Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet32/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

4

Rossiya

20 hafta. Agar ish haqi 800 dollirdan oshiq bo’lmasa

330 dollar

1,5 yoshgacha 60 dollardan minimum, maksimum 7500 rubil (180dollar)

Xomilador ayollarga beriladigan 360 rubil. Agar ro’yxatdan o’tilgan bo’lsa, keyin ona uchun 312 ming rubil, maktabda ovqatlashi uchun imtiyozli talonlar.



Tarraqiy etgan mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini amal qilishi
1. Jahon miqyosida bu boradagi ahvolga nazar tashlash foydadan holi bo’lmaydi. 2008 yilda er yuzining rivojlangan davlatlarida boshlanib so’ngra dunyoni o’rab-chirmab olgan moliyaviy tanglik tufayli kamida 30 million kishi o’z ish joyidan mahrum bo’ldi. Buning natijasida qanchadan-qancha oilalar tirikchilik manbaidan ayrildi. Bugun dunyoning manaman degan davlati AQSHning tashqi davlat qarzlari 14 trillion dollardan oshib ketdi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, agar qarzdorlik har bir fuqaro zimmasiga bo’lib chiqilsa, kishi boshiga taxminan 46 ming AQSH dollaridan tushadi. evropa Ittifoqi davlatlaridagi vaziyat bundanda abgor. evropa oilasining yagona pul birligi evro taqdiri xavf ostida qolgan. YAgona pul birligi makoniga kirgan har bir davlat milliy valyutaga qaytish haqida bosh qotirgan vaqtlar ham bo’ldi. Kuzatuvchilar fikricha, tezkor choralar ko’rilmasa, global miqyosda inqirozning navbatdagi to’lqini boshlanishi hech gap emas. Mana shunday sharoitda rivojlanayotgan davlatlar oyoqda tursin, rivojlangan davlatlarda ham ijtimoiy himoyani keskin qisqartirish va kamaytirishga qaratilgan choralar ko’rilmoqda.
Agar 1947 yil Italiya Konstitutsiyasi, 1949 yildagi Germaniya Asosiy qonuni ekalogiya muammosini o’sha paytda ko’ra olmagan bo’lsa, 1978 yilda qabul qilgan Ispaniya Konstitutsiyasining 45-moddasida bunday belgilab qo’yilgan: 1. Ommaviy (umumiy) hokimiyatlar zarur bo’lgan jamoatchilik birdamligi, ko’magiga tayangan holda yashash sifatini himoya qilish va qayta tiklash maqsadida butun tabiat zahiralaridan unumli foydalanish ustidan nazorat olib boriladi.
2. Bundan oldingi me`yor, ko’rsatmalarga xilof ish tutgan shaxslarga nisbatan, qonunda belgilangan muddatlarga jinoiy jazolar, tegishli holatlarda esa ma`muriy jazolar belgilanadi, shuningdek keltirilgan zararni to’lash majburiyati yuklanadi”. SHunga o’xshash majburiyatlar postsotsialistik konstitutsiyalar orqali davlat va jamiyat zimmasiga yuklab qo’yilgan. Bu ma`noda, GFRning sharqiy hududlarida joylashgan ozod Saksoniya davlati tomonidan 1992 yil qabul qilingan konstitutsiyani alohida ta`kidlash mumkin. Uning hatto birinchi moddasi Saksoniyani hayot va madaniyatning tabiiy negizlarini himoya qilishga majbur bo’lgan demokratik, ijtimoiy hamda huquqiy davlat sifatida ta`riflaydi. Ushbu konstitutsiyaning 10-modda 1-qismiga muvofiq, Saksoniya davlati va unda istiqomat qilayotganlarning barchasiga kelajak avlodlar oldidagi o’ta buyuk mas`uliyatlardan kelib chiqqan holda, hayot negizi bo’lgan tashqi muhitni muhofaza qilishdan iborat burch belgilangan. Er, havo va suv, hayvonot va o’simliklar, shuningdek, butun landshaft (manzara, borliq), makon alohida muhofaza qilinmog`i lozim. Davlat xomashyo zahiralarini tejamli ishlatilishi va ularning yangilab borilishi, suv va energiyadan ham tejamli foydalanishga erishishi lozim. Ushbu moddani 3-qismi tabiat go’zalligiga mahliyo bo’lish va tabiat qo’ynida dam olish huquqining tan olinishini ko’zda tutadi, chunki, ushbu me`yor 1-qismda belgilangan maqsadlarga zid emas. Bu borada barcha uchun tog`lar, o’rmonlar, dala bog`lar, ko’l va daryolarga borish imkoniyati ta`minlanmog`i lozim. Ba`zi konstitutsiyalarda davlatning, ba`zan tashqi muhitning ajralmas unsuri (elementi) sifatida qabul qilinadigan tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish majburiyat (burch)i ham belgilab qo’yilgan. Masalan, Gretsiya Konstitutsiyasining 24-moddasi, 1-qismida shunday deyiladi: “Tashqi va madaniy muhitni himoya qilish davlatning vazifasi (burchi)dir”, ushbu moddaning 6-qismiga muvofiq esa “yodgorliklar, shuningdek, tarixiy joylar va ularning tarkibiy qismlari davlat muhofazasi ostidadir. Qonun ushbu muhofaza uchun zarur bo’lgan mulk uchun cheklov choralari, shuningdek, bunday mulk egalariga beriladigan to’lovlarning amalga oshirilishi qoidalari va tartiblarini belgilaydi”. Inson hayoti va sog`lig`i muhofazasi ko’pchilik zamonaviy konstitutsiyalar tomonidan jamiyat va davlatning muhim vazifalaridan biri sifatida ko’rib chiqiladi. Braziliya Konstitutsiyasining 196, 200-moddalaridagi holat (me`yor)larni keltirish mumkin. Ushbu moddalarda ittifoq, shtatlar, federal okruglar va munitsipial hokimiyatlarning ijtimoiy ta`minot budjetlaridan, shuningdek, yagona tizim nazorati ostida faoliyat ko’rsatayotgan boshqa jamg`armalar va xususiy muassasalardan moliyalashtiruvchi yagona sog`liqni saqlash tizimining uyg`unlashuvi ko’zda tutiladi. Xususiy muassasalar yagona tizim bilan ommaviy huquqiy shartnoma va bitimlar tuzgan holda uni to’ldirish mumkin, shartnoma va bitimlar asosida yagona sog`liqni saqlash tizimi ularga maqsadli moliyaviy yordamlar ko’rsata oladi. Konstitutsiya sog`liqni saqlash bilan bog`liq muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun tamoyil (prinsip)larni belgilaydi. Masalan, qonun chiqaruvchi organlar, to’qimalar, xujayralar, substansiya (javxar)larni transplantatsiya (ko’chirib o’tkazish) qilish va tijorat maqsadlarda foydalanishning har qanday shaklini taqiqlanmog`i lozim. Ko’pchilik konstitutsiyalarda ushbu masala bo’yicha me`yorlar o’ta qisqa shakl va mazmunda tartibga solingan. Ruminiya Konstitutsiyasining 33-moddasi 2-qismiga muvofiq “davlat orastalik (gigiena) va ommaviy sog`liqni ta`minlash uchun chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim (shart)”, 3-qismiga ko’ra esa “kasallikka chalinganda, nogiron bo’lib qolganda, onalik va sog`liqni tiklash holatlarida tibbiiy yordam va ijtimoiy ta`minot tizimini tashkil etish, tibbiyot kasbi va parameditsina (tibbiyotga yakin turuvchi) faoliyatlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat va shuningdek, shaxslarning jismoniy va ma`naviy sog`liqlarini himoya qilish bo’yicha choralar qonunga muvofiq belgilanadi”. Bu borada, Xitoy Konstitutsiyasining ijtimoiy hayotni davlatlashtirilishini tavsiflovchi 21-moddasida keltirilgan holat qiziqish uyg`otadi: “Davlat sog`liqni saqlash, zamonaviy va Xitoy an`anaviy (xalq) tibbiyoti va farmokologiyasi (dorishunosligi)ni rivojlantiradi, qishloq jamoa xo’jaliklari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan turli xil sog`liqni saqlash tashkilotlarining barpo qilishini rag`batlantiradi va qo’llab quvvatlaydi, ommaviy sanitariya (sog`lomlashtirish) tadbirlari o’tkaziladi va xalq sog`lig`i muhofaza qilinadi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiradi, ommaviy sport tadbirlari o’tkaziladi, xalq sog`lig`ini mustahkamlab boradi”. Nihoyat, ko’pgina konstitutsiyalar davlat zimmasiga ijtimoiy zaif ijtimoiy guruhlarni himoya qilish kabi vazifalarni yuklaydi. Masalan, 1946 yilda qabul qilingan Fransiya Konstitutsiyasining hozirda amalda bo’lgan so’zboshisi belgilaydiki, millat “barcha uchun, jumladan, bolalar, onalar va keksa mehnatkashlar uchun sog`liqni saqlanishi, moddiy ta`minot, dam olish va bo’sh vaqtni kafolatlaydi. Har qanday inson mavjudoti, ya`ni yoshi, jismoniy yoki aqliy holati bo’lmasa iqtisodiy ahvoliga ko’ra, mehnat qilish qobiliyatidan mahrum bo’lgan har bir inson kun kechirish uchun zarur bo’lgan mablag`ni jamoadan olish haqiga egadir”. Inson munosib hayot kechirish uchun pul ishlab topish imkoniyatidan biron bir sababga ko’ra, mahrum bo’lgan shaxslar yoki boshqa xil daromad manbaiga ega bo’lmagan shaxslarning ijtimoiy ta`minlanishi ikki xil turga bo’linadi: bu ijtimoiy sug`urta va ijtimoiy yordam. Ijtimoiy sug`urta, odatda, ish beruvchi yoki tegishli jamg`armalarga majburiy badallar to’lab beruvchi xodimlarning o’zlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday jamg`arma (fond)lardan nafaqalarning turli xillari muntazam to’lab boriladi. SHaxs, shuningdek, ixtiyoriy ijtimoiy sug`urta xizmatiga ham murojaat qilish mumkin. Bunda u qo’shimcha nafaqa turlaridan foydalanish huquqiga ham ega bo’ladi. Ijtimoiy yordam xususida aytadigan bo’lsak, ushbu yordam davlat yoki mahalliy hududiy jamoalar (shahar, jamoatchilik tashkiloti va hokazo) tomonidan halokat yoqasida qolgan, ijtimoiy sug`urta bo’yicha ta`minlanish huquqiga ega bo’lmagan yoki bo’lmasa ijtimoiy sug`urta jamg`armalaridan kun kechirish uchun etmaydigan miqdorda, ya`ni juda oz miqdorda mablag` oluvchi shaxslarga nisbatan ko’rsatiladi. Ushbu ikkala shaklni 1990 yilda qabul qilingan Xorvatiya Konstitutsiyasi aniq ravshan ajratib ko’rsatadi. U o’zining 56-moddasida belgilaydiki, ishchi xodimlar va ularning oila a`zolarining ijtimoiy muhofazada bo’lishi va ijtimoiy sug`urtalanishi qonun va jamoa shartnomasi bilan tartibga solinadi, shuningdek, onalik va bolalik bilan bog`liq huquqlar ham qonun bilan tartibga solinadi. 57-moddaga ko’ra esa “zaif, xasta va boshqalarga ishsizlik yoki mehnatga layoqatsizlik oqibatida respublikadagi ta`minlanmagan fuqarolarga asosiy hayot ehtiyojlarini qondirilishi uchun yordam olish huquqi ta`minlanadi”. Xuddi shu moddada ko’rsatib o’tiladiki, Respublika nogironlarni himoyalash va ularni ijtimoiy hayotga jalb qilishga asosiy e`tiborni qaratadi va g`amxo’rlik qiladi, shuningdek xorijdan insoniylik yordamlari olinishi taqiqlanishi mumkin emas. rezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma`ruzasida xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga doir chora-tadbirlar tizimida sog’liqni saqlash va aholi salomatligini mustahkamlash muhim o’rin tutishi alohida ta`kidlandi. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida aholiga shoshilinch va yuqori malakali tibbiy yordam ko’rsatish uchun yuksak talablarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan shifoxona va bo’limlar tarmog’i tashkil etildi. Sog’liqni saqlashning birlamchi bo’g’inida, ayniqsa, qishloq joylarda jiddiy o’zgarishlar ro’y berdi. Samarasiz ishlayotgan feldsherlik-akusherlik punktlari va qishloq ambulatoriyalari o’rnida zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlangan uch mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti tashkil etildi. Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lash va ularni rag’batlantirish tizimining har tomonlama qayta ko’rib chiqilishi aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishni sifat jihatdan yaxshilash imkonini bermoqda. Natijada keyingi 2-3 yilda soha xodimlarining ish haqi 2 barobardan ziyod ko’paydi. Davlatimiz rahbarining shu yil 19 sentabrda qabul qilingan “Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi farmoni bu ishlarning mantiqiy davomi bo’lib, xalqimiz salomatligini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasida mazkur farmon ijrosiga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilishda shu haqda so’z bordi. Qo’mita raisi Botir Parpiev Prezidentimizning mazkur farmoni aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash borasidagi g’oyat muhim hujjat ekanini, uning ijrosini ta`minlash soliq sohasi xodimlari zimmasiga ham katta mas`uliyat yuklashini alohida ta`kidladi. Farmonda qayd etilganidek, 2007 yilning 1 oktabridan aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko’rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) tibbiyot muassasalarining tovarlar (ish, xizmatlar) sotish hajmlaridan tushadigan daromadlari budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga o’tkaziladigan majburiy ajratmalar va yagona ijtimoiy to’lovlardan tashqari, 5 yil muddatga barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lashdan ozod etiladi. Bo’shaydigan mablag’lar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga maqsadli ravishda yo’naltiriladi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling