda kanday uzgarish sodir bulishini tasavvur kilish kiyin emas. Uzbekistonda utish davri mobaynida ta`lim tizimini islox etishga doir bir kator chora–tadbirlar kabul kilindi. Bulardan asosiysi yosh avlod talablarini kondirish uchun va bozor iktisodiyoti talablaridan kelib chikkan xolda ta`lim sifatini kutarishdan iborat edi. Bu borada bir kator ijobiy natijalarga erishildi. CHunonchi: –maktabgacha tarbiya yoshdagi ta`lim sektorida "bolalar bogchasi–maktab" kurinishidagi uylardagi bolalar bogchasi va majmualari, shuningdek, bolalar san`at, musika, chet tillari va komp’yuter savodi asoslari bilan shugullanuvchi 800 dan ziyod guruxlar yaratildi; –yangi tipdagi ukuv muassasalari; 240 ta litsey va 136 ta gimnaziya yuzaga keldi. 1991 yildan boshlab maxsus ta`lim maktablarining soni 6% ga, oliy ukuv muassasalarining soni esa 30% ga usdi; –Aholining yoshi katta kismiga kasbiy ta`lim beruvchi va biznes soxasida, bank ishlari, solik solish, taftish utkazish va bojxonalarni boshkarish, shuningdek, fermerlar uchun maxsus kurslarni uz ichiga oluvchi urta maxsus ukuv muassasalarini kayta kurish ishlari boshlab yuborildi; –boshlangich sinf ukuvchilariga ta`lim uzbek tilida lotin yozuviga asoslanib berilmokda. Erishilgan ushbu natijalarga karamasdan, xali echilmagan muammolar juda kup: – xar yili umumiy majburiy ta`lim olgan 80000 dan 100000 nafargacha yoshlar ishlab chikarish soxalariga yoki kasbiy ta`limni davom ettirish uchun jalb etilmasdan kolmokda. Berilayotgan ta`lim sifati va kulamini ulchash borasida xam muammolar mavjud; – darslik tayyorlash buyicha maxsus dasturlar bulishiga karamasdan ukuv kullanmalari bilan ta`minlash borasida muammolar mavjud: kupchilik maktablarning kutubxonalari tegishli adabiyotlar bilan 70–75% ga tuldirilgan, ukuvchilar axborotlardan tulik foydalanish imkoniyatiga ega emas. Kimyo laboratoriyalari uchun ukuv jixoz–uskunalari etishmaydi. Mamlakatimizning kup mintakasida, masalan, korakalpogistonda kup maktab bolalari oddiy sharoitga xam ega emas. Maktablar ikki smenali va xokazo. Ta`lim soxasida orkada bulgan mamlakat kelajakda tarakkiyot borasida xam orkada koladi. Bu ayniksa, bozor iktisodiyotiga utish sharoitida muxim axamiyat kasb etmokda. Uzbekiston xukumati buni xis etgan xolda 1997 yilda ta`lim tizimidagi isloxotlarning ikkinchi boskichiga utdi. Xozirgi davrda respublika Aholisining katta yoshdagi kismiga kasbiy extiyojdan kelib chikkan xolda uzluksiz ta`lim berish dasturi amalga oshirilmokda. Bu borada muayyan ijobiy natijalarga erishildi. YAngi muassasalar, shu jumladan, 14 ta litsey va 103 ta kasbiy kollej tashkil etildi. Osiyo tarakkiyot banki Uzbekiston xukumatiga maktablarga yangi darslik olish uchun 40 million dollar mikdorida va kasbiy ukuv muassasalari tarmogini tarakkiy ettirish uchun 50 million dollar mikdorida kredit berdi. Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimiga utishga katta e`tibor karatilmokda. Buni mavjud ta`lim tizimi va kiritilayotgan uzluksiz ta`lim tizimi aks ettirilgan kuyidagi sxema xam kursatib turibdi: A. Mavjud ta`lim tizimi.
B)Kiritilayotgan uzluksiz ta`lim tizimi.
Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling