Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Avstraliya, Kanada, Finlyandiya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Daniyada
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koreya hukumati
- Buyuk Britaniyada
- MDH davlatlari
Avstraliya, Kanada, Finlyandiya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Daniyada nafaqani qayta hisoblab chiqish negizida ish haqi ko’rsatkichini o’zgartirish tartibi yotadi. SHu bilan birga ish haqining umuman narxga nisbatan tez o’sishi va pensionerlarning turmush darajasi ishlaydiganlarnikiga muvofiq ravishda ortib borishi zarurligi e`tiborga olinadi.
AQSH, SHvetsiya, YAponiya, Kanada, Finlandiya, Norvegiya, SHvetsariyada nafaqani qayta hisoblab chiqishda yashash qiymati (jon boshiga iste`mol holati) ko’rsatkichidan foydalaniladi. Bunday holda nafaqa darajasi va ish haqi darajasi o’rtasidagi tafovutni kamaytirish, iste`mol mollari narxining oshishi munosabati bilan pensionerlar ko’radigan zararni aks ettiruvchi qat`iy miqdorda nafaqaga qo’shimcha qo’shiladi. 25 Bu ijtimoiy kafolatning bir shaklidir. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida umummilliy ijtimoiy sug’urta tizimidan tashqari, xususiy firmalar tomonidan to’lanadigan qo’shimcha nafaqalar keng tarqalgan. Masalan, Fransiyada barcha yollanma ishchilar mana shunday qo’shimcha ta`minot tizimi bilan qamrab olingan. Nafaqa olishga haqi bo’lmagan yoki nafaqa, nafaqa miqdori turmush kechirishga etmaydigan shaxslarga kelganda shuni aytish kerakki, muhtojlarga yordam beruvchi jamg’armalar idoralarning e`tibori ana shunday shaxslarga qaratilgan bo’ladi. Bunday faoliyatga murruvat ko’rsatuvchi nodavlat tashkilotlar tizimi ham jalb etilgandir. SHu o’rinda xususiy jamg’armalari o’zlarining ishtirokchilarini etarli nafaqa bilan ta`minlay olmasalar nima bo’ladi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu jarayon ham rivojlangan demokratik mamlakatlar qonunlarida o’z ifodasini topgan. ya`ni, xususiy nafaqa jamg’armalari yaxshi faoliyat ko’rsatmay etarli nafaqa miqdorini ta`minlay olmasa, yangi nafaqa tizimiga 20 yildan kam bo’lmagan davrda sug’urta badali o’tkazgan fuqarolarga yashash minimumi miqdorida nafaqa to’lashni kafolatlaydi.26 Janubiy Koreyaning iqtisodiy yutug’i koreys xalqining hormay-tolmay, g’ayrat bilan qilgan mehnatining, shuningdek uzoqni ko’ra biladigan korxona egalarining tavakkal qilishga tayorligining, hukumatning kerakli paytda siyosiy tadbirlarni o’z vaqtida qabul qilishi va ularni samarali amalga oshirishning natijasi hisoblanadi. Koreya industrlashtirishning keskin siyosati keyingi uch o’n yillikda tengsiz ravishda iqtisodiy yuksalishga olib keldi. Lekin aholining ijtimoiy himoyasiga yaqin kunlargacha etarli darajada ahamiyat berilmay kelindi. Biroq ijtimoiy ta`minot dasturini ishlab chiqishdagi bunday vazminlikni iqtisod rivojini birinchi o’ringa qo’yish yoki hukumatning e`tiborsizligi deb ta`riflash kerak emas. Bu vazminlik insoniy oriyatning asosiy tamoyili yuzaga chiqishi bilan bog’liq xususiyatdir. SHunga ko’ra har bir o’g’il o’z ota-onasini ta`minlashga mas`uldir. Koreya shaharlarida ko’p bolali oilalar ham, katta yoshdagi bolalar va keksa ota-onalar ham bir-birlaridan alohida yashaydilar. SHunga qaramay, Koreyada oila a`zolari yoki qarindosh-urug’lardan biri og’ir ahvolga tushib qolgudek bo’lsa, bir-birlariga yordamlashadilar. Bu erda “katta oila” kontseptsiyasiga asoslangan oilaviy hamkorlik hissi tufayli muhtoj kishilarni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvatlashga kuchli ahamiyat beriladi. Bu hamkorlikni saqlash va rag’batlantirish uchun Koreya hukumati tomonidan keksaygan ota-onalariga qarab turgan shaxslarga imtiyozli soliq va boshqa engilliklar joriy qilingan.27 SHuni alohida takidlash zarurki, ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy yordamning davlat dasturi nafaqa berish va tibbiy yordamning davlat dasturi doirasida xizmat ko’rsatishni nazarda tutadi. Davlat dasturi doirasiga ma`lumot olish va uy joy qurilishi homilador ayollarga yordam va vafot etganda nafaqa berish ham kiradi. fuqarolarning maishiy turmushiga doir dasturning masqsadi kambag’allar, jumladan, boshpanasiz bolalar, qariyalar, og’ir ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va nogironlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvatlash hisoblanadi. Hech bir mubolag’asiz aytish mumkinki, mustaqillikka erishgan yoki bo’lmasa, o’z vaqtida tub islohotlar o’tkazgan rivojlangan mamlakatlarda ham Germaniyadagidek kuchli ijtimoiy muhofaza qo’llanilmagan. Ijtimoiy himoya eng kuchli hisoblangan shvetsariyada ham faqatgina 12 foiz oila davlat tomonidan turli xil ijtimoiy yordam oladi. Bu ko’rsatkich Buyuk Britaniyada 7 foizni tashkil etadi. YOki bo’lmasa, iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan AQSHda ham davlat faqatgina o’zini-o’zi boqish imkoniyatiga ega bo’lmagan yoki bo’lmasa ijtimoiy yordamga o’ta muhtoj aholi toifalarigagina yordam beradi xolos. 29 Aholini ijtmoiy himoya qilishning Osiyo davlatlari tajribasi esa, G’arb davlatlarinikidan ancha farq qiladi. Masalan, YAponiyada Ikkkinchi jahon urishidan keyin asosiy e`tibor jamiyatni isloh qilishga va aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan. YAponiya ijtimoiy ta`minot tizimining bosh bo’g’ini ijtimoiy sug’urta hisoblanadi va uning vazifasi vaqtinchalik yoki butunlay mehnatga yaroqsiz bo’lib qolganlarga yordam ko’rsatishdir. Ijtimoiy yordam sug’urta fondlari hisobidan faoliyat ko’rsatadi. Mamlakatda ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha 1973-hamda 1983-yillari islohot o’tkazilib, aholi ijtimoiy ta`minoti doirasi yanada kengaytirildi. Davlat ayrim hollarda nafaqaga qo’shimcha miqdorda dotatsiya to’laydi. 1941-yildan boshlab YAponiyada “farovonlik nafaqasi” tashkil qilingan bo’lib, 1980-yilda bu nafaqani oluvchilar 26,8 million kishini tashkil etgan, ularning hammasi xususiy korxonalarning ishchilari bo’lgan. Sug’urta fondi mablag’larining asosini ishchilarga to’lanadigan badal tashkil qiladi. Bu ish haqqining 11,3-13,6 foizini tashkil etib, mablag’ning yarmini sug’urtalanuvchilar, qolgan yarmini esa ish beruvchi beradi. O’z navbatida hukumat nafaqa summasining 20-25 foizini to’laydi. Nafaqa qariligi, nogironligi, boquvchisidan ajralganligi uchun beriladi. YAponiya sog’liqni saqlash sug’urtasi Osiyo qit`asida eng namunali sanaladi. Sog’liqni saqlash fondi sug’urta fondi tomonidan moliyalashtiriladi. Aholining ma`lum guruhlariga bepul tibbiy xizmat ko’rsatib kelinmoqda. Sog’liqni saqlash sug’urta fondi ishchilarning sug’urta badallari, davlat mablag’lari hisobiga hamda korxonalar o’tkazadigan mablag’ hisobiga vujudga keltiriladi. Mamlakat sog’liqni Sug’urtalash milliy tizimi asosan kichik mulkdorlar sinfini qamrab olgan bo’lib, 45 million kishiga xizmat ko’rsatadi. Fuqaro kasalxonada davolansa, birovlarning qaramog’ida yashaydiganlarga davlat 70 foiz xarajatni to’laydi, 30 foizini esa fuqarolarning o’zlari to’lashadi. Ayrim hollarda kasalni davolash uchun xarajatlar ko’payib ketsa, xarajatlarning bir qismi sug’urta puli hisobidan qoplanadi. YAponiya sug’urta tizimi fuqarolarga hamma sharoitda ham yordam berishga mo’ljallangan. Tashkilot va muassasalar bilan hisob-kitoblarni Sog’liqni saqlash va Ijtimoiy ta`minot vazirligi tasdiqlagan tibbiy xizmat ko’rsatish ta`riflariga asosan olib borish mamlakat bo’yicha joriy etilgan. Sug’urtalangan fuqaro ishga chiqmagan, jarohat olgan, ta`til va boshqa hollarda 4-kundan boshlab mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun 60 foiz miqdorda ish haqi olish huquqiga ega bo’ladi. Bunday to’lovlar eng ko’pi bilan 6 oy muddatga to’lanishi mumkin. Bola tug’ilganligi va bolaga qarash uchun ham maxsus pul to’lovlari amalga oshiriladi. YAponiyada har yili 60 yoshgacha bo’lgan qariyalarni tibbiy ko’rikdan bepul o’tkazish va 70 yoshga kirganlarga bepul yordam ko’rsatish joriy qilingan.30 SHuni alohida aytib o’tish joizki, rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy ta`minot tizimining tajribasi mehnatkashlar huquqini himoya qiluvchi jamoat tashkilotlari, avvalo kasaba uyushmalarining jonbozligi tufayli qo’lga kiritilagan. Endi bu jarayonni MDH davlatlari bilan bog’liq holda tahliliy jihatdan ko’rib chiqadigan bo’lsak, sobiq Ittifoqning aksariyat davlatlarida aholining ijtimoiy himoyalash turli darajada kechmoqda. SHu bois qator mamlakatlarda ijtimoiy muammolar keskinligicha qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi quyidagilardan iborat. Maqsadli Mamlakatni iqtisodiy rivojlanish darajasiga mos bo’lishi kerak. Samarali (adrisli). YAxshi boshqariladigan (hammasi yaxshi bo’ladigan informarmatsiyalar), kam maqsadlarlar bilan maqsadga erishish (provard), adolatli, aholini urf-odagi, madaniyati an`analariga va mentalitetini hisobga olgan bo’lishi kerak. Aholini ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirishgan quyidagi ijtimoiy sestemalar faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy sug’urta tizimi Ishsizlarni qo’llab – quvvatlash tizimi Kam ta`minlangan oilalar va bolali oilalarga yordam ko’rsatish tizimi . Aholining ayrim tabaqalariga imtiyozlar va avzalliklar tizimi. Tarraqiy etgan mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini amal qilishi
Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling