Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


“Sotsial bozor iqtisodiyoti” Germaniya modeli


Download 1.46 Mb.
bet33/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

2. “Sotsial bozor iqtisodiyoti” Germaniya modeli.
Sotsial iqtisodiyotni shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari turli mamlakatlardagi sotsial-iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida tarixiy, geosiyosiy, milliy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa xususiyatlari ega. Lekin barcha modellar asosida neoliberalizm kontseptsiyasi yotadi. Neoliberalizm kontseptsiyasi asosida esa, xilma-xil ehtiyojlarga ega bo’lgan inson haqida g’amxo’rlik qilish g’oyasi turadi. Jamiyatning har bir a`zosi avvalo daxl qilmaydigan, ayniqsa, insoniy fazilatga, shaxsiy rivojlash erkinligiga kabi huquqlarga ega. Jamiyatning barcha a`zolari belgilangan huquqiy me`yorlar va moddiy chegaralar miqyosida shaxsiy farovonligini anglash va amalga oshirish uchun teng imkoniyatlarga ega .
YAngi iqtisodiyot modellaridan biri Germaniyada amal qilayotgan “Sotsial bozoriy iqtisodiyot” hisoblanadi. Sotsial iqtisodiyotsining Germaniya modelining ilmiy asosini neoliberalizm g’oyasi tashkil etadi. Bu kontseptsiyaning negizini kuchli davlat tomonidan ta`minlanadigan, erkinlik tamoyillariga asoslangan, sotsial yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish vazifasi hisoblanadi. Bu g’oyalar sotsial - bozor xo’jalik kontseptsiyasini yaratish asosini tashkil qiladi. Al’fred Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, Vil’gel’m Ryopke bu kontseptsiyaning mualliflari hisoblanadi. Sotsial bozoriy iqtisodiyot kontseptsiyasini rivojida va bu kontseptsiyaning asosiy g’oyalarini urushdan keyingi G’arbiy Germaniyada hayotga bevosita joriy etishda Lyudvig erxardning roli va xizmati katta bo’ldi. Sotsial bozoriy xo’jalik kontseptsiyasi mualiflari mazkur modelining mazmuniga iqtisodiy erkinlikning lozimligi, davlat tomonidan erkinlikning kafolatganligi, fuqarolarning sotsial himoyalashni va sotsial adolatni ta`minlovchi kuchli sotsial siyostni davlat tomonidan amalga oshirish kabi xususiyatlarni singdirgan edilar. Mazkur kontseptsiyada “Sotsial” tushuncha qo’yidagicha talqin qilingan:
1) birinchidan, iqtisodiy samarali bo’lganligi munosabati bilan bozor iqtisodiyoti jamiyatning barcha a`zolar farovonligi uchun shart-sharoitlarni etarli darajada yaratadi va sotsial tabiatga xos xususiyatga ega bo’ladi.
2) ikkinchidan, bozor xo’jaligi sotsial nomaqbul oqibatlar olib keladigan hodisalarni cheklashi kerak. erkin sotsial jarayonning natijalar sotsial jihatdan yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan tahlil qilib tuzatilishi lozim.
Sotsial bozoriy iqtisodiyot modeli bozor sub`ektlarining erkin rivojlanishiga, o’zining Sotsial manfaatlarini anglab olishga va shaxsiy ma`suliyatni tortishga, bozordagi vaziyatga muvofiq markazlashtirish tizimini yo’qotuvchi qarorlarni qabul qilishga yo’naltiriladi. Davlat iqtisodiy siyosatini inson manfaatlariga qaratishi lozim,
Sotsial bozoriy iqtisodiyotning umumiy kontseptsiyaga binoan uning maqsadi va bu maksadga erishish vositalari qo’yidagilardan iborat:
1) Eng yuqori darajadagi farovonlikni ta`minlash. Bu maqsad - erkin raqobatchilik, iqtisodiy erkinlashtirish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratish, jamiyatning mehnatga qodir a`zolarining to’liq bandligiga intilish, ishlashni xohlaydigan har bir kishiga kafolatlangan daromad, tashqi savdoning erkinlashishi, valyutalarningn erkin almashuvini, halqaro mehnat taqsimotini kengaytirishni, tashqi iqtisodiyot faoliyatni erkinlashtirish orqali erishiladi. Bularning barchasi eng yuqori darajali farovonlikni ko’tarish asosiy yo’llari bo’lib hisoblanadi.;
2) Sotsial adolatli pul tizimini va asosiy mollar(tovar) va xizmatlarning narxlari barqarorligini ta`minlashdan iborat. Bu maqsadga mustaqil emission bankning mavjudligi, davlat byudjetining nisbatan barqarorligi, mamlakat iqtisodiyotning doimiy o’sishi asosida to’lov balansining yaxshilanishi orqali erishish mumkin.;
3) Sotsial ta`minlanganlikni, sotsial adolatni, oilalarni sotsial himoyalash, daromadlarni va mulkni adolatli taqsimlashni o’rnatish;
4) Aholini sotsial himoyalash asosi sotsial mahsulot hisoblanadi. Bu jamiyatni sotsial himoyalashga yo’naltiriladigan, yalpi ichki mahsulotning ma`lum qismidir. Sotsial taraqqiyotning va sotsial adolatsizlikni yo’qotishni asosiy garovi halol raqobatchilikning rivojidir. Davlat sotsial himoyalash to’lovlari, nafaqa, yordam to’lovlari, yashash joy uchun qushimcha to’lovlar, dotatsiyalar shaklida daromadlarni va mulkni adolatli taksimlash tadbirlarini amalga oshiradi.. Sotsial – bozoriy xo’jalik kontseptsiyasi ijtimoiy-siyosiy tuzatishlarda belgilangan cheklarning zaruriyatini ta`kidlaydi. Iqtisodiy siyosatda shaxs va ijtimoiy guruhlarning erkinligini cheklamaslik kerak.
Iqtisodiyotning va ijtimoiy jarayonlarning itimoiy bozoriy modeliga muvofiq rivojlanishi urushdan keyingi dastlabki yillarning qiyin sharoitlarga, pasayish va ko’tarilishga qaramasdan, G’arbiy Germaniyada iqtisodiy jihatdan taraqqiy qilinishi, muhim ijtimoy muammolarni hal etish qulay sharoitlarini ta`minlagan. Mamlakatning G’arbiy va SHarqiy qismlar birlashgandan so’ng iqtisodiyotning sotsial yo’nalishi birlashgan Germaniyani qamrab oldi. To’plangan iqtisodiy imkoniyatlar, jiddiy sotsial muammolarni hal etishdagi tajribasi mamlakatning SHarqiy qismidagi sotsial qiyinchiliklarni hal etishga yordam berdi. Germaniyaning ijtimoiy tizimi bir yil mobaynida shakllangan emas. Uning yuqori samaradorligi chet elda ham tan olinadi. Masalan, yalpi ichki mahsulotlardagi ijtimoiy xizmatlar ulushi 34.2 foizni tashkil etadi. Germaniyada kasallik holatidan baxtsiz hodisadan va qarilikni sug’urtalash tizimi mavjud. 1957-yilda fermerlar kasallik holati bo’yicha yordam olish huquqiga ega bo’dilar. 1990-yildan boshlab ijtimoiy ta`minot turlari bilan pensionirlar, urush nogironlari, urushda halok bo’lganlar oilalari va nogironlar taminlanmoqdalar. Nafaqa ta`minoti tizimi qayta 1992 yilda isloh qilingan. Germaniyaning deyarli barcha aholisi majburiy yoki ko’ngilli tartibda yoxud xususiy sug’urta agentliklari doirasida kasalliklar bo’yicha sug’urta qilinadi. Kasallik holatidan, shuningdek, pensionerlar, ishsizlar, o’quvchilar va talabalar sug’urta qilingan. Nafaqa sug’urtasi bo’yicha to’lanadigan to’lov miqdori hozirda umumiy daromadning 20.3 foizini tashkil etadi. Sug’urta badallari tengma-teng (50% ga 50%) miqdorida ishchi va ish beruvchi tomonidan to’lanadi. Nafaqa sug’urtasi orqali qarilik va kasbiy ishga layoqatsizlik nafaqalari to’lanadi. Ayollar keksalik nafaqasini 60 yoshga etganlaridan so’ng oladilar. Nafaqa miqdori avvalo maosh miqdoriga bog’liq. Nochorlik nafaqasi Germaniyada faqatgina o’z-o’ziga yordam bera olmaydigan va biron kimsadan yordam olmaydiganlarga beriladi.28
Hech bir mubolag’asiz aytish mumkinki, mustaqillikka erishgan yoki bo’lmasa, o’z vaqtida tub islohotlar o’tkazgan rivojlangan mamlakatlarda ham Germaniyadagidek kuchli ijtimoiy muhofaza qo’llanilmagan.
Ijtimoiy himoya eng kuchli hisoblangan SHvetsariyada ham faqatgina 12 foiz oila davlat tomonidan turli xil ijtimoiy yordam oladi. Bu ko’rsatkich Buyuk Britaniyada 7 foizni tashkil etadi. YOki bo’lmasa, iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan AQSHda ham davlat faqatgina o’zini-o’zi boqish imkoniyatiga ega bo’lmagan yoki bo’lmasa ijtimoiy yordamga o’ta muhtoj aholi toifalarigagina yordam beradi xolos. 4



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling