4.“Sotsial yo’naltirilgan iqtisodiyotning” SHvetsiya modeli.
Sotsial yo’naltirilgan iqtisodiy model shved maktabiga xosdir. Bu kontseptsiyaning eng mashhur namoyondalari G. Myurdal, B.Olin, G.Kassel, e. Lindal, e. Lundberg, B. Xansenlar hisoblanadi.
SHved maktabi XX asrning 30 yillarida vujudga kelgan. SHu paytda mamlakatning iqtisodchi olimlari “Ulug’ depressiya”ning sabablarini va undan chiqib ketish yo’llarini topish bilan shug’ullandilar. Dj. M.Keyns kabi shved maktabining namoyandalari o’sha yillarda sotsial transfertlarni muzlatish va ish haqini qisqartirish siyosatining yaroqsizligi to’g’risidagi fikrni kun tartibiga qo’ydilar. Ular tanglikka qarshi pul siyosatini tartibga solish talabi bilan chiqdilar. Ular tomonidan iqtisodiyotga davlat aralashuvini kengaytirish, aholini sotsial himoyalashni ta`minlash, soliqka tortishni progressiv usullarini joriy etish modelini yaratgan edilar.
Sotsial yo’naltirilgan iqtisodiyot shved modeliga iqtisodiyotni tangliksiz rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan tartibga solishni qo’llab-quvvatlash ,daromadlarni va mulkni qayta taqsimlash muammosini faol o’rganish, sinfiy birdamlik g’oyasini qo’llash hosdir.
SHved maktabining g’oyasi siyosiy harakatlar, ayniqsa, sotsial-demokratlar tomonidan keng ishlatilmoqda.
Sotsial yo’naltirilgan iqtisodiyotning shved modeli boshqa modellardan o’zining kuchli ijtmoiy siyosati bilan farqlanadi. U dastavval mulkiy tengsizlikni qisqartirishga yo’naltirilgan. Bu maqsadda kam ta`minlanganlar foydasiga daromadlarni qayta taqsimlash mexanizmi ishlatiladi. Davlat asosiy fondlarning 4% ega bo’lib, YAIM sarflar qismining umumiy summasining 70%ni qoplaydi. Bu xarajatlarning yarmidan ortig’i sotsial maqsadlar uchun.ishlatiladi. Daromadlar qayta taqsimlanishi, asosan soliqqa tortish yuqori me`yori orqali amalga oshiriladi. Ijtimoy-iqtisodiy tizimning shved modelini “Funktsional sotsiallashtirish” deb ataydilar. Bu tizim bo’yicha ishlab chiqarish vazifasi xususiy korxonalar zimmasiga yuklanadi, davlat esa turmushning yuqori darajasini saqlashni ta`minlaydi. Davlat bandlik, ta`lim-tarbiya, tibbiy yordam ko’rsatish, sotsial sug’urtalash va transport, ilmiy tadqiqot muassasalari kabi sotsial infratuzilmalar ishlarini tashkil etish haqida qayg’uradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |